13-
bob. Elektr energiyasi iste’molchilarining tarif guruhlari
149. Barcha elektr energiyasi iste’molchilari to‘rt tarif guruhiga
bo‘linadi (I, II, III va IV).
150. I tarif guruhiga ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq
bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha
hisob-
kitob qilinadigan iste’molchilar kiradi. Budjet tashkilotlari, suv
ta’minoti tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari
uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek
davlat budjetidan
moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno.
151. II tarif guruhiga quyidagilar kiradi:
elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob
-kitob
qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari;
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr
stansiyalari”
AJ,
“Hududiy
elektr
tarmoqlari”
AJ
va
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibiga kiradigan, hududiy elektr ta’minoti
korxonalari, shu jumladan hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan
elektr quvvati oladigan korxona va tashkilotlarning, shuningdek,
elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning ushbu korxonalar
hududidan tashqarida alohida joylashgan obyektlarining xo‘jalik
ehtiyojlari.
Bunda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ
tarkibiga kiradigan hamda elektr energiyasi
ishlab chiqaruvchi
korxonalar tomonidan xo‘jalik ehtiyojlari uchun o‘ziga tegishli
tarmoqlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha foydalanilgan
elektr energiyasi amaldagi tannarx bo‘yicha hisob
-kitob qilinadi.
152. III
tarif guruhiga maishiy iste’molchilar kiradi. Ushbu tarif
guruhi bo‘yicha aholi tomonidan turmush ehtiyojlari uchun uy
-
joylarda, xonadonlarda, yotoqxonalarda, yordamchi xo‘jaliklarda,
shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘
obyektlarida, shu jumladan
bog‘ shirkatlari va dala hovlilar sug‘orish nasoslari, shaxsiy
avtomashinalar uchun garajlarda sarflanadigan elektr energiyasi haqi
tok qabul qilgichlarning quvvati hamda hisobga olish asboblarining
o‘rnatilgan joyidan qat’iy nazar, to‘lanadi.
Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari
bilan jihozlangan ko‘p
kvartirali uy
-joylar va yotoqxonalarda
yashaydigan maishiy iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan
elektr energiyasi haqi ushbu tarif guruhiga kiradigan amaldagi
tarifning 50 foizi miqdorid
a to‘lanadi.
Bunda ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr
plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy
-joylar va yotoqxonalarda
yashaydigan
elektr
energiyasi
iste’molchilari
mazkur
bandning
ikkinchi xatboshida
nazarda tutilgan tarif bo‘yicha haq
to‘laydi. Ushbu uylar va yotoqxonalarni
elektr tarmoqlariga ulash
bo‘yicha texnik shartlarda avval boshidan mazkur elektr plitalarining
quvvati hisobga olingan, elektr qurilmalarni (transformatorlar, kuch
kabellari, taqsimlash shitlari, kommutatsiya apparatlari, elektr
uzatkichlar va boshqalarni) loyihalashtirish va montaj qilish ularning
texnik shartlarda ko‘rsatilgan quvvat hisobga
olingan holda amalga
oshiriladi.
153. Budjet tashkilotlaridan tashqari elektr energiyasidan
binolarni elektr bilan isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlash
maqsadida foydalanadigan I va II tarif guruhlari iste’molchilari
tomonidan sarflanadigan elektr energiyasi hajmining haqi IV tarif
gu
ruhi bo‘yicha to‘lanadi.
Elektr energiyasidan aholiga elektr
energiyasi yetkazib berish
maqsadida foydalanuvchi idoraviy va munitsipial uy-joy fondi, yuridik
shaxslar yotoqxonalari, diniy tashkilotlar va oilaviy korxonalar,
shuningdek,
elektr
energiyasidan
aholi
ehtiyojlari
uchun
foydalanadigan lokal qozonxonalarga maishiy iste’molchilarga
belgilangan tarif qo‘llaniladi.