BoMajak er-xotinlarning tanishish shartlari
N ikoh oldi omillarining xarakterlilaridan yana biri
yoshlarning tanishish shartlaridir. Ular ham o ‘z navbatida
turli-tumanlikka ega. Kimdir o ‘qish, ish joyida, kimdir
o ‘zi, kimdir birorbir o ‘rtog‘i, dugonasi, qarindoshi, kimdir
sovchilar yordamida, kimdir ko‘chada, jamoatchilik joy-
larida, transportda, turli marosimlar, to ‘ylar, kechalar,
o‘tirishlar va hokazo shart-sharoitlarga ko‘ra tanishishlari
mumkin. Albatta, bularning hammasida shu yoshlarning
individual xususiyatlari, m a’naviy axloqiy jihatlari,
madaniyati, tarbiyasi, shu yoshlar yashagan hudud, unda-
gi milliy urfodatlar, an’analar, etnik xususiyatlar muhim
ahamiyatga egadir.
O'zbek oilasining etnik xususiyatlaridan kelib chiq-
qan holda yosh oilaning yuzaga kelish shartlari orasida
keng tarqalganlaridan biri sovchilik tufayli oilalarning
yuzaga kelishidir. Chunki bizda deyarli barcha oilalar
ning yuzaga kelishi yigit tomonidan kelinnikiga sovchi
lar borishi bilan boshlanadi. Bunda yoshlar bir-birlarini
oldindan bilishlari, sevishlari, shunchaki uchrashib qo-
lishi yoki sovchilar orqali qidirib kelin topishidan qat’iy
nazar, albatta, kelinnikiga sovchilar borishi nikohning
yuzaga kelishidagi etnik shart, rasm-rusum, urf-odatlar-
dan biri hisoblanadi. Bularning barchasining nikoh
mustahkamligida o‘ziga xos o ‘rni bor.
Agar yoshlar o‘zlari sovchilar yordamisiz bir-birlari bi-
108
Ian tanishgan, bir-birlarini topishgan bolsalar, bunda
ular birinchi navbatda, tanlagan odamining o ‘zlarining
ko‘ngliga, didiga, idealiga mos kelishi yoki kelmasligiga
e’tiborberadilar. Bu, albatta, kelgusi hayot uchun muhim
ahamiyatga ega b o‘lgan omillar hisoblanadi. Lekin bu
o ‘rinda hamma yoshlarimiz ham o‘zlariga va bo‘lajak
turmush o‘rtog‘iga munosib baho bera olmasliklari, o ‘z
«tengi»ni topishda adashishlari, bu borada ularning
«yoshligi», hayotiy tajribalarining yetishmasligi kabilar
ularga xalaqit berishi ham mumkin. Agar ular sog‘lom
fikrlay oladigan, yuqorida aytib o ‘tganimizdek, oilaviy
hayotga psixologik yetuk bo‘lsalar, ularning xatoga yo‘l
qo‘yishi, adashishi ehtimollari kam boiadi. Agar shosh-
ma-shosharlik qilsalar, «etti o ‘lchab, bir kesmasalar»
shak-shubhasiz omadsizlikka uchrashlari mumkin.
Umuman, o‘zlariga juft tanlashda psixologik yetuk-
likka asoslangan holda, yetuk nigoh va mas’uliyat bilan
yondoshib o'zlari mustaqil ravishda juft tanlashi yosh
larda keyinchalik o‘z qarorlari uchun mas’uliyatlilikni
his qilish, o‘z oilasi mustahkamligi uchun kurashish,
xatti-harakat qilishni, uning muvaffaqiyati uchun javob-
garlikni o‘z zimmasiga olishni ta ’minlaydi. Yoshlarimiz-
ning qarorlarining yetukligi, qat’iyligi ulardagi oilaviy
hayot uchun, o‘z oilasi uchun mas’uliyatlilik, javobgar-
likning yuqori bo‘lishi hissi ham oila mustahkamligini
ta ’minlovchi muhim omildir.
Xalqimizning etnik xususiyatlariga xos bo ‘lgan
nikohning yuzaga kelish shartlaridan biri —■
sovchilikdir.
Sovchilik ham azal-azaldan shakllanib kelgan milliy
qadriyatlarimizdan biridir. Uning ham o‘ziga yarasha tal-
ablari, shartlari, mas’uliyati mavjud. Sovchilikka boril-
ganda sovchilar bo ‘lajak er-xotinlar, qudalarni har
tomonlama o ‘rganib, ularning bir-birlariga qay darajada
mos kelish jihatlarini puxta o ‘ rganib chiqishga harakat qi
ladilar. Sovchilikda surishtirish orqali b o ‘lajak kelin-
kuyov, uning oilasi, avlodi haqida har tomonlama m a’lu
motlar olishga harakat qilinadi. Umuman, sovchilikning
milliy, etnik, an’anaviy amallariga, talablariga rioya qilish
ham nikoh mustahkamligining muhim shartlaridan
hisoblanadi. Shuning uchun ham sovchilik masalalariga
o ‘tmishda katta e’tibor berilgan va sovchilikka eng tajri-
bali, mulohazakor, oqil odamlar tanlangan.
109
Biroq hozirgi vaqtda sovchilik talablariga amal qil-
maslik, uni qo‘pol buzish hollari ham tez-tez uchrab
turibdi. Hozirgi vaqtda sovchilikka borilar ekan, tan-
lanajak kelinning, bolajak qaynona yoki sovchi bolib
borgan odamning didiga qay darajada mos tushishi,
uning ota-onasi, har ikkala oilaning moddiy ijtimoiy
holati, mavqei kabilarga ko‘proq e’tibor berilib, bu
jarayonlarning bosh sababchilari, b o la ja k kelin va
kuyoning manfaatlari, ularning bir-birlariga mos kelishi
yoki kelmasligi jihatlari unutilib qo‘yayotganlik hollarini
ham kuzatishimiz mumkin. Bunday vaziyatlarda shub-
hasizki, yoshlaming o‘zlarining oilaviy hayotlari haqida-
gi masalalarini hal etishdagi ishtiroklari, ularning fikri,
bunga nisbatan munosabatlari hisobga olinmay qolishi
mumkin. Bu esa ularga qurilajak oila mustahkamligi,
uning manfaati uchun mas’uliyatlilik, javobgarlik
hislarining shakllanmasligiga, oilaviy hayotda qiyinchi-
lik, murakkablik, turli to ‘siqlarga (ularning b o lish i
110
muqarrar) duch kelib qolinganda, javobgarlikni sovchi
lar, bu oilaning yuzaga kelish masalasini «hal qilgan»
boshqa bir odam zimmasiga yuklash, uni ayblash hol-
larini yuzaga keltirishi mumkin. Bu kabi holatlar shub-
hasiz, yosh oila mustahkamligiga jiddiy xavf tug‘diradi.
|