4.-rasm. Arteriyani ostki suyaklarga barmoqlar bilan qisish usullari:
1-chakkaga oid; 2-pastki jag’ga oid; 3- bo`yinga oid; 4-bilakka oid; 5-kaftga
va kaft ustiga oid; 6-songa oid.
Vena va kapillyar qon oqishini jarohatlangan
joyni moddiy bilan jips
bog’lash orqali to`xtatiladi. Buning uchun jarohatlangan joyga mikroblarni
o`ldiruvchi doka bo`lakchasi buklab qo`yilib uning ustiga vata qatlami qo`yiladida
bint bilan mahkam bog’lanadi.
Arteriyadan qon oqishi eng xavfli hisoblanadi. Bunday jarohatlanishda qonni
to`xtatish uchun jarohat joyidan yuqoriroqdan arteriyani mahkam qisib bog’lash,
agar bu bilan qon to`xtamasa jgut yoki buramadan foydalanish kerak bo`ladi (20.3,
20.4.-rasm). Buning uchun rezina quvur, ip, qayish, rumol va boshqalardan
foydalaniladi. Jgut bilan arteriyaning jarohatlangan joyini yuqorisidan ma`lum
no`qtalardan tanaga mahkam qisib bog’lanadi. Tanadagi
jarohatlangan joylardan
qonlarni oqishini to`xtatish no`qtalari 20.5.-rasmda ko`rsatilgan.
Oyoqlar jarohatlanganda, qon oqimini to`xtatishning eng muhim usuli
oyoqni, belning yuqori qismiga mahkam qisib bog’lash hisoblanadi. Jgutni
bog’lashdan oldin oyoqlar ko`tariladi. SHuningdek bilak
tirsaklar jarohatlanib
arteriyadan qon oqishini kuzatilganda jarohatlanish ko`rinishiga qarab jgut yoki
uning o`rnini bosadigan materiallar bilan bog’lanadi 20.6.-rasm.
Jgutni qon to`xtaguncha qisish kerak. Jgutni qisilgan holatda 1,5…2 soatdan
ortiq qoldirish mumkin emas, aks holda to`qimalarda hujayralarni o`lishi
boshlanadi. Bu vaqtda shikastlangan odamni yaqin meditsina muassasasiga
etkazish zarur bo`ladi.
1 2 3 4
5.-rasm. Arteriyadan okayotgan qoni to`xtatishda oyoqlarni maksimal egish;
1-elka oldi; 2-elka; 3-bel; 4-boldir.
Agar jarohat muskul ostida
yoki shu kabi noqulay joylarda, murakkab
holatlarda bo`lsa jgutdan foydalanish mumkin emas. Bunda qorin bilan son orasiga
porol’on yoki boshqa yumshoq moddiy qo`yiladi. So`ng oyoqlar maksimal egiladi
va u belning yuqori qismiga mahkam bog’lanadi.
Qo`l va oyoqlarni va boshqa joylarni suyaklari singanda va chiqqanda
jarohatlanganlarga birinchi yordamni singan joylarini qimirlamaydigan qilib
mahkam bog’lash va ularni qulay holatda yotqizishdan boshlash kerak.
Singan
joylarni bog’lashda qulay va uni og’riqsizligini taminlashda yupka taxta, tayoqcha
va karton qog’ozlardan foydalaniladi va ularni bog’lash bint, qayish, ip va
boshqalar bilan amalga oshiriladi (20.6.-rasm).
Jarohatlangan joylarni taxtakachlashda taxta va shunga o`xshashlardan
shunday foydalanish kerakki, bunda ular singan joylarni pastki hamda yuqori
joylarini ham qamrab olsin. Ochiq sinish holatda uni bog’lashdan
oldin qon
oqishini to`xtatish kerak.
6-rasm. Oyoqlar singanda jarohatlangan kishiga birinchi yordam
ko`rsatish.
Umurtqada sinish ro`y berganda jarohatlangan odamni tag qismiga
paner yoki tenis yog’och kuyish lozim (20.7.-rasm).
Bunda jarohatlangan kishini gavdasini egilmasligini taminlash kerak.
Jarohatlangan kishining qovurg’asi singan (nafas olishda og’riq bo`lsa) nafas
chiqarishda ko`krakni bint bilan yoki sochiq bilan qisib o`rash kerak bo`ladi.
Organizmda suyaklar chiqqanda ularga faqat tibbiy yordam ko`rsatishga ruxsat
beriladi.
7.-rasm umurtqasi singan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
Jarohatlanganda lat egan shishgan joylar mahkam bog’lanadi va lat egan joy
sovutuvchi narsa bosiladi. Qorin atrofida lat eyishi juda xavflidir.
Bunday holda
jarohatlangan kishini tezlik bilan kasalxonaga etkazish kerak.