ifloslanmagan siydikda (faqat yangi olingan siydikning o’rta porsiyasi) hech
bo’lmaganda ikki martalik siydik tahlilida (va siydik yo’llari
infeksiyasi
bo’lmaganda).
Proteinuriyaning paydo bo’lishi homiladorlik davridagi gipertenziv
holatining kechki simptomi hisoblanadi va homila
uchun xavfi ortib nohush
oqibatlar bilan bog’liq.Arterial qon bosimining oshishi proteinuriya bilan
birgalikda kechishi preeklampsiya rivojlanishi to’g’risida ma’lumot beradi.
Gipertoniyaning aniqligi va proteinuriya boshlanishi bilan bog’liqligi noaniq.
Siydik tahlili homiladorlar gipertenziyasining skrinningining
ajralmas qismi
hisoblanadi. Proteinuriyaning aniq topilishi uchun 24 soat mobaynida
to’plangan siydikni ishonchli miqdoriy tekshiruv o’tkazish zarur.
Shishlar.O’rta darajali shishlar homiladorligi fiziologik kechayotgan 50-80
%
homiladorlarda kuzatiladi, va ular odatda oyoqlarga, qorin bo’shlig’iga,
yuziga tarqaladi. Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, shishlari bor gipertoniya yoki
proteinuriyasiz homiladorlar, shishlari yo’q homiladorlarga qaraganda yirikroq
bolalarni tug’ishadi. Bu shishlarni homiladorlik
davridagi moslashuv
mexanizmlarining bir qismi hisoblanishining ishonchli isboti bo’ladi. Shishlar
homiladorlik davridagi gipertenziya holati ayollarning 85 % da uchratiladi va
odatda tana vaznining tez oshishi bilan bog’liqdir va uni oddiy homiladorlikdagi
shishlardan ajratish qiyin. Perinatal o’lim gipertoniya bilan shishlar birikishidan
ko’ra, faqat gipertoniyada pastroq bo’lishi kuzatiladi. Shishlarsiz o’tayotgan
preeklampsiya, shishlar bilan birga kechayotgan preeklampsiyadan ko’ra ona
va bola uchun xavfliroqligi tan olinganiga ancha bo’ldi.
Hozirgi vaqtda preeklampsiya tushunchasi to’liq aniqlanmaganligiga
qaramasdan, homiladorlik paytida gipertenziv buzilishlari tasnifiga asoslangan
holda JSST tomonidan tavsiya etilgan tushunchalarga ko’p amal qilinmoqda:
Yengil preeklampsiya – diastolik bosim 110 mm sim.ust. dan ko’p yoki unga
teng bo’lsa yoki oralig’i 4 soat bilan 2 marta o’lchanganda 90 sim.ust. dan ko’p
yoki unga teng bo’lsa va proteinuriya (siydikda oqsil miqdori 1 g/lgacha).
Ko’pincha simptomsiz o’tib ketadi, lekin tez jadallab og’ir shaklga o’tishi
mumkin. Yengil preeklampsiyada og’irlashuv simptomlaridan biri qo’shilsa:
giperrefleksiya
bosh og’rishi
ko’rishning buzilishi
oliguriya (≤ 500 ml/24 soatda)
to’sh orqasidagi og’riq (o’ng qovurg’a pastida)
o’pka shishi
trombotsitopeniya (trombotsitlar soni <100x10/1, ATA >50 me/l) unda
og’ir preeklampsiya hisoblanadi
Og’ir preeklampsiya –
diastolik bosim 120 mm sim.ust. dan ko’p yoki unga teng bo’lsa yoki oralig’i
4 soat bilan 2 marta o’lchanganda 110 sim.ust. dan ko’p yoki unga teng bo’lsa
plyus proteinuriya (3g/l yoki undan ortiq)