so’ng qorishma quriydi va uning sirtiga asosiy qatlam, ya’ni 30% li polimer qorishmasi surtib
chiqiladi. Qatlamning umumiy qalinligi 1mm ga yaqin bo’ladi. Ishlarni bajarish jarayonida
havoning nisbiy namligi (100% gacha) va atrof-muhit harorati (-10oS gacha) sezilarli ta’sir
etmaydi.
Bu materiallar atmosfera ta’siriga va ximiyaviy ta’sirlarga chidamli hisoblanadi. Tom
qoplamasining elastikligi va darzbardoshligi -45o dan +120oS gacha bo’lgan
haroratda ham
saqlanib qoladi. Material tsement-qumli tekislovchi qatlamga ham, metall konstruktsiyalarga
ham yaxshi yopishadi. Bunday tom qoplamasining mehnattalabligi o’rama materiallarga nisbatan
1,5...2 marta kam bo’lib, 1m2 tom uchun mastika sarfi 1,5...3kg ni tashkil etadi. XSPE laki
tozalangan va quruq yuzalarga kist, valik yoki bo’yoq purkagich yordamida 2 yoki 3
qatlam
qilib surtiladi. Lak zich yopilgan idishlarda 0...20oS haroratda saqlanadi.
Tom qoplamasi sovuq asfalьtli mastikadan ham hosil qilinishi mumkin. Mastikaning
asosiy tarkibi mayda bitum zarralarining suv bilan aralashmasidan iborat bitum emulьsion pasta
va ohak yoki soz tuproqli emulьgatordan iborat. Pasta bir jinsli qaymoqsimon suyuqlik
ko’rishiga ega. Qotgandan so’ng issiqbardoshligi va yopishuvchanlik xususiyati bitumdan kam
farqlanadi. Suvga bardoshligi kam bo’lganligi uchun pastani sof holda faqat gruntovka uchun
ishlatiladi.
Emulьgator sifatida so’ndirilgan va so’ndirilmagan ohak, yuqori plastiklik xususiyatiga
ega bo’lgan soz tuproq ishlatilishi mumkin. Pastaning tahminiy tarkibi quyidagicha: bitum –
45...55%, suv – 35...45%, emulьgator – 8...16%.
Mastika tarkibi 75...85% pasta, 15...25% to’ldirgichdan iborat bo’lib
aralashma quyuq
bo’lsa 3...10% gacha suv qo’shilishi mumkin. To’ldirgich sifatida tsement, TETS kulining
tsement bilan aralashmasi, shuningdek tsementning asbest yoki shisha tola bilan aralashmasi
ishlatiladi. Mastika yuzalarga qorishma nasosi yordamida yoki qo’l bilan surtiladi.
Pasta yoki
mastika surtiladigan yuzalar changdan tozalanishi va zarur hollarda tekislanishi kerak. Mastika
quruq va namli yuzalarga surtilishi mumkin.
Mastika 2...3 qatlam qilib, har bir qatlam o’zidan avvalgi qatlam qurigandan so’ng
choklari 20...30sm bostirib surtiladi. Ustki va ostki qatlamlardagi choklar ustma-ust tushmasligi
kerak. Tom ishlarini qish sharoitida bajarilganda mastikaning surtilish davridagi harorati
80...90
o
S dan kam bo’lmasligi kerak.
Bitum-lateksli emulьsiyadan hosil qilinadigan tom qoplamasi bir jinsli bitum-kauchukli
massadan tarkib topgan uzluksiz monolit qoplamadan iborat.
Bitum-lateksli emulьsion
mastikalar asosi temir-beton va asbesttsement yopma plitalardan iborat bo’lgan simlanadigan
o’rama materialsiz tom qoplamasini hosil qilishda, shuningdek o’rama materialli tom
qoplamalarini ta’mirlashda ishlatiladi. Emulьsiya tarkibi bitum, suv, lateks va emulьgatordan
iborat.
Izolyatsiyalanadigan yuzalarni 15% li bitumli emulьsiya bilan
gruntovka qilish tavsiya
etiladi. Gruntovka qilingandan so’ng o’rama shisha materialdan simlovchi qatlam to’shaladi va
uning sirtiga emulьsiya surtib chiqiladi.
Emulьsiyali
tom
qoplamasini
hosil
qilishdagi
barcha
ish
operatsiyalari
mexanizatsiyalashgan. Emulьsiya tomga maxsus qurilmalar yordamida uzatiladi. Yuzalarga
emulьsiyani sochishda bosimi 0,35...0,4 MPa bo’lgan siqilgan havo yordamida ishlaydigan uch
kanalli purkagich-pistoletdan foydalaniladi. Birinchi kanal bitumli emulьsiya uchun, ikkinchi
kanal
siqilgan havo uchun, uchinchi kanal esa qirqilgan shisha tola uchun mo’ljallangan.
Emulьsiya shisha tola bilan purkagichdan chiqish paytida aralashadi. Koagulyator sifatida xlorli
kalьtsiyning 5% li eritmasi ishlatilib, bu qorishma emulьsiyaning shakllanishini tezlashtiradi.
Tom qoplamasi emulьsiyani 2mm dan qatlamlab sochish yo’li bilan hosil qilinadi. Bunla har bir
qatlam o’zidan oldingi qatlam qurigandan so’ng sochiladi.
Bitum-lateksli qoplamalarning suv shimuvchanligi juda kam bo’lib, 1...3% ni tashkil
etadi. 1m
2
tom qoplamasi uchun emulьsiya sarfi, qoplama qalinligi 3...5mm bo’lganda, 6...10l ni
tashkil etadi.
Qatlamlarning qotish jarayoni havo harorati va namligiga bog’liq ravishda 2...10 soat
davom etadi. Qoplamaning mexanik mustahkamligini oshirish va shikastlanishlardan himoyalash
maqsadida ustki qatlam sirtida tarkibi 1:2 bo’lgan tsement-qumli qatlam hosil qilinadi. Bu
qatlamning bitum-lateksli qoplamaga shimilishi va uni simlashi natijasida ustki qatlamning
mustahkamligi ortadi.
Hozirda mastikali tom qoplamasini hosil qilishda 2 qatlam emulьsiya surtilgandan so’ng
ustki qatlam qurigach uning ustiga choklarini 10...15sm bostirib shisha to’r to’shaladi. Bunday
tom qoplamasi uchun mehnat sarfi o’rama materialli tom qoplamasiga nisbatan ikki marta kam
bo’lib, qoplama issiqlikka va namlikka bardoshli hamda uzoqqa chidamli hisoblanadi.
Bitumli emulьsiyani
quruq va namli gorizontal, vertikal va qiya yuzalarga surtish
mumkin. Namli yuzalarga surtilganda emulьsiyaning yopishuvchanlik xususiyati kamaymaydi.
Emulьsiya tarkibida suv bo’lib qoplamaning shakllanishi suvning bug’lanishi natijasida ham
yuzaga keladi. Bu jarayon quruq ob-havo sharoitida 3...6 soat, namli va yomg’irli sharoitda
18...24 soat davom etadi.
Mastikali tom qoplamasini hosil qilishda ulьtrabinafsha nurlar ta’siriga bardoshli bo’lgan
Biturel va Venta-V tipidagi sovuq bitum-butilkauchukli mastikalar ham qo’llanilmoqda.