birlamchi qiyoslashdan o’tkaziladi. O’V yalpi ishlab chiqarilganda tanlab qiyoslash
ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, o’tkazish tartibi bu O’V ni
qiyoslash metodikasida ko’rsatiladi.
Ekspluatatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan O’V qiyoslashlararo
oraliq vaqtlardan keyin davriy qiyoslashdan o’tkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti
o’lchash vositasining bu davr ichida yaroqliligini ta’minlashni hisobga olgan holda
aniqlanadi va belgilanadi.
Davriy qiyoslashlar o’rtasidagi vaqt:
davlat qiyoslashiga taqdim etilgan o’lchash vositasiga davlat metrologik
xizmati idoralari tomonidan belgilanadi.
Davlat davriy qiyoslashi namunaviy va ishchi O’V ni qiyoslash grafiklari
(shartnomalari) da belgilangan kalendar muddatlarda o’tkaziladi.