5.Bir cho’michli ekskavatorlar bilan gruntni qazish
Bir cho’michli ekskavatorlartsiklik-davriy harakatlanuvchi mashinalarga kiradi. Bir cho’michli
ekskavatorning asosiy parametri-cho’mich sig’imi, m
3
. Asosiy texnologik parametrlari: qazish chuqurligi
(balandligi),maksimal qazish radiusi,ortish balandligi. Turli sanoat tarmoqlarida (ko’mir, tog’ sanoatida)
cho’michining sig’imi 100m
3
gacha bo’lgan ekskavatorlar qo’llaniladi.
Qurilishda ishlatilayotgan
ekskavatorlar cho’mich sig’imi 1,5 dan 4,0m
3
gacha bo’lgan sakkiz o’lchamli guruhlarga bo’linadi.
Ekskavatorlarning eng keng tarqalgani 4-nchi va 5-nchi guruhidir (cho’mich sig’imi 0.65 va 1m
3
) (5.9 –
rasm).Bir qator modellarda ekskavator ishchi jarayonining ba’zi operatsiyalarini avtomatlashtiradigan
moslamalar o’rnatilgan.An’anaviy jihozlar yordamida (to’g’ri cho’mich, teskari cho’mich,
draglayn,
greyder) bir cho’michli ekskavatorlar gruntni qayta ishlashdagi kompleks texnologik
jarayon tarkibiga
kiradigan turli turdagi yer inshootlaridagi: gruntni
qazish va joylashtirish;
gruntni ortish;
yer inshooti
chegarasida gruntni ko’chirish kabi jarayonlarini mexanizatsiyalash mumkin:.
Bir cho’michli qurilish ekskavatorlarining aksariyati universal mashinalar bo’lib, ular
almashtiriladigan turli ishchi o’skunalar bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin.
Keyingi yillarda
gidroprivod (gidroyuritma)ning keng tarqalishi sababli bir cho’michli ekskavatorning universalligi yanada
oshdi. Zamonaviy gidravlik ekskavator o’ntadan ortiq turli ko’rinishdagi ishchi o’skunalari
bilan
ta’minlangan bo’lishi mumkin, ular ekskavatorning texnologik imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.