Sanalgan har bir soha ilmiy pedagogika oldida o‘zining
muammolarini
qo‘ymoqda. Bizni ko‘proq umumiy hrta ta’lim maktab va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’lim muassasalarida informatikani o‘qitish qiziqtiradi.
Informatika ta’lim va tarbiya nazariyasi va uslubiyoti hozirgi paytda jadal
rivojlanmoqda. Undagi ko‘pgina masalalar yaqinlarda paydo bo‘lib, hanuzgacha
o‘zining chuqur
nazariy asosini ham, uzoq tajribasini ham olgani yo‘q.
Informatikani o‘qitish uslubiyoti umumiy maqsadlar bilan birgalikda o‘zining
oldiga quyidagi masalalarni qo‘yadi:
•
Informatikani o‘rganishning aniq maqsadini aniqlash;
•
umumta’lim predmetining mazmuni va uni o‘rta ta’limdagi o‘quv
yo‘nalishidagi o‘rnini
belgilash;
•
umumiy ta’lim maktablari va o‘qituvchi-amaliyotchiga davlat tomonidan
oldiga quyilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan o‘qitishning
eng maqbul
uslublari tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va taklif etish;
•
Informatikaga o‘qitishning barcha vositalarini ko‘rib chiqish (o‘quv,
qo‘llanmalar,
dasturiy vositalar, texnik vositalar va sh.k.) va ularni
o‘qituvchining ishlash amaliyotida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Boshqacha aytganda, informatikani o‘qitishda ham umum ta’lim maktabning
boshqa fanlarinin o‘qitish uslubiyotidagi kabi asosiy masalalarning:
• informatikaga
nima uchun o‘qitish kerak
?
•
nimani o‘rganish kerak
?
• informatikaga
qanday o‘qitish kerak
?
kabi ana’naviy uchlikdagi savollar qo‘yiladi.