113
Elektr magnit relelar yakori ishlashiga qarab yakori ko’chishi burchakli
(aylanma yakor, (4.6-rasmga qarang) va yakori ko’chishi chiziqli (solenoid
turdagi rele, 4.10-rasm) bo’lishi mumkin. Kam quvvat iste’mol
qilishi sababli
aylanma yakorli relelar ko’proq tarqalgan. Bu relelarda cho’lg’amdagi tok
o’chganligida yakorni boshlang’ich holatga qaytarish uchun uchta uslub
qo’llaniladi: kontakt prujinalarning tarangligi kuchi ta’siridan (4.10-rasm),
yakorning o’zini massasi ta’siridan (4.10,a-rasm)
va maxsus qaytaruvchi
prujinaning ta’siridan (4.9,b-rasm). Bulardan eng ishonchli uslub bo’lib yakorni
o’z massasi ta’siridan dastlabki holatga qaytarish hisoblanadi, chunki og’irlik
kuchlari hech yo’qolmaydi,
qaytaruvchi prujinalar esa, uzoq muddatli ish
davrida o’zlari taranglik xususiyatlarini yo’qotishlari mumkin.
O’zgarmas tok
elektromagnit relelari neytral, qutblangan va qo’rama
(kombinasion) bo’lishadi. Neytral (betaraf) releni ishlashligi rele g’altagi
chiqarmalariga ta’minlovchi batereya qutblarini ulanish tartibiga bog’liq
bo’lmaydi. Uni neytral yakori g’altakdagi tok yo’nalishiga bog’liq bo’lmagan
ravishda o’zagiga tortiladi.