partogrammada ko’rsatish lozim. Partogrammaning namunasi 3 -rasmda




Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/57
Sana06.12.2023
Hajmi6,89 Mb.
#112335
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
Akusherlik


partogrammada ko’rsatish lozim. Partogrammaning namunasi 3 -rasmda 
ko’rsatilgan. Agar partogrammangiz bo’lmasa, bo’yin ochilishining oddiy 
grafigini chizing. Buni vertikal va gorizontal chiziqda belgilanadi. 
Qin orqali tekshirish. 
Tug’ruqning 1-davrida va qog’anoq suvlari yorilgandan so’ng har 4 soatda 
1 marta qinni tekshirish mumkin. Partogrammaga kerakli narsalarni belgilab 
oling. 
• Har bir qin orqali tekshiruvga quyidagilarni belgilang amniotik 
suyuqlikning ranggi,bachadon bo’ynining ochilish darajasi, bosh tushishining 
darajasi (qorinni palpatsiya qilib baholasa ham bo’ladi). 
• Agar birinchi ko’rikda bachadon bo’yni ochilmagan bo’lsa, tug’ruq 
diagnozini qo’yish imkoni yo’q. 
° Agar dard bo’lsa, 4 soatdan keyin ayolni qaytadan bachadon bo’ynidagi 
o’zgarishni ko’rish uchun qinni tekshirib ko’ring. Agar bu bosqichda bo’yinning 
tekislanishi va ochilishi bo’lsa, bu tug’ruq davri boshlanganligini, agar bo’lmasa 
yolg’on dard deb baholanadi. 


• Tug’ruqning 2 -davrida har soatda qinni tekshiring. 
Tug’ruq jarayoni asosan 3 davrdan iborat: 1-bachadon bo’ynining ochilish 
davri; 2-homilaning haydalish davri; 3-yo’ldosh davri; 
Tug’ruqning birinchi davri. 
Bu jarayon birinchi va qayta tug’uvchilarda turlicha bo’ladi (10.15.-rasm). 
Tug’ruq boshlanishida bachadon bo’yni juda yumshab, holatini o’zgartiradi. 
Odatda bachadon bo’yni tashqi teshigi hali tug’ruqqa tayyor bo’lmasa, u 
qinning orqa gumbaziga qaragan bo’ladi, tug’ish jarayoniga tayyorlanish 
jarayonida u asta-sekin chanoq o’qiga to’g’ri kelib qoladi. Shu belgilarga 
asoslangan holda biz bachadonni tug’ruqqa tayyor deb fikr yuritamiz. 
Ko’p va qayta tuqqan ayollarning bachadon bo’yni kanaliga bitta 
barmoqni osongina kiritsa bo’ladi, ammo ichki teshigi berk bo’ladi. Bachadon 
bo’yni muskullari o’zining berkitib turish faoliyatini yo’qotganiga ko’ra u oson 
ochilishi mumkin. 
III davrni faol olib borish 
III davrni faol olib borish (yo’ldoshni faol ajratish) tug’ruqdan keyingi qon 
ketish hollarining oldini oladi. III davrni faol olib borish quyidagilarni o’z ichiga 
oladi: 
darhol oksitotsin yuborish; bachadonning Qindik tizimchasini nazoratli 
tortish; bachadonni massaj qilish Oksitotsin . Bola tug’ilgandan so’ng 1 daqiqa 
o’tgach, qorinda yana bitta homila borligini aniqlash uchun paypaslab ko’ring, 
agar yo’q bo’lsa, m/o 10 birlik oksitotsin yuboring. 
Oksitotsindan foydalanishning afzalligi shundaki, u in’eksiya qilingandan 
keyin 3 daqiqa ichida ta’sir qila boshlaydi va kamroq salbiy ta’sirlari bo’lgani 
uchun uni hamma ayollarga ishlatsa bo’ladi. Agar oksitotsin bo’lmasa, 0,2 mg 
m/oergometrin yoki prostaglandin yuborish mumkin. Dorilarniyuborishdan 
oldin yana homila yo’qligiga ishonch hosil qiling. 
ту
ғруқгача 
бачадон бўйнини 
тўли
қ очилиши 
бачадон бўйнини 
тўли
қ текисланиши 
бачадон бўйнини 
калталаниши 


