6
texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog’i orqali WLAN(Wireless Local Area
Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda albatta
yuqori radioto’lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda ma’lumot
almashinishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi
yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon
territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini
tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilan birga,
o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod
qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi. Simsiz
tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki
umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tib
ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan tashqari
albatta!). Simsiz tarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq
hisoblanadi. Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni
160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yo’lidagi to’siqlarning qanaqaligiga
va qanchaligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq
bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham bo’lishi
mumkin.