42
tahlili” kabi metodik qo‘llanmalari chop etildi. Professor A.Zunnunov keyinchalik
“Pedagogika nazariyasi” , “Pedagogika tarixi” darsliklarini yaratdi. Shuningdek,
“Adabiyot o‘qitish metodikasi” 1985-1991-yillarda ettirdi. Darslikda “Adabiyot
o‘qitish metodikasi” fanining maqsad, vazifalari, badiiy asar tahlili, adabiy o‘qish
mashg‘ulotlarining tur va metodlari, yozuvchi tarjimaiy holini o‘rganish kabi
masalalar nazariy va maktab tajribalari misolida yoritilgan.
Yuqoridagi darslik va metodik qo‘llanmalarni o‘rganishdan maqsad, buyuk
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishga oid mavzuni qay
darajada yoritilganini aniqlash ko‘zda tutiladi. Shunga ko‘ra prof.A.Zunnunovning
“Maktabda adabiyot o‘qitish metodikasi” darsligida VIII sinflarda Alisher
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishga oid, aniqrog‘i, asar syujetini
o‘qituvchi tomonidan bayon qilishga oid nazariy fikrlar berilgan.