Kindik tizimchasini nazoratli tortish. 
Kindik tizimchasini yumshoq qirrali qisqich bilan oraliqqa, yakin joyda 
qising, boshqa qo’lingizni ayolning qov suyagi ustidan qo’yib, bachadonning 
Qindik tizimchasini nazoratli tortish paytida bachadonni qovdan tepada 
ushlagan holda, uning chiqib ketishining oldini olish maqsadida tutib turing. Bu 
amalingiz 
bachadonni 
ag’darilib qolishidan asraydi. Qindik tizimchasini sekin torting va bachadonning 
kuchli qisqarishini kutib turing (2-3 daqiqa). Bachadon qisqarib bo’ylama 
shaklini olsa yoki Qindik tizimchasi uzaysa, juda ohistalik bilan Qindik 
tizimchasini o’zingizga va pastga qarab torting.Kindik tizimchasidan 
tortaboshlaguningizgacha kuchli qon oqimi kelishini kutmang. Qindik 
tizimchasini tortishni bachadonni tortishiga qarama –qarshi tomonga itarish 
bilan davom ettiring Agar Qindik tizimchasi nazoratli tortish boshlangach, 30 – 
40 sekund ichida yo’ldosh pastga tushmasa (ya’ni ajralish yoki ko’chish belgilari 
bo’lmasa), Qindik tizimchasini tortishni to’xtating:
Qindik tizimchasini ehtiyotkorlik bilan tutibturibbachadonning navbatdagi 
yaxshi qiskarishini kuting. 
Zaruriyatga qarab yumshoq qirrali qisqich bilan Qindik tizimchasi uzaygan 
bo’lsa, oraliqqa yaqin qilib boshqatdan qo’ying.
- Bachadonning navbatdagi qisqarishida Qindik tizimchasini nazoratli 
tortishini bachadonni tortishiga qarama-qarshi tomonga itarish bilan 
takrorlang. 
Qog’anoq pardalar yorilishining oldini olish uchun tug’ilish paytida 
yo’ldoshni ikki qo’llab tugunini burang va butunlay tug’ilguncha ohista torting. 
Tug’ruqni yakunlash uchun yo’ldoshni sekin torting. 
Agar qog’anoq pardalari yorilgan bo’lsa, qinning tepa qismi va bachadon 
bo’ynini steril qo’lqoplarda tekshiring, yumshoq qirrali qisqichlardan foydalanib 
qog’anoqning qolgan bo’lakchalarini olib, tashlang. 
Yo’ldoshning butunligini diqqat bilan tekshiring. Agar yo’ldoshning onaga 
qaragan yuzasining bir qismi yo’q bo’lsa yoki pardalar bilan tomir uzilganligi 
qayd etilsa, unda bachadon bo’shlig’ida yo’ldoshning bo’lakchalari qolib 
ketganiga shubha tug’iladi. 
Agar bachadon ag’darilib qolsa, bachadonni to’g’rilab qo’ying. 
Agar Qindik tizimchasi uzilib ketsa, bachadonni qo’l bilan tekshirish kerak 
bo’ladi. 
Bachadon massaji. 
Bachadonning qisqarishi boshlanmasdan oldin, qorinning oldingi 
devoridan bachadonning tubini darhol massaj qiling. 


Tug’ruqning uchinchi davri, yo’ldosh ajralish davrida 
bachadon tubining shakli va holati: I - bachadon 
chaqaloqning tug’ilgandan keyingi holati; II- yo’ldoshning 
bachadon devoridan ajralgandan keyingi holati; III - 
yo’ldosh tug’ilib bo’lgandan keyingi holati 
Dastlabki 2 soat ichida har 15 daqiqada bachadonni 
massaj qiling. 
Massajni to’xtatgach, bachadon bo’shashmasligiga 
ishonch hosilqiling. 
Yirtilishlarini baholash 
Ayolni diqqat bilan ko’rib, bachadon bo’yni va qin devorlarining 
butunligini 
tekshiring 
va 
yirtilishni 
yoki 
epiziotomiyani 
tiking. 
Amaliy ko’nikmalar. 
1. Bachadon bo’yni yetilganlik darajasini aniqlash 
Vaginal tekshiruvga ko’rsatmani belgilang. 
Bemorga tekshiruv zarurligini tushuntiring 
Steril qo’lqoplarni kiying. 
Bemorni chanoq-son va tizza bo’g’imlarida bukilgan holatda kushetkaga 
yotqizing. 
Vaginal tekshiruvni o’tkazing. 
Bachadon bo’yni konsistensiyasini aniqlang: qattiq – 0, ichki bo’g’izgacha 
yumshagan – 1, yumshoq – 2 ball. 
Bachadon bo’yni uzunligini aniqlang: 2 sm dan ortiq – 0, 1-2sm – 1, 1 sm 
dan kam – 2 ball. 
Bachadon bo’yni o’tkazuvchanligini aniqlang: tashqi bo’g’iz yopiq yoki 
barmoq uchini o’tkazadi – 0, kanal ichki bo’g’izgacha o’tkazuvchan – 1, kanal 
ichki bo’g’izdan ham o’tkazuvchan – 2 ball. 
Bachadon bo’ynini chanoq o’qiga nisbatan joylashishini aniqlang: orqaga 
og’gan – 0, oldinga og’gan – 1, o’tkazuvchan o’q bo’ylab – 2 ball. 
Olingan ballarni hisoblang:
- 0-2 ball – yetilmagan,
- 3-4 ball – yetarlicha yetilmagan, 
- 5-8 ball – yetilgan. 
Qo’lqoplarni yeching, qo’llarni yuving, tug’ruq tarixiga yozing. 


Download 6,89 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partogrammada ko’rsatish lozim. Partogrammaning namunasi 3 -rasmda

Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish