|
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
| bet | 20/74 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #230250 |
Bog'liq Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik Penicillium
Penitsill (lot. Penicillium) — oziq-ovqat mahsulotlaridan o'sib chiqadigan va ularni buzadigan mog'or zamburug'i. Aleksandr Fleming tomonidan yaratilgan ilk penitsillin antibiotigi Penicillium notatum zamburug'idan olingan.
1897 yil lionlik (Frantsiya) yosh harbiy vrach Ernest Dyushen otlar uchun yangi tayyorlangan egarni mog'orlagishini payqadi. Otlarni parvarishlovchi arab bolalari mog'orlagan egarlarni otlardagi jarohatlarga surtayotganligini ko'radi. Dyushen mog'orni o'rganib, unga Penicillium glaucum deb nom beradi. Dyushen tif kasalligini davolash maqsadida mog'orni dengiz cho'chqalarida sinab ko'radi va uni Escherichia coli bakteriyasini nobud qilishini aniqlaydi. Bu – penitsillin ustida o'tkazilgan eng birinchi klinik sinov edi.
Dyushen ilmiy tadqiqotlari natijalarini doktorlik dissertatsiyasi shaklida Parijdagi Paster institutiga taqdim etadi. Yosh olim ushbu yo'nalishda tadqiqotni ana shu institutda davom ettirishni juda hohlaydi. Lekin nima uchundir Paster instituti uni qo'llab-quvvatlamaydi. Ehtimol bunga olimning yoshi sabab bo'lgandir. Chunki o'sha vaqtda Dyushen bor-yo'g'i 23 yoshda edi. Dyushen o'limidan 4 yil keyin – 1949 yil ser Aleksandr Fleming penitsil zamburug'ining antibiotiklik hususiyatini aniqlagani uchun Nobel' mukofotiga sazovor bo'ladi. Penitsil zamburug'i aslida tuproqda yashaydi. Zamburug'ni turli substratlarda (asosan o'simliklarda) yashil yoki havorang mog'or shaklida uchratish mumkin. Penitsil zamburug'i aspergilus zamburug'iga juda o'hshaydi. Aspergilus zamburug'i ham mog'or zamburug'lari turkumiga kiradi. Penitsilning vegetativ mitseliylari shohlangan bo'ladi. Mitseliylar shaffof va ko'plab hujayralardan tashkil topgan. Penitsil giflari yoki substratning ichida, yoki tashqi yuzasida bo'ladi. Penitsil sporalar yordamida ko'payadi. «Penitsil» atamasi fanga 1929 yil Fleming tomonidan kiritilgan. Bahtli tasodif tufayli, Fleming mog'orni antibakterial hususiyatini kashf etdi va uni Penicillium rubrum deb nomladi. Oradan yillar o'tib Charl'z Tom bu zamburug'ga yangi nom berdi – Penicillum notatum.
Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, penitsillin ilk marotaba 1942 yil rus olimi Z.V.Ermol'eva tomonidan olingan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|