SIP protokoli - Session Initiation Protocol–
amaliy daraja protokoli
hisoblanadi va aloqa seanslarini tashkil qilish, modifikatsiya
va tugatish uchun
belgilangan: multimediyali konferensiyalar, telefon
ulanishlar va multimediyali
axborotni taqsimlash uchun ishlatiladi.
SIP protokoli bazasida tarmoq qurilishini IETF (Internet Engineering Task Force)
qo‘mitasi MMUSIC (Multiparty Multimedia Session Control) guruhi ishlab
chiqqan.
IP-tarmoq mavjud bo‘lgan ilovalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish uchun va
foydalanuvchilar mobilligini ta’minlash uchun SIP
protokol elektron pochta
manziliga o‘xshash manzil ishlatadi. Ishchi stansiyalar manzili sifatida maxsus
universal resurslar ko‘rsatgichi - URL (Universal Resource Locators), SIP URL deb
atalgan.
SIP-manzili boshida SIP-manzil ekanligini ko‘rsatuvchi, «sip:» so‘zi qo‘yiladi,
chunki boshqa bo‘lishi ham mumkin (masalan, «mailto:»). Quyida
SIP-manziliga
misollar keltirilgan:
IP-tarmoqlar bilan SIP protokolining integratsiyasi
IETF ishlab chiqqan SIP protokoli multimedianing global
arxitekturasining qismi
hisoblanadi. Bu arxitektura resurslarni zahiralashtirish protokolini (Resource
Reservation Protocol - RSVP), real vaqt transport protokolini (Real-Time Transport
Protocol - RTP), real vaqtda oqimli axborotni uzatish protokolini (Real-Time
Streaming Protocol - RTSP), aloqa parametrlarini bayon qilish protokolini (Session
Description Protocol -SDP) o‘z ichiga oladi. Ammo SIP protokoli funksiyalari bu
protokollarning bittasidan ham bog‘liq emas.
SIP tarmoq arxitekturasi
SIP protokoli mijoz-server sxemasi bo‘yicha ishlaydi .Mijoz so‘rovlar beradi,
ularda serverdan u nimani olishni xohlashi ko‘rsatiladi. Server so‘rovni qabul qiladi,
unga ishlov beradi va javob yuboradi, u so‘rovni muvaffaqiyatli bajarilgani haqida
bildirishni, xato haqida beldirishni yoki mijoz talab qilgan axborotni o‘z ichiga olishi
mumkin.
SIP protokol tomonidan uchta ulash o‘rnatishning asosiy ssenariyalari ko‘zda
tutilgan: proksi-serverni qatnashishi bilan, qaytamanzillashtirish
serverni
qatnashishi bilan, va to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanuvchilar orasida.
Birinchi holda bu funksiyalar proksi-server o‘ziga
yuklaydi, chaqirayotgan
foydalanuvchi esa faqat chaqirilayotgan foydalanuvchining
doimiy SIP-manzilini
bilishi kerak.
Ikkinchi holda chaqirayotgan tomon mustaqil ulash o‘rnatadi,
qaytamanzillashtirish serveri esa faqatgina chaqirilayotgan abonentning doimiy
manzilini uni joriy manziliga o‘zgartirishni amalga oshiradi.
Uchinchi holda ulash o‘rnatish uchun chaqirayotgan foydalanuvchi chaqirilayotgan
foydalanuvchining joriy manzilini bilishi kerak.
Birinchi holda bu funksiyalar proksi-server o‘ziga yuklaydi, chaqirayotgan
foydalanuvchi esa faqat chaqirilayotgan foydalanuvchining doimiy SIP-manzilini
bilishi kerak.