1. Ta’lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim) va shakllarining
tavsifi. Didaktik g‘oyalar jamiyat taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalar bilan boyib, takomillashib
boraveradi va ular o‘ziga xos tizimlar ko‘rinishida shakllanadi. Shu sababli ham ta’lim
turlari
o‘quv jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvlar asosida
shakllantiriladi.
Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:
•
arxaik (ibtidoiy);
•
qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda Eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);
•
avestit (Baqtiriya, Sug‘diyona, Xorazmda – Eramizdan avvalgi VII-VI asrlar);
•
yunon (Ellins, rim – yunon, rim – eramizdan avvalgi V-I asrlar);
•
o‘rta asr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar);
•
yangi (tushuntirish, tushuntirish – ko‘rgazmali,
dasturlashtirilgan,
masofali
o‘qitish, muammoli – dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion, INTERNETning
xalqaro tarmog‘idan foydalanib o‘qitish va shu kabilar);
•
xorijiy (tushuntirish, tushuntirish–ko‘rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali
o‘qitish, muammoli – dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion, INTERNETning
xalqaro tarmog‘idan foydalanib o‘qish va shu kabilar).
“Avesto” g‘oyalariga ko‘ra shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda
Markaziy Osiyo xududida zardushtiylik dini yuzaga kela boshlaganida tashkil topdi. “Avesto”
zardushtiylikning muqaddas manbai bo‘lib, u o‘z davrining qomusiy asari hisoblangan. Uning
g‘oyalariga binoan yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash quyidagi tamoyillarga asoslangan:
•
yoshlarni diniy va ma’naviy jihatdan
tarbiyalash;
•
jismoniy jihatdan tarbiyalash;
•
yoshlarni o‘qish va yozishga o‘rgatish orqali ularning savodxonligini shakllantirish.
“Avesto” g‘oyalari bo‘yicha Yer, Quyosh, suv, olov muqaddas deb e’tirof etilganligi sababli
yoshlarni
tarbiyalashda Ona Yerga, atrof – muhit, tabiatga muhabbat hissini o‘yg‘otish muhim
yo‘nalish hisoblangan. Shuningdek, unga barkamol shaxs obraziga qo‘yilgan talablar haqida aniq
tasavvurlar ifoda etilgan.
Muntazam o‘qitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (eramizdan avvalgi 469 –
399 er. avv. yillar) va ularning o‘quvchilari tomonidan keng qo‘llanilgan
yordamchi savollarga