8: 47 pm akademik A. S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana07.02.2024
Hajmi1,08 Mb.
#152869
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akademik A.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti



12/10/23, 8:47 PM
Akademik A.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti
https://biochem.uz/uz/page/oqsillar-va-peptidlar-kimyosi-laboratoriyasi
1/7
O'zR FA O.S.Sodiqov nomidagi
BIORGANIK KIMYO INSTITUTI
(/uz)
 (/uz/page/ozbekiston-respublikasining-davlat-bayrogi)  
 (/uz/page/ozbekiston-respublikasi-davlat-gerbi)
 (/uz/page/ozbekiston-respublikasi-davlat-madhiyasi)  

D   (https://mail.biochem.uz)

 (+99871) 262-35-40 (tel:+998712623540)  info@biochem.uz (email:info@biochem.uz)
 O'zbekcha (/uz/page/oqsillar-va-peptidlar-kimyosi-laboratoriyasi)  
 Русский (/ru/page/oqsillar-va-peptidlar-kimyosi-laboratoriyasi)
 English (/en/page/oqsillar-va-peptidlar-kimyosi-laboratoriyasi)
Laboratoriyalar
Hujayra texnologiyalari laboratoriyasi (/uz/page/hujayra-texnologiyalari-laboratoriyasi)
Quyi molekulali biologik faol moddalar laboratoriyasi (/uz/page/quyi-molekulali-biologik-faol-moddalar-laboratoriyasi)
Farmakologiya laboratoriyasi (/uz/page/farmakologiya-laboratoriyasi)
Tadqiqotlarning fizik-kimyoviy usullari laboratoriyasi (/uz/page/tadqiqotlarning-fizik-kimyoviy-usullari-laboratoriyasi)
Oqsillar va peptidlar kimyosi laboratoriyasi (/uz/page/oqsillar-va-peptidlar-kimyosi-laboratoriyasi)
Fermentlar kimyosi laboratoriyasi (/uz/page/fermentlar-kimyosi-laboratoriyasi)
Polisaxaridlar kimyosi laboratoriyasi (/uz/page/polisaxaridlar-kimyosi-laboratoriyasi)
Amaliy - texnologiya laboratoriyasi (/uz/page/amaliy-texnologiya-laboratoriyasi)

30.05.2019  12850

Чоп этиш
Oqsillar va peptidlar kimyosi laboratoriyasi
Oqsillar va peptidlar kimyosi laboratoriyasi
Rahbar: kimyo fanlari doktori
Oshepkova Yuliya Igorevna
e-mail: joshepkova05@rambler.ru (mailto:joshepkova05@rambler.ru)
Oqsillar va peptidlar kimyosi laboratoriyasi 1973 yilda zoofitotoksinlar laboratoriyasi negizida tashkil topgan bo‘lib, O‘zRFA Bioorganik kimyo
bo‘limining bo‘linmalaridan biri hisoblangan. Laboratoriya faoliyati davomida tabiiy birikmalar, toksinlar, fermentlar va boshqa biologik faol
komponentlarning tuzilishi va funktsiyasi o‘rganilgan. O‘rta Osiyo hayvonlari zaharidan birinchi bo‘lib toksik ta’sirga ega 50 dan ortiq fiziologik
faol oqsillar va peptidlar ajratib olingan, ulardan 15 tasining kimyoviy birlamchi tuzilishi aniqlangan. O‘rgimchak Lactrodectuszaharidan oqsil
tabiatga ega bo‘lgan murakkab to‘rtlamchi tuzilishli, molekulyar massasi 75000 Da ga teng to‘rtta subbirlikdan tashkil topgan neyrotoksin ajratib
olingan (Toshmuxamedov M.S., Qosimov A.A., Odilbekov M.T., Salixov Sh.I.,). Turli bo‘g‘imoyoqlilar zaharidan ajratilgan yuqori spetsifiklikka
ega bo‘lgan toksinlarni tadqiq qilish ularning ta’sir mexanizmini o‘rganish va ulardan neyrofiziologik tadqiqotlar uchun “asbob” sifatida
foydalanish imkonini berdi (Salixov Sh.I., Qosimov A.A.). O‘rganilgan qator yuqori spetsifik neyrotoksinlardan foydalanish biologik
membrananing strukturaviy va molekulyar xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan tirik hujayrada sodir bo‘ladigan muhim hayotiy jarayonlarni anglab
yetishga olib keladi. Tadqiqotlarning amaliy yakuni o‘laroq ajratib olingan neyrotoksinlardan antitela sifatida foydalangan holda kobra, chayon va
qoraqurt zaharlariga qarshi antizardob yaratishdan iborat edi (Salixov Sh.I., Qosimov A.A., Inog‘amov O‘.Q.).
Bir qator kichik molekulali toksinlarning turli patologik holatlarda: surunkali buyrak yetishmovchiligi, travmatologiya, turli virusli kasalliklarda
tuzilishi o‘rganildi. Gemodializ jarayonlarini dasturlashni ta’minlashga imkon beruvchi kichik molekulali toksinlar kontsentratsiyasini miqdoriy
aniqlashning ekspress usuli ishlab chiqildi (Muxamadieva Sh.G., Kadrova A.F., Sultanova E.M.). sorbentlar bilan toksin kon’yugatlari asosida
immunosorbentlar olindi (Qosimov A.A., Salixov Sh.I.). O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot hodimlari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi va ular
asosida tibbiyot soxasida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
1984 yilda laboratoriya faoliyati o‘simlik va hayvonlar organizmidan ajratib olingan oqsillar va peptidlarni tadqiq etishga, shuningdek, g‘o‘zaning
o‘sish va rivojlanish jarayonlarida kechadigan biokimyoviy jarayonlarni o‘rganishga yo‘naltirildi. G‘o‘zaning gormonga bog‘liq oqsillarining
tuzilishi va funktsiyasi uning o‘sish va rivojlanish jarayonida o‘rganildi. G‘o‘zadan fitogormon retseptorlari ajratildi, fizik-kimyoviy xossalari
o‘rganildi va ularning g‘o‘za barglarini to‘kilishidagi regulyatorlik roli isbotlandi. G‘o‘zada defoliatsiya paytida sodir bo‘ladigan jarayonlarning
molekulyar mexanizmi tadqiq qilindi. Ushbu tadqiqotlar asosida defolirlovchi va o‘sishni stimullovchi faollikka ega bo‘lgan birikmalar skriningi
kriteriyalari ishlab chiqildi. (Veshkurova O.N., Salixov Sh.I.).


