27
- mantiqiy operatsiyalarni bajarish (mantiqiy elementlar),
- signallarni taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar),
- signallarni saqlash (xotira va saqlash elementlari),
- programmali signallarni hosil qilish (programmali elementlar),
- bevosita jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar).
Avtomatika elementlarining funktsiyalari har xil bo’lganiga qaramay, ularning
parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi:
- statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari;
- uzatish koeffitsienti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya koeffitsientlari);
- xatolik (nostabillik);
- sezgirlik chegarasi.
Ko’rinish bo’yicha avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari uch
guruxga ajratiladi: a) chiziqli, b) uzluksiz nochiziqli, v) nochiziq uzlukli.
Avtomatika elementining ishlash sharoitlari turg’unlashmagan, ya’ni X va
U qiymatlari vaqt davomida o’zgarilayotgan payti dinamik rejim deyiladi.
Chiqish qiymatining vaqt davomida o’zgarishi
esa dinamik tavsifnomasi
deyiladi. Avtomatika elementlari ma’lum inertsionlikka ega, ya’ni chiqish
signali kirish signaliga nisbatan kechikishi bilan o’zgariladi. Elementlarning bu
xususiyatlari avtomatik tizimining dinamik rejimidagi ishini aniqlaydi.
Avtomatika elementining yana bir muhim tavsifnomasi – element (kirish
kattaligi o’zgarishiga bog’lik bo’lmagan) chiqish kattaligining o’zgarishidan
hosil bo’lgan o’zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab atrof-muhit haroratining,
ta’minlash kuchlanishining o’zgarishi va kabilar bo’lishi mumkin. Element
tavsifnomalarining o’zgarishi natijasida paydo bo’ladigan
hato nostabillik deb
ataladi.
Ba’zi elementlarning chiqish va kirish kattaliklari o’rtasida ko’p qiymatli
bog’lanish mavjud. Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab
bo’lishi mumkin. Bunda kattalikning xar bir kirish qiymatiga uning bir necha
28
chiqish qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining
mavjudligi shu hodisa
bilan bog’liq.
Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli darajada
o’zgartirish qobiliyatiga ega bo’lgan qiymati
sezgirlik chegarasi deyiladi.
1.5-rasm. Sezgirlik chegarasini aniqlash sxemasi: a – ―o’lik‖ yo’l mavjud
bo’lgandagi element tavsifi; b – releli hususiyat mavjud bo’lgandagi element
tavsifi
Avtomatika
elementlari
mustahkamlik
bilan
xam
xarakterlanadi.
Elementlarning sanoat ekspluatatsiyasida o’z parametrlarini yo’l qo’yiladigan
chegarada
saqlash qobiliyatiga mustahkamlik deb ataladi. Mustahkamlik
elementni loyihalash vaqtida hisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan so’ng
ekspluatatsiya jarayonida sinaladi.
16-rasm. Element xatoligini aniqlovchi sxema.
Elementlar ishlayotgan vaqtda chiqish qiymati
y ichki hususiyatlar yoki
tashqi omillar sababli talab qilingan qiymatidan og’ishi mumkin, bunda element
29
tavsifi o’zgarishi sodir bo’ladi( -rasmdagi
y’ egrilik). Ushbu og’ish
absolyut
yoki nisbiy xatolik bo’lishi mumkin.
Xar bir elementning umumiy va asosiy tavsifnomasi uning o’zgartirish
koeffitsienti, ya’ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo’lgan
nisbatiga teng. Avtomatik tizimlarning elementlari miqdor va sifat
o’zgartirishlarni bajaradi. Miqdor o’zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va
boshqa koeffitsientlarni nazarda tutadi. Sifat o’zgartirishda bir fizikaviy kattalik
ikkinchisiga o’tadi. Bu holda o’zgartirish koeffitsienti
element sezgirligi
deyiladi.