|
ulardan foydalanish. Dasturli ta’minot boshqaruvchi muhit bo’lib, talabaning Pdf ko'rish
|
bet | 11/11 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 126,32 Kb. | | #263178 |
Bog'liq 6 -variantulardan foydalanish. Dasturli ta’minot boshqaruvchi muhit bo’lib, talabaning
harakatlarida sodir bo’ladigan vaziyatga qarab, mos javob beradi. Dastur
ta’minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o’qitishda qo’llanishga moslangan
bo’ladi. O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti vazifasiga qarab
quidagicha tavsiflanadi: - o’quv materialining interaktivligi, multimediyaligi,
katta hajm va gipermatnliligini ta’minlaydigan elektron intellektual darsliklar
asosida avtomatik o’qitish tizimlari; - mikromirlar deb ataluvchi fanga
yo’naltirilgan muhitlar; - laboratoriya mashg`ulotlari; - trenajyorlar; -
ma’lumotnoma tizimlar; - kompyuterli o’yinlar. Avtomatlashtirilgan o’qitish
tizimi o’quv kursini yoki uning katta bo’limini mustaqil o’zlashtirishga imkon
yaratadi. Bu tizim o’zida oddiy darslik, masalalar to’plami, laboratoriya
mashg`ulotlari, ma’lumotnoma va o’zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi
ekspert xususiyatlarini mujassamlantirgan: - materialni o’rganishning maqbul
yo’lini ta’minlaydi, ya’ni talabaga nazariyani o’zlashtirish va misollar hamda
namunaviy masalalarni yechish ko’nikmalarini ishlab chiqish navbat-tartibini
mustaqil tashkil etishiga, shuningdek olgan bilim va ko’nik-malari sifatini o’zi
tekshirishiga imkon beradi; - tahlil va tadqiqotchilik faoliyati ko’nikmalarini
singdiradi; - o’quvchining vaqtini tejashga imkon beradi. Fanga yo’naltirilgan
muhit o’quv dasturlari paketidan iborat bo’lib, ma’lum klass ob’ektlari bilan
ish ko’rishga, ular o’rtasidagi munosabatni va ob’ektlar hamda munosabatlar
ustida olib boriladigan ishlarni bajarishga, shuningdek ob’ektlarni va ularning
xossalarini yaqqol tasavvur etishga imkon beradi. Talaba muhit ob’ektlari
bilan ish ko’rganda topshirilgan didaktik masalaga erishish, yoki mustaqil
tadqiqotlarni bajarishni maqsad qilib qo’yadi. Tekshiruvchi dasturlar bilimlar
sifatini tekshirish va baholash uchun mo’ljallangan.Ular o’quvchiga: javobni
umum qabul qilingan shaklga maksimal yaqin-lashtirilgan hollda kiritish;
tekshirish natijalarini saqlash, yig`ish, raspechatka olish (qog`ozga ko’chirish)
va statistik tahlil qilish; javobning shakli va sintaktik (gapning tuzilish)
savodliligidan qat’iy nazar, adekvat baho olish imkonini berishi lozim.
|
| |