2-MA’RUZA
Mavzu: Video muharrirlar, nazorat testlari yaratuvchi dasturlar va
krosvordlar yaratuvchi dasturlar bilan ishlash. Mualliflik dasturlari
yordamida o‘rgatuvchi dasturiy vositalar yaratish va elektron darslik yaratish.
Reja:
1.
Video muharrirlar, nazorat testlari yaratuvchi dasturlar va krosvordlar
yaratuvchi dasturlar bilan ishlash.
2.
Mualliflik dasturlari yordamida o‘rgatuvchi dasturiy vositalar yaratish va
elektron darslik yaratish.
Video tahrirlash dasturi
yoki
video muharriri
— bu chiziqli boʻlmagan
tahrirlash tizimida raqamli video ketma-ketliklarini ishlab chiqarishdan keyingi
video tahrirlashni amalga oshirish uchun foydalaniladigan dastur.
Videoni tahrirlash dasturi film yaratish, audio sharhlar va videoni umumiy
tahrirlash kabi juda koʻp maqsadlarda foydalaniladi.
NLE dasturiy taʼminotida foydalanuvchi video, tasvir va audio boʻlimlarini
ketma-ketlikda boshqaradi. Ushbu kliplarni turli usullar bilan kesish va boshqarish
mumkin. Tahrirlash tugagach, foydalanuvchi ketma-ketlikni video fayl sifatida
eksport qiladi.
LE dasturiy taʼminoti, odatda, kliplar deb ataladigan harakatlanuvchi tasvir
video yozuvlari boʻlimlari ketma-ket joylashtiriladigan va ijro etiladigan vaqt jadvali
interfeysiga asoslanadi.
Klipning yana bir turi — bu matnli klip boʻlib, videoga sarlavha ekranlari yoki
film kreditlari kabi matn qoʻshish uchun ishlatiladi
[1]
. Audio kliplarni qoʻshimcha
ravishda bir-biriga aralashtirish mumkin, saundtrekni bir nechta ovoz effektlari bilan
aralashtirish bunga misol boʻla oladi.
Odatda, vaqt jadvali bir vaqtning oʻzida tayyorlanadigan turli kliplar uchun y oʻqi
boʻyicha bir nechta qatorlarga boʻlinadi, x oʻqi esa videoning ishlash vaqtini
bildiradi
[2]
.
Oʻtish kabi effektlar har bir klipda bajarilishi mumkin, bir sahnadan ikkinchisiga
oʻtadigan oʻzaro faoliyat effekti ham bunga misoldir.
Xorijiy tillarni o’rgatishda Hot Potatoes dasturi tarmoqda sinov mashqlarini
tashkil qilish imkoniyatini beradi. Unda yaratilgan mashqlarni ixtiyoriy brauzer
(Internet Explorer, Mozilla, Opera, Chrome, Finiks, Safari, Google,…)bilan
ta’minlangan kompyuterda qo‘llash mumkin. Mashqlar HTML va JavaScript da
yaratiladi lekin siz bu tillar haqida hech qanday tushunchaga ega bo‘lmasdan ham
dasturni qo‘llashinigiz mumkin. Aytmoqchimanki, bu dasturda dasturlash tillaridan
xabari bo‘lmagan foydalanuvchi ham bemalol unda har xil turdagi interaktiv
mashqlarni yarata olishi mumkin[1.B.98]. Siz bajarishingiz kerak bo‘lgan harakat
sinov mashqidagi ma’lumot(savol, javob)larni kiritish va so‘nggi amal Создать
Веб-страницы tugmasini bosishdan iborat bo‘ladi. Hattoki, dastur interfeysini
o‘zbek
tilida
tashkil
qilishingiz
mumkin(Выбор-Интерфейс-Перевод
интерфейса). Shuni ta’kidlash kerakki, dastur HTML va JavaScript tillarida
ishlashni biladigan mutaxassislar uchun unda ixtiyoriy o‘zgartirishlar kiritish
imkonini beradi Hot potatoes dasturida turli xildagi topshiriq va testlarni yaratish
mumkin. Biror bir topshiriqni yaratish uchun tanlash mumkin bo’lgan beshta
dasturdan mosini tanlash lozim. Buning uchun Hot Potatoes dasturini ishga
tushirgandan soʻng, kartoshkali rasmlar yordamida zarur dasturni tanlash kifoya(1-
rasm).
Bundan tashqari, Potatoes menyusi yordamida ham tanlash mumkin (2-rasm):
Zarur dastur tanlagandan soʻng, topshiriq matnini yoki nazariy manba
kiritiladi. Har bir dastur uchun oʻz qoidalariga muvofiq ularga savollar va javoblar
tuziladi. Ushbu qoidalar har bir dasturning tavsifida keltirilgan. Soʻngra, zarurat
boʻlsa, topshiriq yoki testning konfiguratsiyasi sozlamasida oʻzgartirishlar kiritish
mumkin.
|