II BOB. Deformatsiyalangan yadrolar va ulardagi fizik jarayonlar.
2.1. Deformatsiyalangan yadro parametrlari
Deformatsiyalangan yadrolar-shakli asosiy holatdagi sferadan farq qiladigan atom yadrolaridir. Ular anomalligi elektr kvadrupolli momentga egadir-yadroning oldindan aytilgan bir zarrali qobiq modelidan uch baravar kattadir. Deformatsiyalangan yadrolar 1949-yilda o’lchash natijasida ochilgan edi. Ularning mavjudligini isboti bo’lib, aylanma chiziqlar tuzilishini hosil qiladigan deformatsiyalangan yadrolarning uyg’ontiradigan holatlarning spektrlari hisoblanadi.
Har bir deformatsiyalangan yadroda aylanma chiziqlar mavjud bo’lib, ularning sathi juftligi va burchakli moment momentlarning saqlanish qonuniyati bilan aniqlanadi. Sferik yadrolarda birgalikdagi aylanishining (kvant mexanikasiga ko’ra) imkoni yo’q. Deformatsiyalangan yadroda nuklonlarning birgalikdagi aylanishi va harakatining ba’zi bir yaqinlashishini mustaqil deb hisoblash mumkin (adiabatik yaqinlashish).
A massa sonlarning beshta sohalari ma’lum, ularda barqarorlik holati yaqinida deformatsiyalangan atom yadrolari joylashgan (2.1.1-rasm).
19 ≤ A ≤ 25 Mg, Al izotoplari;
96 ≤ A ≤ 116 Zr, Mo, Ru, Pd ortiqcha neytronli izotoplar;
12 ≤ A ≤ 170 neytron defitsitli izotoplar Xe, Ba
150 ≤ A ≤ 170 Sm, Qd, Dy, Er, Vb, Hb, W, Os nodir yer element yadrolari
A>220 aktinoid yadrolar.
Yadroning deformatsiyalanishi- yadroning qobiqli tuzilishi bilan bog’langan kvant effektidir.
Qobiqlari to’ldirilgan yadrolarning tashqi ko’rinishi (konfiguratsiyasi) sferik jihatdan simmetrikdir. Aksincha, qobiqlari to’ldirilgan yadrolarga kirmaydigan zarralar orbitalari-anizatrop bo’lib, bu esa yadroning sferik simmetriklik shaklining chetlashishiga olib keladi. Hamma aniqlangan deformatsiyalangan yadrolar aylanishi cho’zilgan ellipisoidlarning shakliga egadir. Aksialli simmetriyadan
|