129
qizdirgichda issiklik ajralishini oshirib yuboradi. Issiklik ta’sirida bimetall
plastinka yukori tomonga karab egiladi va richag 3 ni bo’shatib yuboradi.
Natijada kontakt juftlari 4 uzilib, reledan chiquvchi signal xosil bo’ladi. Bu
signalni dvigatelning boshqarish zanjiriga ta’siri natijasida dvigatel ishlashdan
to’xtaydi.
Bimetall plastinka ikki turli metalldan yasalgan va bir-biriga parallel
yopishtirilgan ikki plastinkadan iborat bo’lib, ularning issiklikdan kengayish
koeffitsientlari har xil, ustki metallning cho’zilish (kengayish) koeffi-sienti
pastkisinikidan bir necha marta kichikligi sababli bimetall plastinka issiqlik
ta’sirida yuqoriga karab egiladi.