vositadir. Umuman olganda Perl, PHP – ochiq tizimli tillar hisoblanadi va ularni dasturchilar
modernizatsiyalashtira oladi.
JSP (JavaServerPage). JSP texnologiyasi o’zining funksional imkoniyatlariga ko’ra ASP ga
o’xshashdir. Asosiy farqi shundaki, bunda VBScript va JavaScript bilan birga Java tili ham qo’llanila
oladi. Shunga qaramay JSP Java dan oldinroq qo’llanilgan va ushbu texnologiya mukammal Web-
ilovalar yaratish uchun yetarli imkoniyatga ega.
SSI (Server Side Include). SSI vositasi dastlab HTML-faylni serverda qayta ishlaydi va undan
so’ng uni mijozga uzatadi. Dastlabki qayta ishlash vaqtida hujjatga dinamik generatsiya qilingan
ma’lumotlar qo’shiladi, masalan joriy vaqt haqidagi ma’lumot. Umuman olganda SSI
texnologiyasi HTML-faylning tarkibiga qo’shimcha qo’llanmalar qo’shishga mo’ljallangan
HTMLning qismi hisoblanadi.