38
talab etiladi. Kompyuter grafikasining qayta ishlash pog‘onalarida ranglarning mos
tushishini rangni boshqarish sistemalari nazorat qiladi. Bunday tizimlardan biri CMS
(Color Management System)dir.
Profil. Har bir qurilma o‘zining ichki imkoniyatlariga qarab o‘z usulida rang
chiqaradi. Turli xil qurilmalarda ranglarning mosligini ta'minlash uchun ular o‘zining
profiliga ega bo‘lishi kerak.
Kalibrovka. Har xil platforma, qurilma va dasturlarda rangni bir xilda boshqarish
sistemasi mavjud emas. Lekin bu turdagi sistemalarga CMS yaqin hisoblanadi. Ilk bor
Solerunc nomi ostida CMS ni Apple firmasi operatsion sistemaga kiritdi. U Macentosh
kompyuterlari sferasida nashrga tayyorlash, nashr qilish va poligrafiyada muvaffaqiyatli
xizmat qildi. Windows 95/98 operatsion sistemalarida Kodak firmasining Color
Matchung Module nomi ostida CMS tizimlari ishlatiladi. Kompyuter grafikasida rangli
ruxsat etish tushunchasi qabul qilingan (rang chuqurligi). Monitor ekranida uni hosil
qilish uchun rangli informatsiyani kodlashtirish usulidan foydalaniladi. Oq-qora tasvirni
aks ettirish uchun ikki bit razryad yetarli. Sakkiz razryadli kodlashtirish 256 turdagi
ranglar jilosini aks ettirishga imkoniyat beradi. Ikki bayt (16 bit) 65536 turdagi ranglar
jilosini ifodalaydi (bunday rejim — High Color). Yigirma to‘rt razryadli kodlashtirish
usulida 16 777 216 ta rangni ifodalash mumkin.
Amaliy nuqtayi nazardan monitorning rangli ruxsat etish tushunchasi rangli
qamrab olishni anglatadi. Bu o‘z navbatida chiqarish qurilma (monitor, printer va
hokazo)larida ranglar diapazonini hosil qilishni belgilaydi. Rangli modul deb additiv
va subtraktiv metodlar yordamida ishlangan ranglar jilosi tarkibiy komponentlarining
bo‘linish usullariga aytiladi. Kompyuter grafikasida asosan RGB, HSB va CMYK
rang modullari qo‘llaniladi. Rangli modullar uch o‘lchovli koordinatalar sistemasida
joylashadi va ranglar fazosini tashkil qilib, Grossman qonunlariga binoan rangni uch
o‘lchovli fazodagi nuqta sifatida ifodalashi mumkin. Grossmanning birinchi qonuni.
Chiziqli bog‘liq bo‘lmagan har qanday rangni uchta tashkil etuvchi orqali bir
qiymatli ifodalash mumkin. Chiziqli bog‘liq bo‘lmaslik — bu ixtiyoriy uch rangdan
ikkitasini qo‘shish orqali uchinchisini hosil qilish imkoniyati mavjud emas.
Grossmanning ikkinchi qonuni. Agar ranglar uzluksiz o‘zgarsa, ranglar aralashmasining
nurlanishi ham uzluksiz o‘zgaradi. Hech qanday rang yo‘qki, unga yaqin bo‘lgan
rangni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lmasa. Grossmanning uchinchi qonuni. Ranglar
aralashmasining nurlanishi ularning rangiga bog‘liq, biroq uning spektr tarkibiga
bog‘liq emas.