rakkab hisoblangan jinsiy hayot masalalarini o‘rgatishni
uyat deb bilamiz. Jinsiy tarbiyada jins anatomiyasi, qis-
man fiziologiya va gigienadan tashqari chiqmaymiz.
Holbuki, so’nggi yillarda yoshlarda bu masalalarga qi-
ziqish ortib bormoqda. Yoshlar so‘nggi 10—15
yil ichida
muddatidan 4—5 yil oldin balog‘atga yetmoqda, ya’ni
19—20 yoshli yigit-qizlarning o ‘zaro munosabatlarini
hozirgi kunda 14—15 yoshli qiz va o'g‘il
bolalarning
o ‘zaro munosabatlarida kuzatish mumkin.
Bundan tashqari yuridik jihatdan balog‘at yoshiga yet-
masdan, jinsiy hayotni boshlash hollari ko’paymoqda, bu
sohadagi bilimlarning nihoyatda past saviyada ekanligidan
ba’zi o ‘quvchi qizlar maktab yoshidayoq homilador bo‘lib
qolmoqda. Turli tanosil kasalliklari, SPlD ni orttirmoqda,
o ‘z-o‘zini davolash natijasida bu kasalliklar surunkali tur-
ga aylanib ketmoqda. Yoki
ular birinchi homilalarini
tushirish natijasida keyinchalik farzand ko’rmaydigan
bo‘lib qolishmoqda, bu esa hayotiy fojeaga, oilaviy hayot-
ning buzilishiga olib kelmoqda.
Erkak va ayol (er-xotin)ning bilim saviyasi keskin
farq qilishi (ayniqsa, ayol
chuqur bilimga ega bolgan
holda, erkakning savodsizligi), jinsiy qoniqmaslik va un
ing muntazam ravishda davom etishi tufayli oilada turli
janjallar kelib chiqadi, bunda
oilaviy janjallar arzima-
gan, butunlay boshqa narsalardan boshlanadi, lekin asli-
da unga jinsiy qoniqmaslik sabab bo‘ladiki, buni ba’zan,
hatto janjallashayotgan er-xotinning o ‘zi ham bilmaydi.
Ayollarda nevrozlar, muttasii
ravishda qoniqmaslik nati-
jasida, erkaklarda esa asab buzilishiga oid jinsiy ojizlik —
impotensiya paydo bo'ladi. Bu esa bora-bora xiyonatga,
turmush buzilishiga sabab boiadi. Albatta, bunday hol-
larga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, demak,
er-xotinning jinsiy
hayot masalasiga oid bilimini oshirish kerak.