|
1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
|
bet | 4/19 | Sana | 12.08.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #269399 |
Bog'liq 3028 29.06.2018chiqim kassasi — bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bank ish kuni davomida chiqim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni chiqim qiluvchi kassa.
Oldingi tahrirga qarang.
inkassa xonasi — naqd pul tushumlari solingan va belgilangan tartibda plombalangan sumkani (qopni) bevosita mijozdan qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan xona.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Mazkur Yo‘riqnoma maqsadlari uchun tijorat banki, bank va bank filiali deganda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda xos raqam (bank kodi)ga ega bo‘lgan tijorat banki filiallari, amaliyot boshqarmalari, bank xizmatlari ofislari (markazlari) va boshqa alohida bo‘linmalar tushuniladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-noyabrdagi 39/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-8, 03.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 10/24/3028-8/0024-son)
2-bob. Bankda kassa ishini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
2. Bankda naqd pullar va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlash hamda ularni tashish, bank kassa tarmog‘ini hamda bank binosi va binodan tashqarida kassalarni qurish, jihozlash va qo‘riqlash ishlarini mazkur Yo‘riqnoma hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi lozim.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3. Bosh bank tomonidan bir yilda kamida bir marotaba o‘z tasarrufidagi bank filiallarida kassa ishini tashkil etilishi va kassa operatsiyalarini bajarishda mazkur Yo‘riqnoma talablariga rioya etilishi tekshirilishi lozim.
Bosh bank xodimlari tekshirish natijasida bank filialida aniqlangan xato va kamchiliklarni ushbu Yo‘riqnoma talablariga asosan bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatishlari shart.
4. Bank o‘z mijozlariga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun alohida ajratilgan kassa tarmog‘iga hamda kassa xodimlariga ega bo‘lishi lozim.
5. Naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan hamda kassa operatsiyalarini bajaruvchi barcha xodimlar bilan (shu jumladan, kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi bilan ham) moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Bank kassirlari o‘rab-bog‘lagan naqd pul va boshqa qimmatliklarning bog‘lamlari (dastalari) bank kassirlari yoki mijozlar tomonidan (kassa xodimlari kuzatuvi ostida) qayta sanalganida kamomad (to‘lovga yaroqsiz, qalbaki pullar va qimmatliklar) aniqlansa, aniqlangan kamomad summasi uchun ushbu bog‘lamni (dastani) shakllantirgan kassir qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy javobgar hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Bankning kassa tarmog‘i, tashkil etiladigan kassalar Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qo‘yiladigan texnik talablarga (ro‘yxat raqami 2816, 2016-yil 26-iyul) to‘liq rioya etilgan holda qurilishi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jihozlangan bo‘lishi shart.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun bank (filial) binosida va binodan tashqarida tashkil etilgan barcha turdagi kassalarni qurilishi, zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi bo‘yicha Bosh bank mutaxassislari tomonidan berilgan ijobiy xulosa asos bo‘lib hisoblanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
9. Bank rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri kassa ishini to‘g‘ri tashkil etish, naqd pullar va boshqa qimmatliklar but saqlanishini ta’minlash hamda mijozlarga ushbu Yo‘riqnoma talablari asosida kassa xizmatlari ko‘rsatilishi uchun mas’uldirlar.
Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
11. Bankda kassa operatsiyalarini bajarish va mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun aylanma kassa va chakana amaliyotlar kassalari tashkil etiladi.
12. Aylanma kassa bank binosida tashkil etilib, bank mijozi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatadi hamda unga tegishli bo‘lgan barcha banknot va tangalar hisobi 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘ida yuritiladi.
13. Bank aylanma kassasi orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatishda, buxgalteriya bo‘limi xodimlarini chetlab o‘tgan holda kassir tomonidan kassa hujjatlarining ijro uchun qabul qilinishi taqiqlanadi.
14. Bank tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan chakana kassa xizmatlari turi hamda kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda, Bosh bank ruxsati bilan aholidan omonatlarni qabul qilish, qaytarish va ularga hisoblangan foizlarni to‘lash, kommunal, soliq va boshqa bir martalik to‘lovlarni qabul qilish, shuningdek valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun (milliy va xorijiy valyutalarda alohida yoki birlashtirilgan holda) chakana amaliyotlar kassalari tashkil etilishi mumkin.
Chakana amaliyotlar kassalarini bank binosida va binodan tashqarida tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida bank (filial) binosidan tashqarida mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi va maxsus kassalar ham tashkil etilishi mumkin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Bank binosida va bank binosidan tashqarida tashkil etilgan chakana amaliyotlar kassalarida kassa operatsiyalari bilan birgalikda valyuta ayirboshlash operatsiyalari ham amalga oshirilgan taqdirda, ulardagi naqd pul va qimmatliklar hisobi bankning hisob siyosatiga muvofiq yuritiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
16. Mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingan kassa hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bank kassasi orqali mijoz bajaradigan barcha kassa operatsiyalariga asos bo‘lib xizmat qiluvchi kassa hujjatlari mijoz tomonidan to‘ldiriladi. Kompyuterda rasmiylashtirilib, chop etilgan hamda mijoz tomonidan imzolangan hujjatlar ham bank kassirlari tomonidan qabul qilishini mumkin, qat’iy hisobda turuvchi blanklar bundan mustasno.
17. Kassa operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha kassa hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi (tegishli hisobvaraqlarni to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishi, hujjatdagi mijoz imzosining bankka taqdim etilgan imzo namunasiga mos kelishi, mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarni kassa hujjatida to‘g‘ri qayd etilishi) hamda ularning hisobini yuritilishi (mijozga chiqim kassa operatsiyalarini uning hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida bajarilishi) uchun bank buxgalteriyasining tegishli xodimlari mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Bank binosida yoki binosidan tashqarida tashkil etgan kassalarda bajarilgan kassa operatsiyalarining buxgalteriya o‘tkazmalari hisobi Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (ro‘yxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr) muvofiq yuritiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-noyabrdagi 39/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-8, 03.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 10/24/3028-8/0024-son)
Bankning buxgalteriya bo‘limidagi mas’ul xodim har kuni har bir kassa hujjatini qayd etish va ularga tartib raqamlarini ketma-ket qo‘yib borish hamda kassa hujjatlarini kassirlarga topshirishda mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan kirim kassasi jurnalidan va chiqim kassasi jurnalidan foydalanadi.
19. Haqiqatda bajarilmagan kassa operatsiyalari bo‘yicha kassa hujjatlarini rasmiylashtirib qo‘yishga, xususan mijoz tomonidan bank kirim kassasiga naqd pullarni topshirmasdan va chiqim kassasidan naqd pullarni olmasdan, kirim va chiqim kassa hujjatlarini bir vaqtda rasmiylashtirish taqiqlanadi.
20. Bank Boshqaruvi hamda bank filiali rahbarlari kassa xodimlarining ishini samarali va sifatli tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarning daxlsizligini ta’minlangan holda saqlash uchun zarur bo‘lgan seyflar (metall shkaflar) va ularni tashish uchun temir aravachalar, mebel va jihozlar, muhr, to‘rtburchak muhr, texnik vositalar (pul sanash, saralash, o‘rab-bog‘lash uchun zarur uskunalar va boshqa zaruriy ashyolar) bilan ta’minlashlari shart.
21. Kassa xodimlariga o‘zlarining shaxsiy naqd pullari va boshqa qimmatliklarini, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan birga saqlanishi taqiqlanadi.
22. Bank kassa tarmog‘ida ishlayotgan har bir xodim shu jumladan, kassa mudiri ham o‘zining lavozim majburiyatida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni ushbu Yo‘riqnoma talablari asosida bajarishga mas’uldir. Kassa xodimiga ishonib topshirilgan naqd pul va qimmatliklarni asossiz tarzda boshqa shaxslarga topshirish yoki lavozim vazifasi bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan kassa operatsiyalarini boshqa xodimlar tomonidan bajarilishi taqiqlanadi.
23. Ish tajribasi, bilimi va ko‘nikmalari yetarli bo‘lmagan xodimlarni naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini mustaqil ravishda bajarishlari taqiqlanadi.
24. Bankning kassa tarmog‘i joylashgan hududni kuzatish va uni o‘rganish uchun begona shaxslarga imkoniyat berilmasligi va kassa tarmog‘ida joylashgan barcha kassa xonalarining (kassa kabinalarining) eshiklari ichki tarafdan qulflanuvchi moslamalar bilan ta’minlangan hamda bank ish kuni davomida ushbu eshiklar qulflangan bo‘lishi lozim.
25. Kirim va chiqim kassasi kassirlari kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan buxgalteriya va boshqa mas’ul xodimlarning imzo namunalari bilan, kassa hujjatlari bilan ishlovchi buxgalteriya xodimlari esa kassirlarning imzo namunalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari lozim.
