147
12-bob: Tasvirlar
12-bob haqida umumiy maʼlumot
Tasvirlarni tahrirlash va manipulyatsiya
qilishga oid dasturdan
foydalanish koʻnikmalari juda katta ahamiyatga ega boʻlib,
ularni boshqa dasturlarda ham ishlatish mumkin. Matn
muharririda hujjat yaratilganda undagi mos joylarga tasvirlarni
joylashtirish talab etilishi mumkin. Shuningdek,
tasvirni tegishli
auditoriya talablariga moslash uchun uni tahrirlash ehtiyoji
paydo boʻlishi mumkin.
Baʼzan tasvirlarning oʻlchamini oʻzgartirish yoki tasvirning
bir qismini qirqib olish zarurati tugʻilishi mumkin.
Ayrim
paytlarda tasvirni boshqa tasvirning ustiga butun yoki
qisman joylashtirish (tasvirlarni qatlamlashtirish) yoki tasvirni
asl holatidan teskari tomonga qarab aylantirish (tasvirni
akslantirish yoki aylantirish) talab etilishi mumkin. Masalan,
insonlarning yoshi aks etgan koʻplab
reklamalarda tasvirning
ayrim qismlarini oʻzgatirish uchun (deylik, asl rasmda oq
sochli kishining sochini tasvirni tahrirlash vositalari orqali qora
sochga oʻzgartirilishi mumkin) suratni tahrirlash koʻnikmalari
ishlatiladi. “Qizil koʻz” muammosini
ham ayrim tasvirlarda
tuzatish imkoniyati mavjud, shu bilan birga,
tasvirni qayta
ishlash vositalari koʻk-ekran va yashil-ekran texnologiyalarida
ham ishlatilib, ular video roliklarni
boshqa joyda suratga
olinganday aks ettirishga yordam beradi.
Aksariyat veb-saytlarda tasvirlar ishlatiladi, agar ularning
hajmi juda katta va siqiluvchi fayl
formatlarida saqlanmagan
bo‘lsa, ular veb-sahifalarning uzoq vaqt yuklanishiga olib
keladi. Bu esa veb-sahifaga kiruvchi mijozlarga tayanadigan
biznes shakllari uchun muammolarni
keltirib chiqarishi
mumkin. Odatda foydalanuvchilar uzoq vaqt yuklanuvchi veb-
sahifalardan chiqib ketadilar.
Biroq veb-saytlardan tashqari tasvirlar ishlatiladigan juda koʻp
yoʻnalishlar mavjud boʻlib, bularga reklama, kinomatografiya,
video, poster, broshyura va boshqalarni misol qilish mumkin.