Oziq moddalar organizm hujayralari
uchun qurilish materiali va energiya
manbai bo‘lib xizmat qiladi. Hujayralar-
da oziq moddalar parchalanganda ener-
giyadan tashqari qoldiq moddalar ham
hosil bo‘ladi. Agar bu moddalar uzoq vaqt
davomida hujayralarda to‘planib qolsa,
organizm o‘z-o‘zini zaharlaydi. Shu tufay-
li organizm ulardan tezroq xalos bo‘lish-
ga harakat qiladi.
Moddalar almashinuvi jarayonida ho-
sil bo‘ladigan qoldiq moddalarning orga-
nizmdan tashqariga chiqarib yuborilishi
ayirish deb ataladi.
Odam va hayvonlarda moddalar al-
mashinuvi natijasida ammiak, mochevi-
na, siydik kislota kabi zaharli moddalar
hosil bo‘ladi. Bu mahsulotlar va ortiqcha
suv buyraklar (siydik bilan) va teri (ter bi-
lan) orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Odam organizmining har bir hujayrasi-
da hosil bo‘lgan qoldiq moddalar qon
orqali buyraklarga boradi. Buyraklar qon-
ni fi ltrlab, ortiqcha suv, mineral tuzlarni
hamda mochevina kabi zararli moddalar-
ni siydik yo‘llari, qovuq va siydik chiqarish
kanali orqali organizmdan tashqi muhit-
ga chiqarib yuboradi. Shuning uchun bu
organlar ayirish sistemasini hosil qiladi. Bundan tashqari, odam terlaganda teri orqali ham
oz miqdorda suv va mineral tuzlar ter ko‘rinishida ajraladi.
Hujayralarda oziq moddalarning parchalanishi tufayli karbonat angidrid gazi ham ho-
sil bo‘ladi. U nafas olish organlari orqali tashqi muhitga ajratiladi. Shunday qilib, odam
va hayvonlar qoldiq moddalardan buyraklar, teri va nafas olish organlari yordamida xoli
bo‘ladi.
O‘simliklar ham nafas olganda tashqi muhitdan kislorod qabul qiladi. O‘simlik hujayrala-
rida kislorod oziq moddalarning parchalanishi va energiya hosil bo‘lishiga sarfl anadi. Odam
va hayvonlardagi kabi bu jarayonda ham karbonat angidrid hosil bo‘ladi va atmosferaga
chiqariladi. O‘simlik organizmidagi ortiqcha suv esa barg og‘izchalari orqali bug‘latish jara-
yonida tashqariga chiqarib yuboriladi. O‘simliklarda boradigan fotosintez jarayonida yashil