Jadvallarni o‘chirish.
Jadvalni o‘chirish imkoniga ega bo‘lish uchun, jadval
egasi (ya’ni yaratuvchisi) bo‘lishingiz kerak. Faqat bo‘sh jadvalni o‘chirish
mumkin. Qatorlarga ega bo‘lgan, to‘ldirilgan jadvalni o‘chirish mumkin emas,
ya’ni jadval o‘chirishdan oldin tozalangan bo‘lishi kerak. Jadvalni o‘chirish
komandasi quyidagi ko‘rinishga ega:
DROP TABLE < table name >;
Masalan: DROP TABLE Salepeople;
Jadvalni yaratilgandan so‘ng o‘zgartirish.
Jadvalni o‘zgartirish uchun ALTER TABLE komandasidan foydalaniladi. Bu
komanda jadvalga YAngi ustunlar qo‘shish, ustunlarni o‘chirish, ustunlar
kattaligini o‘zgartirish,xamda cheklanishlarni qo‘shish va olib tashlash
imkoniyatlariga ega. Bu komanda ANSI standarti qismi emas, shuning uchun xar
xil tizimlarda xar xil imkoniyatlarga ega. Jadvalga ustun qo‘shish uchun
komandaning tipik sintaksisi:
ALTER TABLE
ADD ;
Masalan: ALTER TABLE Salepeople ADD Phone CHAR(7);
Nazorat savollari
1.
Ma’lumotlarni qo’shish, o’chirish qaysi operator orqali bajariladi?
2.
Ma’lumotlarni o’zgartirish qaysi operator orqali bajariladi?
3.
Ma’lumotlarni ximoyalash qaysi operator orqali bajariladi?