Ma’lumotlar kiritish formasini yaratish
Professional ko‘rinishdagi formani juda tez yaratish uchun
Form
Wizard (18.13-rasm) funksiyasidan foydalanishni boshlashingiz
mumkin. Unda tayyor dizaynlar toʻplami va stillar mavjud. Biroq
agar bu stillar foydalanuvchining talablariga javob bermasa,
Design View funksiyasida formangizni yaxshiroq ishlab chiqish
imkoniyati mavjud. Formani sozlash uchun ishlatadigan ayrim
funksiyalar 18.01-jadvalda berilgan.
18.02 Maʼlumotlarni
manipulyatsiya qilish
Maʼlumotlarni manipulyatsiya qilish ma’lumotlar bazasi
dasturi doirasida bazaga kiritilgan va saqlangan ma’lumotlarni
oʻzgartirishni bildiradi va quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
• ma’lumotlar bazasida hisoblash yoki ma’lumotlarni
saralash uchun arifmetik amallar yoki raqamli
funksiyalardan foydalanish
• maʼlumotlarning subset’larini (paski to‘plamlarini) tanlab
olish uchun ma’lumotlar bazasi ichidan qidirish.
Ma’lumotlar bazasida hisoblashlar uchun
arifmetik amallardan foydalanish
Arifmetik amallar ishlatilishi mumkin boʻlgan ssenariylar –
biznes foydasini hisoblash yoki doʻkondagi zaxirani qoʻshish
va ayirish, valyutalarni ayirboshlash, hisobvaraq-fakturalarni
yaratish hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun ma’lumotlar
bazasida
hisoblash maydonini yaratishingiz kerak. Hisoblash
maydoni, ma’lumotlar bazasi maydonining maxsus turi boʻlib,
bu yozuvdagi boshqa maydonlarda maʼlumotlar oʻzgarganda
a 18.02-rasmda koʻrsatilgan tuzilmaga amal qilib, “Asset
18.01.accdb” faylidagi maʼlumotlar bazasi yordamida
yangi mijozlarning maʼlumotlarini toʻldirish uchun
forma yarating.