Ushbu xodimlarni o‘z vaqtida imzo namunalarining ro‘yxati bilan ta’minlash va zarurat tug‘ilganda mazkur ro‘yxatni yangilash hamda eskisini qaytarib olish, (qaytarib olingan imzo namunalari alohida yig‘majildga tikilgan holda pul omborida bir yil muddatga saqlanishi, yil tugaganidan so‘ng, bank arxiviga topshirilishi) shuningdek qayd etilgan masala ijrosi bo‘yicha nazoratni o‘rnatish bankning bosh buxgalteri tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Imzo namunalari ro‘yxati bank rahbari tomonidan tasdiqlanishi hamda ushbu ro‘yxatni har yilning 1-yanvar holatiga yangilab turilishi talab etiladi.
26. Bank filiallarida naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini to‘g‘ri bajarilishi, naqd pullar va qimmatliklarni butligini ta’minlanishi, kassa ishlarini mazkur Yo‘riqnoma talablari asosida tashkil etilishi Bosh bank tomonidan doimiy nazoratga olinishi lozim.
Bankda tekshirish o‘tkazish uchun Bosh bank rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan xizmat farmoyishi asos bo‘lib hisoblanadi. Pul ombori va kassa tarmog‘idagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni taftish qilish uchun muddati ko‘rsatilgan bir martalik guvohnoma beriladi.
3-bob. Kirim kassa operatsiyalarini bajarish
27. Bank kassasiga kirim qilinayotgan naqd pullar va boshqa qimmatliklar kassirlar tomonidan saralangan va donalab sanalgan holda qabul qilinishi shart.
Bank kassalariga naqd pullarni qabul qilish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:
a) bank mijozlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasidagi naqd pullarni topshirish e’loni bo‘yicha;
b) bank xodimlari tomonidan bankka yetkazilgan zararni qoplash uchun, xizmat safariga olingan bo‘nakning sarflanmagan qismini qaytarish va boshqa shu kabi holatlarda bank xodimlaridan mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasidagi kirim kassa orderi (bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan naqd puldagi kirim operatsiyalarini, xususan bankning bir hisobvarag‘idagi naqd pullarini ikkinchi bir hisobvaraqqa kirim qilishda, shuningdek olib kelingan madad pullarini bank kassasiga kirim qilishda foydalaniladi) bo‘yicha;
v) jismoniy shaxslardan kommunal to‘lovlarni qabul qilish, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus blanklar bo‘yicha;
g) jismoniy shaxslardan bir martalik (soliq to‘lovlaridan tashqari) to‘lovlarni mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi aholidan bir martalik to‘lovlarni qabul qilish blanki bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
d) aholidan bank depozit hisobvaraqlariga omonatlarni naqd pulda qabul qilish mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi kirim kassa orderi bo‘yicha;
(27-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
e) jismoniy shaxslardan soliq to‘lovlarini qabul qilish mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi jismoniy shaxsning soliq to‘lovlari uchun maxsus blanki asosida amalga oshiriladi.
28. Naqd pullarni topshirish e’loni uch qismdan — “e’lon”, “kvitansiya” va “order”dan iborat. Ushbu kirim hujjatining “e’lon” qismi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, “kvitansiya” qismi kirim kassasi kassiri tomonidan imzolangan va kassaning muhri bosilgan holda naqd pulni topshirgan mijozga, “order” qismi esa buxgalteriya xodimiga beriladi.
Kirim kassa orderi uch nusxada to‘ldiriladi. Uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxasi buxgalteriya xodimlariga va uchinchi nusxasi kirim kassasi kassirining imzosi va muhri qo‘yilgan holda naqd pulni topshirgan bank xodimiga beriladi.
Bank bir hisobvaraqdagi naqd pullarni ikkinchi bir hisobvaraqqa kirim qilishda kirim kassa orderi ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi va ikkinchi nusxasi buxgalteriya xodimlariga beriladi.
Fuqarolardan soliq to‘lovlarini qabul qilishda foydalaniladigan jismoniy shaxsning soliq to‘lovlari uchun maxsus blanki uch qismdan — “xabarnoma”, “patta” va “kirim orderi”dan iborat. Maxsus blankning “kirim orderi” deb nomlangan qismi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, “patta” qismi soliqni to‘lagan jismoniy shaxsga va “xabarnoma” qismi (bankning buxgalteriya bo‘linmasi xodimlari tomonidan) tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga, ularning so‘rovnomasiga asosan taqdim etiladi.
29. Xo‘jalik yurituvchi subyekt bank kassasiga naqd pullarni topshirishdan oldin buxgalteriya bo‘limi xodimlariga murojaat etishi lozim. Buxgalteriya xodimlari kirim kassa hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) talablari asosida to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirib, ularni kirim kassa jurnaliga qayd etgan holda kirim kassasi kassiriga topshiradi.
30. Kirim kassasi kassiri kirim hujjatlarini qabul qilishda:
hujjat bankning buxgalteriya xodimlari tomonidan imzolanganligini;
ushbu imzolarning kassirda saqlanayotgan imzo namunalariga mos kelishini;
hujjat mijoz tomonidan imzolanganligini;
hujjatda ko‘rsatilgan summaning raqam va so‘zlar bilan to‘g‘ri yozilganligini hamda ularning o‘zaro mosligini tekshiradi va kirim kassa jurnaliga imzo qo‘yib, kirim kassa hujjatlarini qabul qilib olganligini tasdiqlaydi.
31. Kirim kassasi kassiri kirim hujjati bo‘yicha mijozni chaqirib, u topshirayotgan naqd pullarini saralab va birma-bir sanab, qabul qilib oladi.
Mijoz naqd pullarni bir vaqtning o‘zida bir qancha hisobvaraqlarga kirim qilish uchun bir nechta kirim hujjatlari asosida topshirsa, bunday hollarda kassir naqd pulni har bir kirim hujjati bo‘yicha alohida qabul qilib olishi shart.
Kirim kassasi kassiri mijozdan naqd pullarni qabul qilib olayotganida, uning stoli ustida qabul qilinayotgan pullardan boshqa naqd pul va boshqa qimmatliklar bo‘lmasligi, kassir tomonidan avval qabul qilingan barcha pullar stol tortmalarida, metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi kerak.
Kirim kassasi kassirining ish joyi shunday jihozlangan bo‘lishi kerakki, unda naqd pullarni topshirayotgan mijozga, uning pullarini kassir tomonidan saralash, sanash jarayonini bevosita kuzatish uchun imkoniyati yaratilgan bo‘lishi kerak.
32. Kassir mijozning naqd pullarini qabul qilib olganidan so‘ng, kirim kassa hujjatida ko‘rsatilgan summani, saralab va sanab qabul qilinganida haqiqatda chiqqan naqd pullar summasi bilan taqqoslab ko‘radi. Tafovut aniqlanmasa kirim kassasi kassiri:
naqd pullarni topshirish e’lonining “e’lon”, “kvitansiya” va “order” qismlariga imzo qo‘yib, kvitansiya qismiga muhr bosadi hamda uni mijozga beradi;
kirim kassa orderlarining uchta nusxasiga ham imzo qo‘yib, uchinchi nusxasiga muhr bosadi va uni mijozga beradi.
33. Mijoz tomonidan topshirgan naqd pullar summasi kirim hujjatidagi summadan:
kam bo‘lsa, mijozga yetishmayotgan summani topshirish yoki kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirish;
ko‘p bo‘lsa, mijozga ortiqcha summa qaytariladi yoki kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirish taklif etiladi.
Mijoz kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirgan taqdirda, buxgalteriya xodimi kirim kassa jurnalidagi tegishli (dastlabki) summa ustidan chiziq tortadi va haqiqatda topshirilgan naqd pul summasini yozib, qayta rasmiylashtirilgan hujjatni belgilangan tartibda kirim kassasi kassiriga topshiradi.
34. Kirim kassa hujjatlari buxgalteriyaning kirim kassa jurnalida qayd etilib, kirim kassasi kassiriga taqdim etilganidan so‘ng, mijoz tomonidan bank kassasiga naqd pullar topshirilmasa, kassir ushbu kirim kassa hujjatini buxgalteriya xodimiga qaytarib berishi lozim. Bunda bank kassasiga mijoz tomonidan naqd pullar nima sababdan topshirilmaganligi aniqlangach, buxgalteriya xodimi kirim kassa jurnalidagi tegishli yozuvlar ustidan chiziq tortadi va ushbu tuzatish kassir imzosi bilan tasdiqlanadi. Ushbu ijro etilmagan kirim kassa hujjati bank bosh buxgalteri xabardor etilgan holda buxgalteriya xodimi tomonidan yo‘q qilinadi.
