55
6.3-rasm. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni mexanizasiyalashgan liniyalarda
tayyorlash rejasi tuzilishi:
1,2,3,5-stendlar, 4-portal o‘ziyurar qurilma, 6-tayyor qismlarni yig‘ish joyi,
7-rentgen usulida nazorat qilish joyi, 8-balka elementlarini payvandlash joyi,
9-rolgang.10-elektromagnit qisqichlarga ega portal kran, 11-ombor, 12- CO
2
muxitida payvandlash portal qurilmasi, 13-balka poyasini yig‘ish uchun o‘ziyurar
portal, 14-aravacha, 15-payvandlash avtomati
Katta o‘lchamdagi ko‘prikli kran balkalarini tayyorlashda listli
elementlarni tayyorlash va umumiy yig‘ish-payvandlash ishlari mexani-
zatsiyalashgan liniyalarda flus ostida avtomatik payvandlash bilan olib
boriladi. Hamma tayyorlov ishlari liniyadan tashqarida bajarilib, om-
borga (11) tayyor zagotovkalar olib kelinadi.