|
Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlashBog'liq musiqa-ta-limida-cholg-u-ijrochiligining-uzviylik-masalalari (1)Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash
Providing the integrity of music education in instrumental performance
Tashkent, Uzbekistan
126
Dasturning aprobatsiyasi yakunlari Respublika ta‟lim markazi qoshidagi “Musiqa
madaniyati va san‟at” Ilmiy–metodik kengashida muhokama etilib, amaliyotda
foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Ushbu o„quv dasturi dutor cholg„usida o„qitishning maqsad vazifalari, mazmun
mohiyatini belgilaydi. Dasturning maqsadi o„quvchilarning iste‟dodini, madaniy
saviyasini, dunyoqarashini kengaytirish, milliy va jahon musiqa namunalari bilan
tanishtirishdan iborat.
Mazkur o„quv dasturi bolalar musiqa va san‟at maktablarining besh yillik
ta‟lim yo„nalishiga mo„ljallangan bo„lib, bu davr ichida o„quvchi imkoni boricha
musiqa ijrochiligining professional mahoratini egallashi va notaga qarab ijro etish
malakasini hosil etishi ko„zda tutilgan. Dasturda uslubiy ko„rsatmalar hamda sinflar
kesimida o„quvchilar ijro etishi uchun tavsiya etilgan namunaviy asarlar ro„yxati
keltirilgan.
Dutor sinfida mashg„ulotlar har bir o„quvchi uchun tuzilgan shaxsiy ish reja
asosida olib boriladi. O„qituvchi o„quvchining badiiy va texnikaviy malakalari
o„sishini muntazam kuzatib borishi lozim.
O„quvchining musiqiy bilimini oshirish maqsadida musiqa asarlarini varaqdan
o„qish mashg„ulotlarini olib borish maqsadga muvofiqdir. Notani varaqdan o„qish
mashg„ulotlari o„quvchining nota o„qish tezligi oshishiga yordam beradi. Notani
varaqdan o„qish orkestr, ansambl sinflarida ham kerak. Ushbu mashg„ulotni puxta
egallash o„quvchining kelajakdagi bilim olishiga albatta ijobiy yordam beradi.
Shunday qilib o„quvchi bolalar musiqa va san‟at maktabida cholg„u ijrochiligi
bo„yicha egallagan bilim va ko„nikmalari ta‟lim tizimiga muvofiq quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
o„z cholg„usi va ularning oilalari haqida to„liq ma‟lumotga ega bo„lish;
o„z cholg„usi oilalarining tovush tembrini farqlay olish;
turli janrdagi texnik va kompozitorlar asarlaridan namunalarni idrok
etgan holda ijro eta olish;
yakka va ansamblda jo„rnavoz bo„la olish;
musiqiy asarlarni notadan o„qiy olish;
xalq musiqa merosi haqida tushunchaga ega bo„lish;
musiqaga oid atamalarni bilish;
musiqa ifoda vositalarini bilish;
jahon xalqlari musiqa namunalari va kompozitorlari asarlaridan
namunalar ijro eta olish;
Yuqoridagi talablarni puxta egallash o„quvchining keyingi ta‟lim bosqichlarida
bilim olishi uchun poydevor hisoblanadi.
|
| |