44
45
hozirda kompakt disklarda bir
qancha turdagi amaliy dasturlar
mavjud. Ularning ichida ilmiy axborot va jurnal maqolalari, ko‘p
jildli texnik bayonlar, moliyaviy hisobotlar to‘plangan ma’lumotlar
bazasini
topish mumkin.
Tashuvchi mashinalardagi hujjatlarga
endi tayyor rasmlar, matn-
lar, audio yozuvlar, videofragmentlarni kiritish ancha oson. Multi-
media qomuslar, elektron xaritalar va o‘rgatuvchi tizimlardan foy-
dalanish mumkin. CD ROM to‘plagichlarning yagona
kamchiligi
– bu qattiq disklarga nisbatan sekin harakatlanishidir. CD ROM
to‘plagich turli interfeyslarga ega bo‘lishi mumkin. Interaktiv kom-
pakt disk CD-I texnologiyasi bo‘yicha interaktiv multimedia ax-
borotini tashuvchilar – bu hozirgi vaqtdagi audio va
video qurilma-
lardir. Ular matnli va grafik axborotni ishlab chiqish imkoniyatini
kengaytiradi. Bu holatda mazkur turdagi axborotga mo‘ljallangan
kompyuter dasturlaridan keng foydalanish nazarda tutiladi.
CD-I texnik nuqtayi nazardan CD ROM texnologiyasiga asos-
langan, ammo iste’mol mahsuloti nuqtayi nazaridan u CD-DA
texnologiyasidan foydalanadi.
CD-I texnologiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega:
– multimedia ilovani bitta interaktiv diskda foydalanish.
U turli
xil vositalar bilan ta’minlangan;
– kompakt disklarning mavjud ishlab chiqarish vositalaridan
foydalanish;
– diskli tizimlarning mos kelishi.
CD-I texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan kompakt disklar qu-
yi dagi sohalarda qo‘llaniladi:
– ta’lim va tayyorlov (masofadan turib o‘qitish va ma’lumotnoma,
albom va kitoblar yordamida mustaqil o‘qish);
– dam olish: musiqa (musiqa matnlari, nota, rasmlar bilan birga),
harakatlanuvchi o‘yinlar, o‘yin davomida o‘rgatish;
– dam olishni tashkil etish (chizish va rasm solish, filmlar yara-
tish, she’rlar yozish);
– sayohat (xaritalar, navigatsiya uchun qurilma, sayyohlik haqi-
da axborot, diagnostika va hokazo).