12/10/23, 8:47 PM
Akademik A.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti
https://biochem.uz/uz/page/oqsillar-va-peptidlar-kimyosi-laboratoriyasi
2/7
Laboratoriyada fan doktori ilmiy darajasini olish uchun 7 ta dissertatsiya himoya qilindi; Dolimbek Bexzod Ziyotbek (Texas Universiteti
professori), Abulimiti Yili (XXR FA Shinjon fizika va kimyo texnika instituti direktor o‘rinbosari) shular jumlasidandir.
Laboratoriya tashkil etilgandan beri unga akademik, b.f.d. Salixov Sh.I. (1973 yildan 2017 yilgacha.) va k.f.d. Oщepkova Yu.I (2018 yildan)
rahbarlik qilib kelmoqdalar.
2018 yilda Institutni qayta tashkillashtirish natijasida Leontev V.B. (1973 yildan 1999 yilgacha), prof. Sodiqov A.A. (1999 yildan 2005 yilgacha)
va k.f.n. Sagdiev N.J. (2005 yildan 2017 yilgacha) rahbarlik qilgan bioregulyatorlar laboratoriyasi laboratoriya tarkibiga kiritildi. Professor
Leontev V.B. rahbarligi ostida rekonstruktsiyalangan nukleoproteid komplekslari olindi, yadroviy oqsil gistonlar, giston bo‘lmagan oqsillar, HMG –
in vitro va nativ xromatinda transkriptsiyani regulyatsiyalovchi oqsillar roli o‘rganildi. Yadro oqsillari va ular genomining funktsional jihatdan
ahamiyatli hududlari kimyoviy tuzilishini o‘zgarishida allosteriya va kooperativ tabiatning konformatsion o‘zgarishlarining muhim roli aniqlandi.
(Mangutova Yu.S., Faynboym A.M., Leontev V.B.). Hujayra yadrosining oqsil biosintezidagi roli,. (Saitmuratova O.X., Leontev V.B.), shuningdek,
yadro ichidagi biosintez mexanizmi va asab to‘qimalari yadroviy va neytral oqsillarining funktsional rolini aniqlashga bag‘ishlangan qator
tadqiqotlar olib borildi. Vaznsizlik sharoitida poliakrilamid geli sintezi bo‘yicha tajribalar taklif etildi va amalga oshirildi. Tarmoqlangan tuzilishning
xossalari tortishish kuchiga bog‘liqligi aniqlandi (Sodiqov A.A., Leontev V.B., Grechko G.M.).
Laboratoriyada yuqori texnologiyalardan biri – monoklonal antitelalar olish bo‘yicha gibrid biotexnologiya o‘rnatildi (Xashimova Z.S., Mangutova
Yu.S., Suslo M.E., Leontev V.B.). KML (sichqon terisi o‘smasi), Akat (sichqon ingichka ichagi o‘smasi) va sarkoma S- 180 kabi ko‘chirib
o‘tkaziladigan rak hujayralari kulturalari olindi; ushbu hujayra tizimlari asosida biologik faol moddalar, shu jumladan, o‘smaga qarshi vositalar
skriningi uchun test-tizim yaratildi. (Kuznetsova N.N., Mardanova Z.I., Leontev V.B., Xashimova Z.S., Sodiqov A.A.), shuningdek, KML hujayra
liniyasidan foydalangan holda metastazlash modeli olindi.
So‘nggi yillarda Oqsillar va Peptidlar Kimyosi laboratoriyasida o‘simlik va hayvonlar bioregulyatorlarini struktur-funktsional xarakterlash bo‘yicha
tadqiqotlar olib borildi va ular asosida tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohasida muvaffaqqiyatli qo‘llanilib kelinayotgan bir qator preparatlar yaratildi.

Download 1,08 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8: 47 pm akademik A. S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti

Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish