924
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiyada
kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini
qarab chiqamiz:
1.
Har bir o‘quvchiga buyuk shaxsdek qarash,
uni hurmat qilish, uni
tushunish, qabul qilish, unga ishonish.
2.
Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o‘quvchi o‘zini
shaxs deb sezsin, unga bo‘lgan e’tiborni tuysin.
3.
Bolaga tazyiq o‘tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo‘rttirmaslik;
bilimlarni o‘zlashtirmasligi, o‘zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni
bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish;
4.
Ta’limda “muvaffaqiyat muhiti”ni
tashkil etish, bolaga o‘qishda
muvaffaqiyat qozonishga yordam berish, uning o‘z kuchi va iqtidoriga ishonchini
orttirish. O‘quvchiga atrofdagilarning har biri o‘zi kabi ekanligini anglatish, unda
jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish.
5.
O‘quvchining hurmati va ishonchini qozonish, o‘ziga ham shaxs
nuqtayi nazaridan qarash.
Bugungi kunga kelib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni
olib borish muhim
ahamiyat kasb etadi. Uzluksiz ta’lim tizimining har bir sohasida buning yaqqol
namunasini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, kasb-hunar kollejining o‘quvchi
shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv
(aqliy), kommunikativ (nutq-muloqotchanlik), ijitmoiy-hissiy va jismoniy-motor
rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash juda muhimdir.
Kasb-hunar kolleji ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirigan
ta’limni amalga oshirish imkonini beruvchi ba’zi noan’anaviy dars
mashg‘ulotlaridan misollar keltiramiz:
Sho‘ng‘ish darsi – ma’lum bilimlarni egallash uchun qulay muhitda bo‘lish
yoki shunday muhit yaratish orqali mavzuni faol o‘rganish mashqlaridan iborat.
925
Musobaqa darsi – o‘quvchilarning o‘zaro musobaqalashuvini tashkil etish
orqali bilimlarni mustahkamlash mashqlari.
Maslahat darsi – dars jarayonida o‘quvchilarning o‘zaro hamda
o‘qituvchining maslahatlarini tashkil etish orqali darsni o‘zlashtirish mashqi.
Ijod darsi – o‘quvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil etish darsi.
Sinov darsi – o‘quvchilarning o‘zlashtirishini turli shakllarda sinash tashkil
qilinadigan dars.
Shubha bildirish darsi – dars mavzusi bo‘yicha qoidalar, xulosalarni agar
noto‘g‘ri deb hisoblansa, nimalar bo‘lishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va
tahlillar o‘tkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi.
Ijodiy hisobotlar darsi – o‘quvchilarning ayrim mavzular bo‘yicha mustaqil
o‘rgangan bilimlari va xulosalari taqdimoti.
Umumlashtirish darsi – ilgari o‘tilgan mavzular bo‘yicha olingan bilimlarni
umumlashtirish mashqlarini o‘tkazish darsi.
Ilmiy fantastika darsi – o‘quvchilarning o‘rgangan bilimlari asosida ijodiy
xayol, taxminlar o‘ylab topishlari mashqini o‘tkazish orqali mustaqil fikrlashlarini
kengaytirish darsi.
Haqiqatni izlash darsi – dars mavzusiga doir
ayrim masalalar yuzasidan
o‘quvchilarning mustaqil fikrlar bildirishini tashkil etish orqali haqiqatni aniqlash
va mavzuni o‘zlashtirishlarini ta’minlash darsi.
«Paradokslar» darsi – o‘quvchilarning faolliklari va qiziqishlarini oshirish
maqsadida o‘rganilayotgan mavzuni har turli «paradokslarga» bog‘lab bayon qilish
hamda tegishli tahlillar o‘tkazish asosida to‘g‘ri xulosalarni aniqlash darsi.
Seminar darsi – yangi dars mavzusiga doir savollar bo‘yicha o‘quvchilarga
oldindan berilgan topshiriqlarni bajarish natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni
tinglash orqali guruhdagi barcha o‘quvchilar darsni o‘zlashtirishlari va bilimlarini
mustahkamlashni ta’minlash darsi.
926
Ekskursiya darsi – o‘quvchilarni turli obyektlar: muzey, ziyoratgoh,
korxona, ustaxona, tabiat, ilmiy muassasa va boshqalar bilan tanishtirish orqali
ularning bilimlarini hayot bilan bog‘lash va kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga
oshirib borish ta’minlanadi.