1- rasm.
1- rasmda o’zgarmas hajmda tez yonish bilan ishlaydigan dvigatelning indikator diagrammasi berilgan. Yoqilg’i sifatida yengil yoqilg’ilar benzin, yoritgich gaz, spirt va boshqa shu kabi yoqilg’ilar qo’llaniladi.
0-1 protsessda porshen chapdan o’ngga harakatlanadi va so’rish klapani ochilib tsilindrga karbyuratorda tayyorlangan yonuvchi aralashma beriladi. Porshen eng chekka holatga borganidan so’ng so’rish klapani yopiladi va porshen o’ngdan chapga harakatlana boshlaydi. Bunda yonuvchi aralashma tsilindrda siqiladi va uning bosimi ortadi (1-2 protsess).
Aralashma bosimi tsilindrda nuqta 2-ga mos bo’ladigan ma’lum kattalikka erishganidan so’ng elektr uchquni yordamida yondiriladi. Aralashmaning yonishi amalda bir onda sodir bo’ladi, porshen siljib ulgira olmaydi va shuning uchun yonish protsessini izoxorik protsess deb hisoblash mumkin (2-3 protsess). Aralashmaning yonishi natijasida ishchi jism qiziydi va uning bosimi nuqta 3-ga mos keladigan kattalikkacha ortadi. Bu bosim ta’siri ostida porshen qaytadan o’ngga harakatlanadi, bunda u tashqi iste’molchiga beriladigan kengayish ishini bajaradi (3-4 protsess). Porshen o’ng chekka holatga yetgandan so’ng chiqarish klapani ochiladi va tsilindrdagi bosim atmosfera bosimidan bir oz yuqoriroq bo’lgan qiymatgacha pasayadi (4-5 protsess). Porshen o’ng chekka holatga yetgandan so’ng chiqarish klapani ochiladi va tsilindrdagi bosim atmosfera bosimidan bir oz yuqoriroq bo’lgan qiymatgacha pasayadi (4-5 protsess) ; bunda gazning bir qismi tsilindrdan chiqadi. So’ngra porshen qaytadan chapga harakatlanib ish bajargan gazlarning qolgan qismini tsilindrdan atmosferaga chiqarib yuboradi (5-0 protsess).
Otto sikli bo’yicha ishlaydigan dvigatel tsilindridagi porshen bir sikl davomida to’rtta yurish (takt) bajaradi-so’rish, siqish, aralashma yonib tugaganidan keyin kengayish, yonish mahsulotlarini atmosferaga chiqarish.
Tahlil qilish qulay bo’lgan ideallashtirilgan Otto siklini (2-rasm). ko’rib chiqamiz.
Ichki yonuv dvigatelining sikli berk sikl, siklning ishchi jismi ideal gaz, uning miqdori dvigatelda o’zgarmasdan qoladi deb faraz qilamiz. U
P T 3
q1 3
4
2
4 2
q2
1 1
S
|