35. Kassir bank ish kuni davomida qabul qilib olgan naqd pullarni mazkur Yo‘riqnomaning 7-bobida belgilangan tartibda saralaydi, sanaydi va o‘rab bog‘laydi.
Mijoz tomonidan topshirilayotgan naqd pullar orasidan shubhali, to‘lovga yaroqsiz yoki qalbaki pullar aniqlanganda, kirim kassasi kassiri bu haqida kassa mudiriga xabar qilishi hamda bunday pullarni tekshirish uchun unga topshirishi shart.
Bank kassa mudiri shubhali pullarni to‘lovga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi bo‘yicha asoslangan holda xulosa chiqarishga qiynalsa, bunday hollarda shubhali pullarni mazkur Yo‘riqnomaning 15-bobida belgilangan tartibda mijoz arizasiga asosan ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.
36. Favqulodda vaziyatlar, baxtsiz hodisalar oqibatida naqd pullar jiddiy shikastlangan bo‘lsa, ularning haqiqiyligi va to‘lovga yaroqli ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilingach, bank kassa mudirining ruxsati bilan ular muomalaga yaroqli pullarga almashtirib berilishi mumkin.
Bank kassalariga topshirilgan shikastlangan, lekin to‘lovga yaroqli ekanligi shubha uyg‘otmaydigan banknot va tangalarni almashtirib berilishi, buxgalteriya o‘tkazmalarisiz, hech qanday kassa hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda amalga oshiriladi.
37. Shikastlangan, lekin “to‘lovga yaroqli” banknotlar almashtirib berilganida, ularga “Almashtirilgan” degan bank kassirining to‘rtburchak muhri bosiladi. Shikastlangan banknotlarga, uning almashtirilgan sanasi, pulning haqiqiyligini ko‘zdan kechirgan kassa xodimining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilib, imzosi qo‘yiladi. Shikastlangan banknotlar “eskirgan” pullar toifasiga o‘tkaziladi.
Shikastlangan, lekin “to‘lovga yaroqli” banknotlarning butligini saqlash maqsadida, kassirlarga ushbu banknotlarni butun holda kalkaga yoki yupqa qog‘ozga yopishtirish shuningdek, tabiiy eskirish, kislota to‘kilgan yoki yong‘in oqibatida kuygan pullarni alohida o‘rab-bog‘lash tavsiya etiladi. Bank kassirlari tomonidan shikastlangan, lekin “to‘lovga yaroqli” pullarni polimer materiallar (skotch, sellofan va boshqalar) bilan yelimlash qat’iyan man etiladi.
38. Kassirlar tomonidan banknot va tangalarning to‘lovga yaroqli ekanligini aniqlashda qiyinchilik tug‘ilsa, bunday holda yakuniy xulosani kassa mudiri, zarur hollarda esa bank rahbari qabul qiladi.
Mijoz tomonidan bank kassasiga topshirilayotgan naqd pullar orasida “to‘lovga yaroqsiz” yoki “qalbaki” pullar mavjud ekanligi aniqlanib, ushbu holat kassa mudiri tomonidan tasdiqlansa, bunday holatda mijozga bu haqida batafsil va asosli tushuntirishlar berilishi shart. Mijoz bank kassasiga topshirayotgan naqd pulini “to‘lovga yaroqsiz” ekanligiga ishonch hosil qilgach, bunday banknotga kirim kassasi kassirining bank nomi tushirilgan “Almashtirib berish rad etildi” yozuvli to‘rtburchak muhri bosiladi va mazkur qarorni qabul qilgan kassa xodimining imzosi qo‘yiladi. “Almashtirib berish rad etildi” degan to‘rtburchak muhr bosilgan banknotlar mijozga qaytarib berilmaydi.
39. Mijoz kassa xodimlari tomonidan qabul qilinayotgan pulning “to‘lovga yaroqsiz” yoki “qalbaki” ekanligini asoslash bo‘yicha bildirilgan mulohazalaridan qoniqish hosil qilmasa, u holda mijozning xohishiga ko‘ra, uning arizasiga asosan (ushbu banknotga hech qanday muhr bosilmagan holda) mazkur Yo‘riqnomaning 15-bobida belgilangan tartibda ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.
40. Qabul qilinayotgan naqd pullar orasidan shubhali, to‘lovga yaroqsiz yoki qalbaki pul aniqlansa, ushbu pul summasi bank kassasiga mijozdan qabul qilingan naqd pullar summasini hisoblashda hisobga olinmaydi, balki mijozga uning o‘rnini qoplash yoki haqiqatda qabul qilingan naqd pullar summasiga kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirish taklif etiladi.
41. Har qanday holatda ham shubhali, to‘lovga yaroqsiz, qalbaki pullar mijozlarga qaytarib berilmaydi. Bunda bankda aniqlangan:
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali pul ekspertizaga qabul qilinganida, bunday pulning nominal qiymati bo‘yicha 90141 — “Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” hisobvarag‘iga kirim qilish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi lozim;
(41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qalbaki yoki to‘lovga yaroqsiz pulning har bir donasini 1 so‘m shartli bahoda 90145 — “To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvarag‘iga kirim qilish uchun balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi kerak. Qalbaki pul bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 81-bandi talablari asosida tegishli choralar ko‘rilishi lozim.
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
42. Kirim kassasi kassiri qabul qilib olgan naqd pullarni, zarur hollarda, bank ish kuni davomida kassa mudiriga bir necha marta topshirishi mumkin. Bunday hollarda har safar, kirim kassasi kassiri naqd pullarni kassa mudiriga topshirishdan avval, haqiqatda qabul qilib olgan naqd pullarini kirim kassasi hujjatlarida qayd etilgan summalarga mos kelishini tekshirishi, topshirayotgan naqd pul bog‘lamlari (dastalarini) qayta sanab ko‘rishi lozim. Shuningdek, tegishli yozuvlarni mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq 155-shakldagi kitobga qayd etib, kassa mudiriga imzo qo‘ydirgan holda topshirishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Kirim kassasi kassiri bank ish kuni yakunida kirim kassasi hujjatlarining umumiy sonini va umumiy summasini 155-shakldagi kitobda qayd etadi hamda kirim kassa hujjatlari summasini haqiqatda qabul qilib olgan naqd pullar summasi bilan taqqoslab ko‘radi. Shuningdek, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvarag‘i bo‘yicha rasmiylashtirilgan kirim kassa orderlarida qayd etilgan ma’lumotlar bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq 109-shakldagi kirim kassa hujjatlarining soni va summasi hamda saqlashga qabul qilingan qimmatliklar soni va summasi to‘g‘risida ma’lumotnoma tuzadi hamda imzolaydi.
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Kirim kassasi kassiri va buxgalteriya xodimi 109-shakldagi ma’lumotnomada qayd etilgan kassa aylanmalarini, kirim kassasi jurnalidagi yozuvlar bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmagan taqdirda, kirim kassasi jurnalini yurituvchi buxgalteriya xodimi 109-shakldagi ma’lumotnomaga, kirim kassasi kassiri esa buxgalteriyaning kirim kassasi jurnalidagi umumiy summani tasdiqlagan holda imzo qo‘yadi. Ushbu taqqoslashning amalga oshirilishi va mas’ul xodimlar tomonidan yuqoridagi hujjatlarning imzolanishi bankning bir kunlik kirim kassa operatsiyalari yakunlanganligini hamda bir kunlik kirim kassa operatsiyalari tegishli hujjatlarda to‘g‘ri qayd etilganligini bildiradi.
44. Kirim kassasi kassiri kassadagi naqd pullar qoldig‘ini o‘rab-bog‘laydi hamda qoldiq summasini o‘zining 155-shakldagi kitobiga qayd etadi. Kirim kassasi kassiri 109-shakldagi ma’lumotnoma bilan birga kirim kassa hujjatlarini kassa mudiriga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassa mudiri 109-shakldagi ma’lumotnomada qayd etilgan yozuvlarni kirim kassa hujjatlari bilan taqqoslaydi hamda kassirning 155-shakldagi kitobida qayd etilgan yozuvlarni tahlil qiladi. Shuningdek, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni, balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha kirim kassa orderida qayd etilgan ma’lumotlar bilan taqqoslab ko‘radi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudiri kirim kassasidagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarni, kassirning 155-shakldagi kitobiga imzo qo‘ygan holda qabul qilib oladi va o‘zining 155-shakldagi kitobiga bu to‘g‘risida tegishli yozuvlarni qayd etadi hamda kirim kassasi kassirining 109-shakldagi ma’lumotnomasi to‘g‘ri tuzilganligini tasdiqlagan holda, uni imzolaydi va kirim kassa hujjatlarini kunlik kassa hujjatlari yig‘majildiga tikish uchun ushbu ishga mas’ul bo‘lgan kassa xodimiga topshiradi.
