Xulosa
●
Koʻpchilik hujjat turlari bir xil formatlash usullarini amalga
oshirishga imkon bersa ham, formatlash turli usullarda va har bir
dasturning doirasida turli maqsadlar uchun qoʻllanishi mumkin.
●
Maydonlarni
oldindan belgilash, sahifa oriyentatsiyasi,
ustun eni, oraliq, sahifalash va boshqalar professional koʻrinishdagi
hujjatlarni ishlab chiqishni osonlashtirishi mumkin.
●
Dasturiy ta’minot vositalaridan samarali foydalanish — kataklarning tarkibini tekislash, samarali rang berish va toʻldirish
yordamida
tarkiblarni formatlash uchun jadvallarni tahrirlashni qamrab oladi.
●
Pochtani birlashtirish biznes uchun foydali vosita, chunki ular kattaroq guruhlarga mahsulotlarini qoʻllab-quvvatlash
va reklama
qilish uchun mijozlar maʼlumotlar bazasi bilan turli hujjat turlaridan foydalanishi mumkin. Kontakt ma’lumotlari kabi maʼlumotlarni
tugmani bosish orqali birlashtirish kompaniyaning vaqti, harakatlari va resurslarini tejab qoladi.
●
Pochtani birlashtirish shakl-hujjat va shakl-hujjatga qoʻyilgan maʼlumotlar manbasidagi joylarga qoʻyiladigan maʼlumotlar
manbasini talab qiladi.
217
17-bob: Hujjatlarni ishlab chiqish
18-bob:
Ma’lumotlarni boshqarish
Taʼlim maqsadlari
Bu bob yakunida quyidagi bilimlarga ega boʻlasiz:
■
tegishli ma’lumotlar bazasining yozuv tuzilmasini loyihalash,
foydalanish va yaratish;
■
maqsad va auditoriyaga bogʻliq ma’lumotlar kiritish shaklini loyihalash, foydalanish va yaratish;
■
ma’lumotlar bazasi hisoblari uchun arifmetik amallar yoki raqamli
funksiyalardan foydalanish;
■
ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni mos ravishda saralash;
■
maʼlumotlarning ichki toʻplamlarini tanlash uchun ma’lumotlar
bazasidan qidirish;
■
ma’lumotlarni to‘g‘ri koʻrsatish uchun hisobotlar tuzish.