38
o‘tkazuvchanlikka ega aloqa kanallari quyidagi afzalliklarni berar edi: buyruqlarni
tezkor yetkazish; jangovar shaylikni oshirish; harbiy va siyosiy mojarolar yuz bergan
vaziyatlarda tezkor javob qaytarish hamda teskor qaror qabul qilishga imkoniyat
yaratgan.
Harbiy amaliyotlarda sinab ko‘rilgan keng polosali tarmoqlariga ega bo‘lgan
videoaloqa harbiy muassasalarning kundalik faoliyatini olib borishda ajralmas
vositaga aylanib ulgurdi. Harbiy soha boshqaruvini muvofiqlashtirish va harbiy
xizmatchilarning shaxsiy ishtiroki talab qiladigan muhim jangovar vazifalarini tezkor
bajarish uchun ularni iqtisodiy jihatdan qimmat turadigan xizmat safarlariga
yuborilishining sonini keskin kamaytirishga imkon yaratdi. Xizmat safarlariga
ketadigan harajatlarining tejalishi bu hammasi emas edi. Eng muhimi,
videokonferensiya aloqa yordamida mehnat samaradorligi ham sezilarli darajada
oshirishga erishildi. Masalan, bitta binoda joylashgan yirik harbiy inshoot,
videokonferensiya aloqa qurilmalari va vositalaridan foydalanganligi sababli,
birgalikdagi bitta loyihani ishlab chiqishda ishtirok etadigan xodimlarining ishini
ancha qulaylashtirishga zamin yaratdi. Bu qisqa vaqt davomida doimiy fikr almashish
talab qilinadigan jarayonlarini masofadan turib amalga oshirilishiga qulay yechim
bo‘la oldi.