45. Bank kassalariga bank ish kuni davomida kirim qilingan barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar, shu ish kunining o‘zida aylanma kassaga kirim qilinishi va bank balansining tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan mijozlardan tushum pullarini bevosita bank kassasiga qabul qilib olish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
461. Naqd pul tushumlari solingan va belgilangan tartibda plombalangan sumkadagi (qopdagi) naqd pul tushumlarini bank filialiga o‘zlari olib kelgan mijozlar mazkur Yo‘riqnomaning 8a-ilovasiga muvofiq shakldagi blankni to‘ldirgan holda inkassa xonasiga topshiradi.
Naqd pulni qabul qilgan kassa xodimlari (bank ish kuni mobaynida mas’ul kassa xodimlari, bank ish kuni yakunlangach yoki dam olish kunlari kechki kassa xodimlari) mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan blankning kvitansiya qismiga imzo qo‘ygan va muhr bosgan holda uni mijozga qaytarib beradi.
Bank kassa tarmog‘ida inkassa xonasi alohida yoki ish hajmidan kelib chiqqan holda kirim, chiqim kassalarida yoki mijozlarga kassa xizmati ko‘rsatiladigan boshqa kassa xonalarida tashkil etiladi.
Bank filialining qayta sanash kassasi kassirlari ushbu sumkadagi (qopdagi) naqd pullarni saralanishi, sanalishi, tushum pullarni mijozning hisobvarag‘iga kirim qilinishi, bankdagi mijozning bo‘sh sumkasini (qopini) unga qaytarib berish hamda ushbu kassa operatsiyalarini bajarishga doir hujjatlarning rasmiylashtirilishi mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(461-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
4-bob. Chiqim kassa operatsiyalarini bajarish
47. Bank kassasidan naqd pullarni chiqim qilish:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi naqd pul cheki bo‘yicha;
b) jismoniy shaxslarga — mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi chiqim kassa orderi (bevosita bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan naqd puldagi chiqim kassa operatsiyalarini, xususan, naqd pullarni bir hisobvaraqdan ikkinchi bir hisobvaraqqa o‘tkazish uchun chiqim qilishda, naqd pullarni inkassatsiya xizmati xodimlariga topshirish maqsadida chiqim qilishda ham chiqim kassa orderidan foydalaniladi) bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
v) aholining bank depozit hisobvaraqlaridagi omonatlarini va unga hisoblangan foizlarni naqd pulda to‘lash mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi chiqim kassa orderi bo‘yicha;
(47-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
g) jismoniy shaxsning bank kartasidan bankomat yoki terminallar orqali naqd pullar chiqim qilish — avtomatik tarzda, dasturiy yo‘l bilan shakllantiriladigan sliplar bo‘yicha amalga oshiriladi. Avtomat tarzda shakllantiriladigan slip — chiqim kassa orderiga tenglashtiriladi.
48. Bank kassasidagi terminaldan chiqim qilingan naqd pullarning umumiy summasiga, bank ish kuni oxirida chiqim kassa orderi rasmiylashtiriladi hamda har bir slipdagi summa mazkur Yo‘riqnomaning 192-bandida qayd etilgan axborotlar tasmasiga alohida kiritilishi lozim.
Bank kassasidagi terminal orqali jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan naqd puldagi chiqim kassa operatsiyalarining hisob-kitobi yuritiladigan hisobvaraq bo‘yicha kunlik chiqim aylanmalarni, ya’ni chiqim summalari ro‘yxatini chop etgan holda, undagi har bir summani tegishli slip summasi bilan taqqoslab chiqish mumkin.
Bunda tafovutlar aniqlanmasa, taqqoslash ishlarini bajargan kassir ushbu ro‘yxatdagi umumiy summani imzolashi lozim. So‘ngra, ushbu ro‘yxat mazkur kassada terminaldan chiqim qilingan naqd pullarning umumiy summasiga rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderiga ilova qilgan holda kunlik kassa hujjatlariga tikilishi kerak.
49. Bankning pul ombori ochilganidan so‘ng, kassa mudiri, bank rahbari va bosh buxgalteri ishtirokida aylanma kassadagi naqd pullar qoldiqlari qayta sanaladi hamda aylanma kassadagi naqd pullar qoldig‘ini mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq 120-shakldagi kitobda qayd etilgan ma’lumotlar bilan, shuningdek 10101 — Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi qoldiq summaga mosligi tekshiriladi. Bunda kassa mudiri o‘zining 155-shakldagi kitobiga berilayotgan naqd pullar summasini qayd etadi va chiqim kassasi kassiriga imzo qo‘ydirgan holda naqd milliy va xorijiy valyutadagi pullarni, bank ish kuni yakunida hisob berish sharti bilan beradi.
Chiqim kassasi kassiri tomonidan naqd pullarni kassa mudiridan qabul qilish:
banknotlarning to‘liq va to‘liq bo‘lmagan bog‘lamlarini ustki nakladkalardagi ma’lumotlarga qarab tekshirish yo‘li bilan;
banknotlarning to‘liq bo‘lmagan dastalarini esa kassa mudirining yoki u tayinlagan kassa xodimining kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanash orqali;
tangalar — qopchalarga biriktirilgan yorliqlardagi (yoki paketlar ichidagi qog‘ozdagi) yozuvlarga qarab tekshirish orqali amalga oshiriladi.
50. Chiqim kassasi kassiri hisob berish sharti bilan kassa mudiridan olgan barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarini o‘zining 155-shakldagi kitobida qayd etishi lozim.
51. Kassa mudiri hisob berish sharti bilan bank chiqim kassasi kassiriga naqd pullarni berganidan so‘ng, kassada qolgan naqd pullarni qayta hisoblab, uni bank ish kuni boshidagi kassa qoldig‘i summasiga taqqoslab ko‘rishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Naqd pul chek daftarchasini mijozga berish, uning yozma buyurtmalari asosida amalga oshiriladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini tugatayotganida yoki hisobvarag‘ini boshqa bankka o‘tkazayotganida naqd pul chek daftarchasi mijozdan qaytarib olinadi hamda naqd pul chek daftarchasining har bir foydalanilmagan varag‘ining imzolar qo‘yiladigan qismini uchburchak shaklida qirqish orqali, foydalanishga yaroqsiz holga keltiriladi.
53. Xo‘jalik yurituvchi subyekt vakili naqd pul olish uchun bank buxgalteriyasining ushbu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi xodimiga naqd pul cheki va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Buxgalteriya xodimi chiqim kassa hujjatini mijoz tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilganligini va mijozning bankdagi hisobvarag‘ida yetarli miqdorda mablag‘lar borligini tekshirgach, uni imzolaydi.
Bankda o‘zining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ini ochmagan yoki hisobvarag‘ida yetarlicha mablag‘lari bo‘lmagan har qanday mulkchilik shaklidagi xo‘jalik subyektlariga bank kassalaridan naqd milliy yoki xorijiy valyutalarni chiqim qilinishi taqiqlanadi.
Buxgalteriya xodimi tekshirilgan chiqim kassa hujjatini nazoratchi buxgalterga beradi. Nazoratchi buxgalter chiqim kassa hujjatining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirgach, uning tegishli rekvizitlarini chiqim kassasi jurnalida qayd etadi. Ushbu chiqim kassa hujjati va chiqim kassa jurnali nazoratchi buxgalter tomonidan imzolanadi hamda bankning chiqim kassiriga taqdim etish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt vakiliga naqd pul chekining nazorat markasi (bank xodimi bank kassasidan naqd pul olayotganida unga chiqim kassa orderining yirtma taloni) beriladi.
54. Buxgalteriya xodimi chiqim kassa hujjatlarini chiqim kassasi kassiriga, chiqim kassa jurnaliga imzo qo‘ydirib topshiradi. Bank kassasidan naqd pul olayotgan shaxs tomonidan chiqim kassa hujjatlarini kassirga taqdim etilishi taqiqlanadi.
Kassir chiqim hujjatini qabul qilib olganidan so‘ng:
mijozni chiqim hujjatining raqami bo‘yicha chaqirishi;
chiqim kassasi kassiriga mijoz tomonidan berilgan nazorat markasi yoki yirtma talonning raqamini chiqim hujjatidagi raqam bilan taqqoslashi va nazorat markasini yoki yirtma talonni tegishli chiqim hujjatiga yelimlab yopishtirishi;
chiqim hujjatida buxgalteriya bo‘limining mas’ul xodimlarining imzolari borligini va ushbu imzolarni, mavjud imzo namunalariga mos kelishini tekshirishi;
raqam va so‘z bilan yozilgan summalarning o‘zaro mosligini tekshirishi;
hujjatda naqd pullarni olayotgan mijozning shaxsiy imzosi borligini tekshirishi;
naqd pullarni oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati borligini hamda mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarini chiqim kassa hujjatida qayd etilgan yozuvlar bilan solishtirib ko‘rishi shart.
