|
Jozibadorlik, betakrorlik va imkoniayatlarning yaratilganligi tamoyiliBog'liq Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.2426.Jozibadorlik, betakrorlik va imkoniayatlarning yaratilganligi tamoyili.
Jozibadorlik, betakrorlik tamoyiliga eʼtibor berish lozimki, maʼlum bir turistik
obʼektga, resursga turistik marshrut ishlab chiqishda turoperatorning birinchi
navbatdagi asosiy vazifasi aynan ana shu turistik obʼektning eng jozibador,
betakror joyini, koʻrinishini aniqlashdir. Turizmdagi barcha turistik obʼektlarda
jozibadorlik, betakrorlik mavjud. Bu jozibadorliksiz biron-bir turistik obʼekt
turistlarni oʻziga jalb qilaolmaydi. Jozibadorlik va betakrorlik deganda maʼlum bir
xalqaro yoki mahalliy talab va standartlarning oʻlchamlariga, darajalariga javob
beradigan obʼektning tarixiyligi, moʻʼjizaviy koʻrinishi va hokazolarni
tushunishimiz kerak. Shu nuqtai nazardan turistik obʼektdagi jozibadorligi,
betakrorlikni 4 darajaga boʻlishimiz mumkin: *xalqaro miqyosdagi turistik
obʼektlardagi jozibadorlik va betakrorlik; davlatlardagi turistik resurslarning
jozibadorligi va betakrorligi; tabiatning biologik xilma-xilligidagi jozibadorlik
va betakror turistning hohishi boʻyicha turistik obʼektda belgilanadigan
jozibadorlik va betakrorlik. Xalqaro miqyosdagi turistik obʼektlardagi jozibadorlik
va betak rorlik deganda mazkur turistik obʼektning xalqaro miqyosda maʼlum va
mashhurligi, moʻjizaviyligini, dunyo aholisi, bu obʼektni bilishi tan olina di.
Bunday miqyosdagi jozibadorlik va betakrorlik asosiy hollarda moʻjiza deb
nomlanadi. Dunyo miqyosdagi turistik obʼektning moʻjiza deyilishi oʻtmishdagi
insoniyat bunyod etgan ulkan inshootlarning qay tartibda qurilgan ligi, ularda
hozirgacha (koinotni oʻzlashtirish davri) koʻplab ochilmagan sir- sinoatlarning
mavjudligidir. Jahon miqyosidagi moʻjizalardagi jozibadorlik va betakrorlik
aksariyat hollarda moʻjiza soʻzi bilan ifodalanadi va bu jozibadorlik, betakrorlikni
koʻrishga butun dunyo aholisi qiziqadi. Bu turistik obʼektda bitta jozibador lik,
betakrorlik mavjud–uning qadimiyligi va ulugʻvorligidir.
|
| |