|
Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari
|
bet | 102/142 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 45,03 Mb. | | #100159 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyala
Import qilganda tasvirlarni boshqa hujjatlarga olib o‘tishlar faylar o‘lchami kattalashtiriladi, shu sababli tasvirni olib o‘tmay faqat o‘tish joyini ko‘rsatish (ssilka) orqali ham bajariladi. Ssilkaga qo‘yilgan tasvirlar bog‘langan deyiladi (linked images).
Bu turdagi importdan foydalanishning yaxshi tomoni va yomon tomoni bor.
Yaxshi tomoni: faylni o‘lchami kichik bo‘ladi, CorelDRAW dasturiga murajat qilmasdan paralel va mustaqil ishlatiladi, hujjatdagi hamma tasvirlarga o‘zgartirish kiritish o‘rniga bir marta o‘zgartiladi.
Yomon tomoni tasvirlarning joylashgan joyi noma’lum va ssilkalar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Bir-biri bilan bog‘langan tasvirlar bilan ishlash uchun Docker tipidagi panel ishlab chiqilgan va uni Диспетчер связей (Link Manager) deb yuritiladi. Bu panelda tasvirning barcha nuqtalari bilan bog‘lanishini ko‘rsatadi.
Har bir satrda tasvirlarning bog‘lanishi haqida ma’lumot bo‘ladi, kichiklashtirilgan tasviri, fayl manzili va nomi, tasvir joylashgan beti.
Panelning pastki tomonida uchta tugma joylashgan:
Birinchi tugma tasvir bilan orasidagi bog‘lanishni uzadi va bog‘lanish paneli satridan o‘chiriladi.
Ikkinchi tugma eskirgan tasvirlarni yangilash uchun ishlatiladi.
Uchunchi tugma ajratilgan tasvirni muharrirlash uchun ishlatiladi.
Bu uchunchi tugma yordamida chaqiriladigan kichkina dasturcha CorelDRAW yordamida ishlatiladi va fayl kengaytmalari mosligiga e’tibor beriladi. Shuni e’tiborga olgan holda ekranga grafik dastur emas ko‘rsatadigan dastur (masalan, ACDSee) yoki brauzer-dasturlar (masalan, MI Explorer) chaqiriladi.
O‘ng tomondagi pastdagi tugma bog‘lanishni qo‘l yordamida boshqarish uchun ishlatiladi, agarda tasvir ko‘rsatilgan jilddan tashqarida qolsa holat satrida qizil belgi bilan ko‘rsatiladi. Aloqani qaytatdan boqlash uchun ko‘rsatgich holat satriga olib borib sichqonchani o‘ng tomoni bosiladi va ochilgan menyudan Восстановить разорванную связь (Fix Broken Link) tanlanadi. Bu muloqot oynasini chiqaradi Определить местоположение точечного изображения (Locate External Bitmap) ni tanlash kerak. Agarda hotiradan o‘chirilmagan bo‘lsa, u holda tasvir manzilini o‘zgartirib qo‘yish kifoya.
|
| |