Kassir chiqim kassa hujjatida ko‘rsatilgan naqd pullar summasini mijozga chiqim qilib berish uchun tayyorlaydi. Bunda kassirning stoli ustida mijozga berishga tayyorlab qo‘yilgan naqd pullardan boshqa pullar bo‘lmasligi kerak.
55. Kassir tayyorlangan naqd pul summasini mijozga beradi va chiqim kassa hujjatini imzolaydi.
Mijozga naqd pullar chiqim qilinganidan so‘ng, ushbu chiqim qilingan naqd pullarni alohida sumka, qop, paket yoki boshqa idishga solingan holda bank binosidan olib chiqiladigan hollardagina, olingan naqd pullar summasiga chiqim kassasi kassiri tomonidan moddiy ruxsatnoma rasmiylashtirib berilishi lozim.
56. Kassir mijozga naqd pullarni o‘rami buzilmagan to‘liq bog‘lamlar va dastalar bo‘yicha chiqim qilganida, banknotlarni birma-bir qayta sanamagan holda, ustki nakladkada va banderolda ko‘rsatilgan summalariga qarab chiqim qiladi.
Mijozga o‘rami buzilmagan to‘liq bog‘lamdan tegishli dastalarni olib berish zarur bo‘lsa, unda kassir bog‘lamdagi plombani (yoki polietilen paketdagi kassirlarning shaxsiy klishe raqamlari bosilgan kafolat chokini) naqd pullarni oluvchi mijozning ko‘z oldida qirqishi lozim.
Kassir to‘liq bo‘lmagan va o‘rami buzilgan dastadan mijozga naqd pullarni berishda, banknotlarni birma-bir qayta sanab, so‘ngra mijozga chiqim qilishi lozim.
Qopcha va paketlarga joylangan tangalar qopchalarga biriktirilgan yorliqlardagi (yoki paketlar ichidagi qog‘ozdagi) yozuvlarga qarab mijozlarga beriladi. Tangali qopcha mijozga to‘liq chiqim qilinadigan hollarda, bank kassiri qopchadagi plombani naqd pul oluvchining oldida qirqishi shart.
57. Kassir dastani ochib, undagi naqd pullarning tegishli qismini mijozga chiqim qilishi uchun dastadagi banknotlarning kerakli qismini ajratib olganidan so‘ng, ularning barchasini birma-bir qayta sanab ko‘rishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
59. Chiqim kassasi kassiri mijozga chiqim kassa hujjatida qayd etilgan summadagi naqd pullarni berganidan so‘ng, chiqim kassa hujjatini imzolaydi. Bunda, mijozning talabiga binoan, bir nominal qiymatdagi naqd pullarni boshqa qiymatdagilariga almashtirib berilishi taqiqlanadi.
60. Bank kassasidan berilgan naqd pulni olgan shaxs kassadan uzoqlashmagan holda olingan pul summasini hujjatda ko‘rsatilgan summa bilan taqqoslashi, uni bog‘lamlar va dastalar bo‘yicha tekshirishi, to‘liq bo‘lmagan banknotlar dastasini esa bank kassirining kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanash orqali qabul qilib olishi shart.
61. Bank mijozi qabul qilib olgan naqd pullarini maxsus ajratilgan joyda yoki xonada, bank kassiri yoki nazoratchisi kuzatuvi ostida, birma-bir qayta sanab olishi mumkin. Bunday hollarda chiqim kassasi kassiri mijozga berayotgan naqd pul bog‘lamlaridagi plombalarni yoki kafolat choklarini kesmasdan mijozga beradi. Mijoz tomonidan naqd pullarni birma-bir sanab olish vaqtida, jarayonni kuzatib turgan bank kassiri yoki nazoratchisi plombali tizimchalarni, polietilen paketlarning kafolat choklarini va banderollarni to‘liq saqlanishini kuzatib turishi lozim.
62. Mijoz bank kassasidan olgan naqd pullarini birma-bir qayta sanab olish jarayonida ushbu bank kassirlari tomonidan shakllantirgan naqd pullar dastasidan kassa xatoliklarini ya’ni, kamomad (to‘lovga yaroqsiz, qalbaki) yoki ortiqcha pullarni aniqlasa, mazkur Yo‘riqnomaning 107-bandida belgilangan tartibda zaruriy choralar ko‘riladi.
63. Mijozning bank kassasidan olgan banknot va tangalari orasidan kamomad chiqqanligi to‘g‘risidagi murojaatlari quyidagi hollarda:
agar mijoz alohida ajratilgan xonada yoki maxsus ajratilgan joyda bank kassiri, nazoratchisi kuzatuvi ostida naqd pullarni qayta sanab olmagan bo‘lsa;
agar mijoz naqd pullarni bank kassasidan qabul qilib olganidan so‘ng, chiqim kassasidan uzoqlashgan bo‘lsa, mijozning e’tirozlari qanoatlantirilmaydi.
Bu haqidagi ogohlantiruvchi yozuvlar bank chiqim kassasining oldidagi, mijozlarga ko‘rinarli joyga doimo osilgan bo‘lishi shart.
64. Bank rahbari naqd pul kamomadi to‘g‘risidagi mijozlarning arizasini har qanday holatda ham o‘rganib chiqishi hamda bank kassiri tomonidan naqd pul dastalari, bog‘lamlarini shakllantirishda haqiqatda ham kassa xatoliklariga (kamomadga) yo‘l qo‘yilganligi tasdiqlansa, mazkur holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart.
65. Bank ish kuni yakunida chiqim kassasi kassiri, hisob berish sharti bilan kassa mudiridan qabul qilib olgan naqd pullarni, kunlik chiqim kassa hujjatlari umumiy summasiga hamda kun oxirida qolayotgan naqd pullar qoldig‘iga taqqoslab, mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq 110-shaklda ma’lumotnoma tuzib, buxgalteriya xodimlarining chiqim kassasi jurnalidagi yozuvlar bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, chiqim kassa jurnali kassir tomonidan va kassirning 110-shakldagi ma’lumotnomasi buxgalteriya xodimi tomonidan imzolanadi.
66. Chiqim kassasi kassiri ish kuni yakunida chiqim kassasi hujjatlarining umumiy sonini va umumiy summasini o‘zining 155-shakldagi kitobida qayd etadi.
Chiqim kassasi kassiri bank ish kuni yakunida chiqim kassasida qolgan naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini belgilangan tartibda o‘rab-bog‘laydi, qoldiq summasini o‘zining 155-shakldagi kitobiga qayd etadi va kassa mudiriga imzo qo‘ydirgan holda unga topshiradi. Shundan so‘ng u chiqim kassasining kunlik hujjatlarini hamda 110-shakldagi ma’lumotnomani ham kassa mudiriga topshiradi.
Kassa mudiri ushbu 110-shakldagi ma’lumotnomada qayd etilgan yozuvlarni, chiqim kassiriga hisob berish sharti bilan berilgan naqd pullar, kassir bank ish kuni yakunida qaytarib topshirgan naqd pullar qoldig‘i va chiqim kassa hujjatlari summasi bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudiri 110-shakldagi ma’lumotnomani imzolaydi hamda chiqim kassa hujjatlarini kunlik kassa hujjatlari yig‘majildiga tikish uchun ushbu ishga mas’ul bo‘lgan kassa xodimiga topshiradi.
67. Bank kassalaridan bank ish kuni davomida chiqim qilingan barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar, shu ish kunining o‘zida bank balansining tegishli hisobvaraqlarida belgilangan tartibda aks ettirilishi lozim.
68. Bank kassasidagi naqd pullar qoldig‘i mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, Markaziy bank Bosh boshqarmasining farmoyishiga asosan Hisob-kitob kassa markazining aylanma kassasidan yoki hududdagi boshqa bank kassalaridan belgilangan tartibda madad pullari ajratilishi mumkin.
69. Bank tomonidan olingan madad pullari mustaqil ravishda tasarruf etiladi.
5-bob. Kechki kassaga naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilish
70. Bank ish kuni yakunlanganidan so‘ng, inkassatorlar guruhidan naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan yoki bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilib olish hamda ish kuni uzaytirilgan kassalarda ish yakunlangach, ulardagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini qabul qilib olish, shuningdek, dam olish va bayram kunlari ishlaydigan kassalarga madad pullarini berish maqsadida bankda kechki kassa tashkil etiladi. Bankning kechki kassasiga inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilish, buxgalteriya xodimlaridan tayinlangan buxgalter-nazoratchining nazorati ostida kechki kassa kassiri tomonidan amalga oshiriladi.
