150
lozim. Oilaning tarbiyaviy ta’siri mahsuldorligini oshirish maqsadida ota –
onalar
majlislarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi va tarbiyasidagi ularning rolini
oshirish haqidagi masalalarni muhokama qilish zarur.
O‘qishda orqada qolishning oldini olish olish bo‘yicha
sinfdagi tadbirlar
individual ishlar bilan olib borish lozim. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning o‘quv
ishlarni oqilona rejalashtirish va tashkil etishda ko‘nikma va malakalarini
rivojlantirishga, muhimini ajratish ko‘nikmasiga o‘qishda o‘z o‘zini nazorat qilish uy
vazifalarini bajarishga, oraliq va mustaqil ishni shakllantirishga e’tibor berish lozim.
Maxsus to‘garaklardan ma’lum bo‘lishicha boshlang‘ich
sinflarda uy
vazifalarini bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni nisbatan ko‘proq yordam yo‘li bilan
yechimda o‘quvchilar qiynaladigan savollarni o‘zlashtirishini, albatta, nazorat
qilinishi zarur. Dars qoldirgan o‘quvchining o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganligini
nazorat qilish lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi tarbiyaviy ta’sirlarni
tanlashda, bo‘sh
o‘zlashtiruvchi o‘quvchi ham jamoat topshiriqlaridan chetga qolmasligi, balki bunday
topshiriqlarga faol ishtirok etishiga e’tibor qaratmog‘i lozim. O‘quvchilarda bu
topshiriqlarni bajarish jarayonida ongli tartib intizom va javobgarlik hissi shakllanadi.
Ba’zi hollarda topshiriqlarni almashtirib turib,
oldindan turlicha yordam
ko‘rsatib, o‘ziga ishonch va hissiy faollikka undash uchun o‘qishda va mehnatda
muvaffaqiyat vaziyatlarini yaratish ham mumkin. Javobgarlik va tartib –
intizom
evaziga bazi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yaxshilanayotganligini doimo ta’kidlash
lozim. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar, tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlashda
ba’zi hollarda majburlash va bo‘ysunish choralarini qo‘llashlari mumkin, lekin
ulardan foydalanish vaqti – vaqti bilan bo‘lib, tarbiyaviy ta’sirining boshqa
usullari
bilan birgalikda olib boriladi. Talabchanlik,
adolatli, to‘g‘ri va me’yoriy bo‘lish
lozim.
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchi shaxsining irodaviy intelektual va hissiy
sohalarida o‘zaro muvofiqlik yo‘qligini
hisobga olib, topshiriqlarini va o‘z – o‘zini
tarbiyalash vositalarini topishda har kuni yordam ko‘rsatish lozim. Bu ishlarni xulosa
151
qilganda jamoa oldida qo‘llab quvvatlash orqali ularni rag‘batlantirishi mumkin.
Bunday hollarda o‘quvchilar o‘zlashtirmasliklarining oldini olish chora tadbirlari
bilan bir qatorda uni yo‘qotishga qaratilgan tadbirlar ham zarur bo‘ladi. Agar
o‘zlashtirmaslikning oldini olish bo‘yicha tadbirlar
umum sinfiy va guruhiviy
xarakterga ega bo‘lsa, o‘zlashtirmaslikni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar
individual xarakterga ega bo‘ladi.