10
Kompyuterdan foydalanuvchi uning resurs va imkoniyatlarini
yaxshi bilish
kerak. Kompyuterning asosiy tashkil etuvchilari – markaziy protsessor, qattiq disk
(vinchester), xotira va boshqalar uning ishlashi jarayonida katta yuklanma
(nagruzka) oladi. Buni quyidagicha o‘xshatish bilan tushuntirish mumkin. Har bir
avtomobil haydovchisi o‘z mashinasidagi yurish uchun unga doimiy ravishda benzin
quyib turishi, yuvishi, texnik xizmatlari ko‘rsatilishi va shu kabi ishlarni o‘z vaqtida
bajarib turishi lozim. Agar bu ishlar o‘z
vaqtida bajarilmasa, uning natijasi juda
achinarli bo‘ladi. Xuddi shuningdek, kompyuterdan foydalanuvchilar ham uni faqat
o‘z vaqtida yechishga yoki turli xil kompyuter o‘yinlarni
tashkil etishda
foydalanmasdan, xotiradagi keraksiz fayllarni o‘chirishi, turli o‘zgarishlarni
to‘g‘rilashi, fayllar tizimining butunligini saqlash kabi amallarni bajarib turishi
kerak.
Kompyuter axborotlarni qayta ishlovchi qurilma
sifatida xizmat qilar ekan,
undan foydalanish inson uchun qulay va sodda bo‘lishi kerak. Bunday
imkoniyatlarni esa har bir foydalanuvchi o‘ziga moslab «yaratib oladi».
Bunday muhitga nimalar kiradi?
Birinchidan, kompyuter siz mo‘ljallagan ishlarni
bajara olishi uchun u
yetarlicha xotiraga ega bo‘lishi yetarlicha tezlikda ishlay olishi, zarur qurilmalarni
ishlata oladigan dastur ta’minotiga ega bo‘lishi lozim. Bular kompyuterning texnik
jihatdan talabga javob berishini taqozo qiladi. Foydalanuvchi ulardan o‘ziga mosini
tanlashi maqsadga muvofiq.
Ikkinchidan, foydalanuvchi har kuni amalga oshiradigan
ishlarini bajarish
uchun interfeysni qulay holatga keltirib qo‘yish lozim. Masalan, birgina matn
muharririga kuniga bir necha marta murojaat qilinishi mumkin.
Bunday dasturni ishga tushirish uchun bir necha
katalog ichiga kirish talab
qilinmasligi, balki bosh katalogda (Windows muhitida «Rabochiy stol» da)
joylashish lozim. Bu dasturlardan foydalanish masalasi.
11
Uchinchidan, qurilmalardan foydalanishni qulay holatga keltirish lozim.
Masalan, o‘ng qo‘l bilan ishlaydiganlar uchun «sichqonchaning» chap tugmachasi,
chap qo‘l bilan ishlaydiganlar uchun o‘ng tugmachasi foydalanish uchun qulay
bo‘ladi. Ularni operatsion tizimdagi mos parametrlarni o‘zgartirish
bilan sozlab
qo‘yish kerak.
Hozirgi kunda dasturiy ta’minot bo‘yicha Microsoft firmasining mahsulotlari
keng tarqalgan. Bu firma o‘zi yaratayotgan dasturiy ta’minotdan tajribali
foydalanuchilar bilan birga bog‘lovchilarning ham
qulay ishlash imkoniyatini
yaratish borasida tinimsiz izlanishlar olib bormoqda.