71. Bankning kechki kassasi orqali chiqim kassa operatsiyalarini bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kechki kassaning buxgalter-nazoratchisiga qayta sanash kassasida ishlash, shuningdek qayta sanash kassasining nazoratchisiga kechki kassa xodimlarining vazifalarini bajarish taqiqlanadi.
72. Bankning kechki kassasi xodimlariga yo‘nalish bo‘yicha yig‘ilgan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) topshirish, inkassatorlar guruhi boshlig‘ining kuzatuvi ostida, yig‘uvchi inkassator tomonidan amalga oshiriladi.
Inkassatorlar guruhi avtomashinasida bir nechta bankka topshirilishi lozim bo‘lgan naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) mavjud bo‘lsa, bir bankka tegishli bo‘lgan sumkalarni (qoplarni) topshirish jarayonida, haydovchi inkassator avtomashinada qolib, boshqa bankka topshirilishi lozim bo‘lgan sumkalarni (qoplarni) qo‘riqlab turishi kerak.
Inkassatorlar guruhi yig‘ib kelingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) bankning kechki kassasi xodimlariga topshirishdan avval, kechki kassaning buxgalter-nazoratchisiga:
yo‘nalishdagi har bir mijoz bo‘yicha inkassatorlar guruhiga berilgan mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi tashrif varaqasini;
mijozlarning har bir pullik inkassatsiya sumka (qopi) bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 14b-ilovasiga muvofiq naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkasi (qopi) yuk xatini;
mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi inkassatorlar guruhiga berilgan bo‘sh sumkalar (qoplar) va tashrif varaqalarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishi lozim.
73. Kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi inkassatorlar guruhidan qabul qilib olgan yuk xatlari va tashrif varaqalaridagi yozuvlarni bir-biriga mos kelishini tekshirib ko‘rishi shart. Shundan so‘ng, buxgalter-nazoratchi mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasiga muvofiq bank kassasiga qabul qilingan tushum pullari solingan va bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayd etish jurnalini ikki nusxada to‘ldirib, unga:
mijozlarga biriktirilgan sumka (qop) raqamlari va unga solingan naqd pul summalarini;
bo‘sh sumkalar (qoplar) raqamlarini;
mijozlar qo‘shimcha ravishda topshirilgan (naqd pul tushumlari solingan) inkassatsiya sumkalari (qoplari) bo‘yicha ma’lumotlarni kiritadi.
74. Inkassatorlar guruhidan sumkalarni (qoplarni) qabul qilish vaqtida tashrif varaqasidagi yozuvga izohlarsiz tuzatishlar kiritilganligi, shuningdek tashrif varaqasidagi yozuvlar bilan yuk xatidagi yozuvlarni o‘zaro mos kelmasligi va boshqa kamchiliklar aniqlangan taqdirda tegishli sumka (qop) raqami yoki mijozlar tomonidan qo‘shimcha ravishda pullik sumkalar (qoplar) topshirilganda ularning raqamlarini buxgalter-nazoratchi mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasida keltirilgan jurnal shaklining “Izohlar” ustunidagi tegishli katakchasida qayd etilishi lozim.
Bank kechki kassasiga yig‘ib kelingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) to‘liq topshirilayotganligini nazorat qilish uchun buxgalter-nazoratchi jurnalga kiritilgan naqd pul tushumlari umumiy summasini hamda tashrif varaqalarida qayd etilgan tushum summalari yig‘indisini o‘zaro taqqoslab ko‘rishi lozim.
75. Kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi inkassatorlar guruhi tomonidan kechki kassaga topshirilayotgan sumkalar (qoplar) sonini inkassatorlar guruhiga berilgan bo‘sh sumkalar (qoplar) va tashrif varaqalarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotnomada ko‘rsatilgan raqamlarga mos kelishini tekshirib bo‘lganidan so‘ng, tashrif varaqalarini inkassatorlar guruhiga qaytarib beradi.
76. Kechki kassa kassiri buxgalter-nazoratchidan yuk xatlarini olganidan so‘ng, naqd pul tushumlari solingan sumkalarini (qoplarni) inkassatorlar guruhidan birma-bir qabul qilishni boshlaydi. Bunda, kechki kassa kassiri naqd pul tushumlari solingan:
inkassatsiya sumkasiga (qopiga) bosilgan plombir izining aniqligini va tasdiqlangan namunaga mos kelishini tekshirishi;
inkassatsiya sumkasining (qopining) biron-bir joyi shikastlanmaganligini xususan, sumkaning qulfiga ta’sir ko‘rsatilmaganligini, yamoqlar, tashqi choklar, yirtilgan joylar, plomba izi tushirilgan tizimchaning uzilgan yoki tugilgan joylari bor-yo‘qligini qarab chiqishi;
inkassatsiya sumkasining (qopining) raqamini, uning yuk xatida ko‘rsatilgan raqamga mos kelishini taqqoslab ko‘rishi;
sumkalarning (qoplarning) umumiy sonini, yuk xatlarining umumiy soniga, shuningdek qabul qilinayotgan naqd pul tushumlarining umumiy summasini, yuk xatlarida ko‘rsatilgan summalar yig‘indisiga mos kelishini tekshirib qabul qilishi kerak.
77. Inkassatorlar guruhidan har bir yo‘nalish bo‘yicha inkassatsiya sumkalari (qoplari) qabul qilib olinganidan so‘ng, bank kassasiga qabul qilingan tushum pullari solingan va bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayd etish jurnalining ikkala nusxasiga inkassatorlar guruhi boshlig‘i va yig‘uvchi inkassatori hamda kechki kassaning kassiri va buxgalter-nazoratchisi imzo qo‘yadi. Ushbu jurnalning birinchi nusxasiga inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) topshirgan inkassatorlar guruhining muhri bosiladi va u kechki kassa xodimlarida qoladi, ikkinchi nusxasiga esa kechki kassaning muhri bosilib, inkassatorlar guruhining boshlig‘iga beriladi.
Bank kechki kassasining muhri kechki kassa kassiriga biriktirilgan bo‘lib, uning seyfida saqlanishi lozim.
78. Mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan inkassatorlar guruhiga berilgan bo‘sh sumkalar (qoplar) va tashrif varaqalarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotnomada qayd etilgan yozuvlar asosida inkassatorlar guruhi tomonidan mijozlarning naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklari solingan yoki bo‘sh inkassatsiya sumkalari (qoplari) kechki kassaga to‘liq topshirilmayotganligi aniqlansa, bu haqida bank rahbariga va inkassatsiya bo‘limi boshlig‘iga xabar berilishi lozim. Inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i yig‘ib kelingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) bank kassasiga to‘liq topshirilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
79. Kechki kassa kassiri bank kassasiga qabul qilingan tushum pullari solingan va bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayd etish jurnalidagi yozuvlarni inkassatorlar guruhidan qabul qilib olingan sumkalar (qoplar) bilan taqqoslagan holda, buxgalter-nazoratchining kuzatuvi ostida kechki kassaning pul omboridagi seyfga (temir shkafga) barcha sumkalarni (qoplarni) hamda ularning hujjatlarini joylashtiradi. So‘ngra, pul omboridagi seyfni (temir shkafni) kassir va buxgalter-nazoratchining kalitlari bilan qulflanadi. Shuningdek, kechki kassa pul omborining eshigi ham ikkita kalit bilan qulflanib, ikkita surg‘uchli muhr bilan muhrlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda kechki kassa pul ombori eshigining birinchi kaliti va bitta surg‘uchli muhr kassirga, ikkinchi kaliti va bitta surg‘uchli muhr buxgalter-nazoratchiga biriktirilgan bo‘lishi hamda har bir xodim kechki kassa pul ombori eshigini o‘z kaliti bilan qulflab, o‘ziga biriktirilgan surg‘uchli muhr bilan muhrlashi shart. Shundan so‘ng, kechki kassaning pul ombori belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati xodimlariga topshiriladi.
(79-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-3, 07.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 10/19/3028-3/3706-son)
80. Bankning kechki kassasi xodimlari inkassatorlar guruhidan naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilish jarayonida sumkaning (qopning) nuqsonli ekanligi (bosilgan plombir izining aniq emasligi yoki tasdiqlangan namunaga mos kelmasligi, inkassatsiya sumkasida (qopida) biron-bir tashqi shikastlanish, yamoqlar, tashqi choklar, yirtilgan joylar borligi, plomba izi tushirilgan tizimchaning uzilgan yoki tugilgan joylari borligi, plombani tizimchadan ajralganligi, shuningdek, inkassatsiya sumkasining (qopining) raqamini, uning yuk xatida ko‘rsatilgan raqamga mos kelmasligi yoki tashrif varaqasida va sumkaning (qopning) yuk xatida ko‘rsatilgan inkassatsiya qilingan naqd pul tushumlari summasini bir-biriga mos kelmasligi) aniqlansa, bunday holatlar haqida bank kassa mudiriga xabar berilishi lozim.
