11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/220
Sana16.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#237780
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   220
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

 
Axloqiy tarbiya
– muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya 
qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va 
xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish 
asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy 
madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; 
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. 
 
Aqliy tarbiya
- shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni 
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini 


shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy 
tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. 
 
Baynalminallik 
(«inter» – orasida, o‘rtasida, aro, «natio» – xalq)– o‘zga 
millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an‘analari, 
turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning 
manfaatlariga ziyon etkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos 
ma‘naviy-axloqiy fazilat. 
Bakalavriat
- mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy 
bilim beradigan, ta‘lim olish muddati kamida to‘rt yil davom 
etadigan tayanch oliy ta‘lim.
 
 
Bashoratlash
- bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash 
va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma‘qulini tanlab 
olish.
 
Baho
– ta‘lim oluvchilarga ularning ta‘lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga 
nisbatan ijodiy yondotshishini rag‘batlantirish maqsadida ta‘sir 
ko‘rsatish vositasi. 
 
Bilim
shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma‘lum obrazlar 
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy 
ma‘lumotlar majmui. 
Bilim olish
– borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan 
tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining 
mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish 
jarayoni. 

Download 2,82 Mb.
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   220




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish