112
esa E.Fisher fermentlar spetsifikligini «qulf-kalit» nazariyasi asosida
isbotlab beradi. XX asrning boshlarida I.P. Pavlov oshqozon-ichak
yo‘lidagi fermentlar nofaol – proferment holatda bo‘lishini,
tripsinogenni enterokinaza ta’sirida faollanishini ko‘rsatadi va
fermentlar faolligini aniqlash usullarini yaratadi. Mixaelis va Menten
1913-yilda fermentlar ta’sir etish mexanizmi
va fermentativ reaksiyalar
kinetikasini yaratishadi. 1926-yili Samner ureaza fermentini kristall
holda oladi va uni oqsil tabiatligini ko‘rsatadi. 1957-yili Viland va
Pfleyderer fermentlarni molekulyar shakllarda – izofermentlarda
bo‘lishini isbotlaydilar. 1960-yilda
Fillips lizotsimni uchlamchi
strukturasini rentgenostruktur tahlil orqali aniqlaydi.
Fermentlar neorganik katalizatorlardan quyidagilar bilan farqlanadi:
1. Juda yumshoq sharoitlarda faollik ko‘rsatadilar (past temperatura,
normal bosim, pHning ma’lum qiymatlari va boshqalar).
2. Kimyoviy reaksiyani juda jadal tezlashtiradilar (35-rasm).
3. Yuqori spetsifiklikka egadir.
4. Fermentlar faolligi boshqariladi.
34-rasm.
Fermentlar ahamiyati. Fermentlarning biologiya va tibbiyotdagi
o‘rni
113
5. Fermentativ reaksiya
tezligi
ferment miqdoriga
to‘g‘ri proporsionaldir.
Fermentlar uchun xos
bo‘lgan bir qator xususiyatlar
ularning oqsil tabiati bilan
bog‘liqdir.