Ushbu nuqsonli, shikastlangan sumka (qop) inkassatorlar guruhi a’zolari va buxgalter-nazoratchi kuzatuvida kassir tomonidan ochilib, undagi naqd pul va boshqa qimmatliklar birma-bir qayta sanalishi shart.
Zarur hollarda, bank kassa mudirining ko‘rsatmasiga asosan, ushbu inkassatsiya sumkasiga (qopiga) naqd pul tushumlarini solgan shaxs (mijoz vakili yoki kassir) ham qayta sanash jarayoniga chaqirtirilishi mumkin. Qayta sanash jarayoni yakunlangach, mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasiga muvofiq inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash natijalari bo‘yicha dalolatnoma uch nusxada tuzilib, ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolangan holda rasmiylashtiriladi.
Mazkur dalolatnomaning birinchi nusxasi bankning kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildiga tikiladi, ikkinchi nusxasi inkassatorlar guruhi boshlig‘iga, uchinchi nusxasi esa mijoz vakiliga beriladi.
Bunday hollarda mazkur Yo‘riqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkasining (qopining) ilova qaydnomasi kunlik kassa hujjatlariga tikish uchun hamda ushbu sumkadan (qopdan) chiqqan va kechki kassa kassiri tomonidan qayta sanalib, o‘rab-bog‘langan naqd pullar keyingi bank ish kuni ertalab, kechki kassa kassirining 155-shakldagi kitobida qayd etilgan va kassa mudiriga imzo qo‘ydirilgan holda unga topshiriladi.
Kechki kassada ochilgan inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati buxgalteriya xodimlariga, qayta sanalgan tushum summasini, balans hisobvaraqlari bo‘yicha umumlashtirilgan holda kirim kassa jurnalida qayd etish hamda tegishli buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirish va kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildiga tikish uchun beriladi.
81. Mijozga tegishli bo‘lgan shikastlangan (yoki nuqsonli) inkassatsiya sumkasi (qopi) kechki kassa xodimlariga topshirilayotganda, ushbu sumka (qop) ochilib, unga solingan naqd pullarni qayta sanash jarayonida:
Oldingi tahrirga qarang.
ortiqcha pullar, kamomad (yoki to‘lovga yaroqsiz pullar) aniqlansa, ushbu sumkaga (qopga) tegishli bo‘lgan ilova qaydnomasi va yuk xatining dalolatnoma qismi kechki kassa nazoratchisi tomonidan to‘ldiriladi hamda ushbu holatlar mazkur hujjatlarning dalolatnoma qismida ham qayd etiladi. Mijoz vakili uning shikastlangan (yoki nuqsonli) sumkasini (qopini) ochish va undagi naqd pullarni kechki kassada qayta sanash jarayonida ishtirok etmagan hamda qayta sanash jarayonida kamomad aniqlangan hollarda inkassatsiya sumkasining (qopining) tizimchasi plombadan ajratilmagan holda, shuningdek tuzilgan dalolatnomaning nusxasi ashyoviy dalil sifatida kechki kassaning buxgalter-nazoratchida 10 ish kuni mobaynida saqlanadi.
(81-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mijoz so‘roviga asosan ushbu ashyoviy dalillar ko‘rib chiqish uchun unga taqdim etilishi mumkin. Aniqlangan kamomad summasi O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foiziga teng yoki undan yuqori bo‘lsa, bunday kassa xatoliklari to‘g‘risida zudlik bilan kassa mudiriga xabar berilishi shart.
(81-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-3, 07.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 10/19/3028-3/3706-son)
qalbaki pullar aniqlansa, ushbu sumkaga (qopga) tegishli bo‘lgan ilova qaydnomasi va yuk xatining dalolatnoma qismi to‘ldiriladi hamda har bir pulning nominal qiymati, seriyasi va tartib raqami, ishlab chiqarilgan yili hamda umumiy summasi ko‘rsatilgan holda mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasiga muvofiq dalolatnoma to‘rt nusxada tuziladi. Ushbu holat bo‘yicha kassa mudiriga va bank rahbariga xabar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda aniqlangan to‘lovga yaroqsiz yoki qalbaki pullarning har bir donasini 1 so‘m shartli bahoda 90145 — “To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvarag‘iga kirim qilish uchun balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi lozim.
(81-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Bank tuzilgan dalolatnomaning bir nusxasini ilova qilgan holda qalbaki pulning qanday holatda aniqlanganligini yozma ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lum qiladi.
Bank tomonidan qalbaki pullar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilganligi to‘g‘risida Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga yozma ma’lumot yuborilishi lozim.
82. Kechki kassaga inkassatorlar guruhidan barcha inkassatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan mijozlarning naqd pul tushumlari solingan va bo‘sh sumkalarini (qoplarini) keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshirishdan avval, kechki kassa buxgalter-nazoratchisi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 18-ilovasiga muvofiq bank kassasidagi naqd pul tushumlari solingan va bo‘sh inkassatsiya sumkalari (qoplari) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ikki nusxada tuziladi.
83. Mazkur Yo‘riqnomaning 18-ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotnomaning bir nusxasi (ikkinchi nusxasi) kechki kassada bir yil saqlanib, shundan so‘ng bank maxsus komissiyasi xodimlari ishtirokida belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim.
Bank kechki kassasi xodimlari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasidagi jurnalini hamda 18-ilovasidagi ma’lumotnomaning bir nusxasini (birinchi nusxasini), shuningdek inkassatsiya qilingan naqd pul tushumlari solingan hamda bo‘sh sumkalarni (qoplarni) qayta sanash kassasining nazoratchisiga keyingi bank ish kuni ertalab mazkur Yo‘riqnomaning 94-95-bandlarida belgilangan tartibda topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, mazkur ish kuni mobaynida qayta sanash kassasining nazoratchisi tomonidan yuk xatlari bank bo‘linmasining buxgalteriya bo‘limiga topshirilishi hamda buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilishi lozim.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-noyabrdagi 39/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-8, 03.01.2024-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 10/24/3028-8/0024-son)
84. Inkassatorlar guruhidan kechki kassaga qabul qilib olingan, bankning bank binosidan tashqarida joylashgan kassalaridan olib kelingan inkassatsiya sumkalaridagi (qoplaridagi) saralangan, sanalgan va o‘rab-bog‘langan naqd pullar qayta sanash kassasi nazoratchisiga topshiriladi.
85. Kechki kassadagi naqd pul tushumlari solingan va bo‘sh inkassatsiya sumkalari (qoplari) qayta sanash kassasi nazoratchisiga topshirib bo‘lingach, kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) yuk xatlarini buxgalteriya bo‘limining tegishli xodimlariga topshiradi. Buxgalteriya bo‘limining tegishli xodimlari tomonidan inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) yuk xatlarida qayd etilgan ma’lumotlar asosida buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirib, tushum summalarini bankdagi tegishli hisobvaraqlarga kirim qiladilar hamda yuk xatlarini buxgalteriyaning kunlik hujjatlari yig‘majildiga tikiladi.
6-bob. Qayta sanash kassasida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash
86. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saralash, qayta sanash, o‘rab-bog‘lash hamda ularning dastalari va bog‘lamlarini shakllantirish maqsadida bankda qayta sanash kassasi tashkil etiladi.
Qayta sanash kassasining xonasi kassa tarmog‘ining boshqa xizmat xonalaridan alohida ajratilgan bo‘lib, kirish eshigiga ichki tomondan qulflanadigan moslama va kuzatuv tuynukchasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
87. Qayta sanash kassasi kassirining ish joyi ishlash uchun qulay, naqd pullarni daxlsiz saqlanishi, sanalayotgan naqd pullarni boshqa kassirning stolidagi pullar bilan qo‘shilib ketmasligi ta’minlanishini inobatga olgan holda jihozlanishi hamda nazoratchi har bir kassirning faoliyatini nazorat qilib turishi uchun imkoniyat yaratilgan bo‘lishi lozim.
