|
Amaliy mashgʻulot materiallari
|
bet | 18/21 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #153125 |
Bog'liq AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI18-rasm. Foraminifеra (Elphidium crispa) ning nasl almashinib ko‘payishi
A-zigota; B-mikrosfеrik individ; V-mikrosfеrik individning ko‘p marta bo‘linishi; G,D-makrosfеrik individ xosil bo‘lishi; Е-makrosfеrik individdan gamеtalar xosil bo‘lishi; J-gamеtalar kopulyatsiyasi.
Ko‘p kamerali elfidium (Elphidium spora) ning jinssiz ko‘payishi yadrosining bir necha marta ketma-ket bo‘linishi bilan boshlanadi. Yadrosi bir necha o‘ndan yuzgacha bo‘laklarga ajraladi. Har qaysi yadro bo‘lagi sitoplazma bilan o‘ralgach, ko‘p sonli amyobasimon yosh individlar hosil bo‘ladi. Yosh individlar chig‘anoqdan tashqariga chiqqandan so‘ng har qaysi murtak atrofiga bir kamerali dastlabki murtak (embrion) chig‘anoq hosil bo‘ladi. Shundan keyin murtak chig‘anoq og‘izchasidan vaqti-vaqti bilan biroz sitoplazma ajratib chiqarib turadi; bo‘lakchalar atrofida esa yangi chig‘anoq kameralari hosil bo‘ladi. Ana shu yo‘l bilan ko‘p kamerali chig‘anoqli jinssiz avlod hosil bo‘ladi. Ko‘p marta bo‘linish orqali bitta organizmdan birdaniga bir necha individlarning hosil bo‘lishi shizogoniya deyiladi. Jinsiy ko‘payish jinssiz nasl yadrosining bir necha mingta juda mayda bo‘laklarga bo‘linishi bilan boshlanadi Har qaysi bo‘lakcha sitoplazma bilan о ‘ralib, juda ko‘p hujayralar hosil bo‘ladi. Ikki xivchinli bu hujayralar gametalar deb ataladi. Ular chig‘anoqdan chiqib, juft-juft bo‘lib qo‘shilishadi va zigota hosil qiladi. Zigota atrofida murtak chig‘anoq hosil bo‘ladi. Chig‘anoqning keyingi kameralari ham xuddi jinssiz avlod kameralari singari hosil bo‘ladi. Jinsiy avlodning birinchi kamerasi jinssiz avlod kamerasiga nisbatan kichik bo‘lganidan mikrosferik avlod, jinssiz nasl esa makrosferik avlod deb ataladi. Foraminiferalarning zigotasi va undan rivojlanib chiqqan mikrosferik nasl diploid xromosomali bo‘lib, аgamot ataladi. Agamont yadrosi ikki marta reduksion bo‘linish (meyoz) orqali gaploid xromosomali yadroga ega bo‘lgan agametalarni hosil qiladi. Agametalardan gaploid xromosomali gamontlar, ulardan esa juda ko‘p gaploid xromosomali gametalar hosil bo‘ladi. Gametalarning qo‘shilishidan keyin hosil bo‘lgan mikrosferik nasl (agamont) diploid xromosomalik bo‘ladi. Shunday qilib foraminiferalarning ko‘payish sikli jinssiz (agametalar orqali) va jinsiy (gametalar orqali) ko‘payish hamda agamont (jinssiz ko‘payadigan) va gamont (jinsiy ko‘payadigan) avlodlarning gallanib turishidan iborat. Shu bilan birga bu siklda diploid va gaploid fazalar ham gallanib turadi. Bu bilan foraminiferalar boshqa hayvonlardan keskin farq qiladi. Chunki hayvonlar dunyosida reduksion bo‘linish (meyoz) odatda jinsiy hujayralar hosil bo‘lishi oldidan sodir bo‘ladi. Gaploid (gametofit) va diploid (sporofit) fazalarning gallanishi o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan. Bu hodisa tuzilishiga ko‘ra bir-biridan uzoq bo‘lgan organizmlarning konvergent taraqqiy etishiga yaxshi misol bo‘la oladi.
Aktinopodalarning psevdopodiyalari juda tartibli mikronaychalar to'plamlari bilan mustahkamlanadi, ular aksopodiya deb ataladi.
Tuzilishining murakkabligi tufayli juda sekin hosil bo'lishi mumkin bo'lgan aksopodiyalar asosan radial nosimmetrik tarzda joylashgan. Ular harakat, suvda suzish shuningdek, o'ljani ovlash uchun vosita sifatida xizmat qiladi.
Ko’pchilik nurlilar hujayrasining markazida bitta yirik yadrosi bo’ladi. Yadro gomogen bir xil tiniqlikda quyuq, sitoplazma bilan o’rab olingan. Sitoplazmaning bu qismi va yadro markaziy kapsula ichida joylashgan. Kapsula organik moddadan iborat, uning devorida juda ko’p teshikchalari bo’ladi.
Aktinopod psevdopodiyasi doimo qobiqdan tashqariga chiqadi va uning ichiga tortilmaydi. Aksariyat aktinopodlar odatda kremniydan yasalgan mineral skeletga ega.
|
| |