88. Qayta sanash kassasining nazoratchisi qabul qilib olgan naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini), shuningdek qayta sanash kassasi har bir kassiri tomonidan saralanib-sanalgan va o‘rab-bog‘langan naqd pullarni alohida saqlash uchun qayta sanash kassasi qulflanadigan metall shkaflar yoki seyflar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
89. Tangalarni sanash mashinkasida qayta sanash uchun alohida xona yoki kabina ajratilishi va uning devorlari hamda shifti shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
90. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash — qayta sanash kassasining sanoq brigadalari yoki mustaqil ishlovchi kassirlar tomonidan amalga oshiriladi. Bank qayta sanash kassasida ish brigada usulida olib borilsa, unda har bir sanoq brigadasi 7 tadan ko‘p bo‘lmagan kassirlardan tashkil topishi va har bir brigadaga alohida nazoratchi boshchilik qilishi shart.
91. Bankda bir nechta sanoq brigadalari tashkil etilgan bo‘lsa, zarurat tug‘ilgan taqdirda, naqd pul tushumlari solingan, ochilmagan inkassatsiya sumkalari (qoplari) bank ish kuni davomida bir brigadadan olinib, ikkinchi bir brigadaga topshirilishi mumkin. Bunda naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) topshirayotgan sanoq brigadasi nazoratchining mazkur Yo‘riqnomaning 19-ilovasiga muvofiq 176-shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash natijalari bo‘yicha nazorat qaydnomasini old tarafiga topshirilayotgan sumkalarning (qoplarning) umumiy soni va e’lon qilingan summasini qayd etgan hamda oluvchi brigada nazoratchisiga imzo qo‘ydirilgan holda topshirilishi lozim.
92. Qayta sanash kassasida bitta brigada faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, dam olish vaqtida (tushlik vaqtida) kassirlardagi naqd pullar umumiy metall shkaf yoki seyfda saqlanishi mumkin. Bunda har bir kassir qayta sanash uchun o‘zi qabul qilib olgan naqd pul va boshqa qimmatliklarini alohida qop yoki qutichaga solib qo‘yishi shart.
Bunday hollarda qayta sanash kassasidagi metall shkaf yoki seyf ikkita kalit (brigada nazoratchisi va kassirlardan birining kaliti) bilan qulflanib, nazoratchining plombiri bilan plombalanishi hamda metall shkaf yoki seyfning qulflanishi va ochilishi brigadaning barcha kassirlari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
93. Qayta sanash kassasining nazoratchisi kassirlar tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni saralash-sanash, o‘rab-bog‘lash hamda bir-biriga topshirish, qabul qilish ishlari to‘g‘ri amalga oshirilayotganligini nazorat qilib borishi lozim.
Bank qayta sanash kassasining muhri ham ushbu kassaning nazoratchisiga biriktirilgan bo‘lishi va uning seyfida saqlanishi shart.
94. Bank ish kuni boshida qayta sanash kassasi nazoratchisi, kechki kassa xodimlaridan naqd pul tushumlari solingan va bo‘sh sumkalarni (qoplarni) qabul qilib olish vaqtida, kechki kassa pul omborining oldidagi xonada boshqa kassa xodimlarining yoki begona shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi.
Kechki kassa pul omborining oldidagi xonada kechki kassa xodimlari mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotnomani, 16-ilovasidagi jurnalni hamda 18-ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotnomani, ularda qayd etilgan ma’lumotlarning o‘zaro mosligini tekshirish uchun qayta sanash kassasi nazoratchisiga beradi.
Mazkur hujjatlarda qayd etilgan ma’lumotlar o‘rtasida tafovut aniqlanmasa, qayta sanash kassasining nazoratchisi mazkur Yo‘riqnomaning 18-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomaning ikkala nusxasiga imzo qo‘ygan holda kechki kassa kassiri va buxgalter-nazoratchisidan:
mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomani;
mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasida keltirilgan jurnalining birinchi nusxasini;
mazkur Yo‘riqnomaning 18-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomaning birinchi nusxasini qabul qilib oladi.
95. Qayta sanash kassasining nazoratchisi, kechki kassa xodimlaridan haqiqatda qabul qilib olayotgan har bir inkassatsiya sumkasi (qopi) raqamini hamda sumkalar (qoplar) umumiy sonini:
mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomada qayd etilgan yozuvlarga;
mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasida keltirilgan jurnalidagi ma’lumotlarga mos kelishini tekshirishi lozim.
Shuningdek, qayta sanash kassasining nazoratchisi naqd pul tushumlari solingan har bir inkassatsiya sumkasini (qopini), mazkur Yo‘riqnomaning 76-bandida belgilangan tartibda, birma-bir tekshirib qabul qilishi shart.
96. Inkassatorlar guruhi tomonidan yig‘ib kelingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) bank ish kuni mobaynida bank kassasiga topshirilsa unda, ushbu sumkalarni (qoplarni) qayta sanash kassasining nazoratchisi va buxgalteriya bo‘limidan ajratilgan buxgalter-nazoratchi alohida xonada mazkur Yo‘riqnomaning 72 — 77-bandlari talablariga muvofiq qabul qilib oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasida keltirilgan jurnali ikki nusxada to‘ldirilib, imzolanadi hamda uning ikkinchi nusxasi qayta sanash kassasi nazoratchisining muhri bilan muhrlangan holda inkassatorlar guruhiga beriladi. Ushbu jurnalning birinchi nusxasiga inkassatorlar guruhining uchburchak muhri bosiladi va qayta sanash kassasi nazoratchisiga beriladi.
(96-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
97. Bank ish kuni mobaynida inkassatorlar guruhidan alohida ajratilgan xonada qabul qilib olingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 18-ilovasidagi ma’lumotnomani bir nusxada to‘ldiriladi.
98. Qayta sanash kassasining nazoratchisi inkassatorlar guruhidan sumkalarni (qoplarni) qabul qilib olayotgan vaqtda, qayta sanash kassasi kassirlarining ishini qayta sanash kassasida ishlamaydigan kassaning boshqa xodimi yoki kassa mudiri (naqd pul tushumlari solingan sumkalarni (qoplarni) kassirlarga qayta sanash uchun bermagan holda) nazorat qilib turishi lozim.
99. Qayta sanash kassasining nazoratchisi inkassatorlar guruhidan qabul qilib olgan naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) temir shkafda (seyfda), yoki stolining tortmalarida qulflangan holda saqlashi kerak.
100. Har bir sanovchi kassir bank ish kuni boshida o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini mazkur Yo‘riqnomaning 20-ilovasiga muvofiq shakldagi qayta sanash kassasi kassirining nazorat varaqasiga kiritib, uni o‘z nomiga rasmiylashtirib oladi. Shundan so‘ng, nazoratchi har bir sanovchi kassirning oldiga alohida borib, 176-shakldagi nazorat qaydnomasiga uning familiyasi, ismi va otasining ismini hamda bittadan berilayotgan naqd pul tushumlari solingan sumkaning (qopning) raqamini qayd etgan holda, ularga navbat bilan inkassatsiya sumkasini (qopini) topshiradi.
Nazoratchining kuzatuvi ostida, kassir inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) plombalangan tizimchaning bir tomonini qirqib sumkani (qopni) ochadi. Sumka (qop) ichidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni stoli ustiga olganidan so‘ng, bo‘sh sumkani (qopni) nazoratchiga qaytarib beradi. Kassir naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanashni yakunlaguniga qadar, sumkaning (qopning) plombali tizimchasini o‘zida saqlashi lozim.
101. Nazoratchi sumkani (qopni) kassirdan qaytarib olganidan so‘ng, undagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklar kassir tomonidan olinganligini tekshirib ko‘radi. So‘ngra, sumkaning (qopning) ichki cho‘ntagidan mazkur Yo‘riqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan ilova qaydnomasini oladi hamda ushbu hujjatni inkassatsiya sumkasi (qopi) bilan birga o‘zida nazorat uchun olib qoladi.
102. Kassir naqd pul va boshqa qimmatliklarni saralab va qayta sanab bo‘lganidan so‘ng, unga topshirilgan inkassatsiya sumkasidan (qopidan) haqiqatda chiqqan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini nazoratchiga ma’lum qiladi. Nazoratchi haqiqatda chiqqan summani inkassatsiya sumkasining (qopining) mazkur Yo‘riqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan ilova qaydnomasini old va orqa taraflarida qayd etilgan summalarga mos kelishini tekshiradi.
Kassir tomonidan ma’lum qilingan summa hamda mazkur Yo‘riqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan ilova qaydnomasida qayd etilgan summa o‘rtasida tafovut aniqlanmasa, nazoratchi tegishli sumkaning (qopning) ilova qaydnomasini kassirga imzo qo‘yish uchun beradi. Nazoratchi inkassatsiya sumkasining (qopining) ilova qaydnomasini kassirdan imzolatgan holda qaytarib olganidan so‘ng, mazkur Yo‘riqnomaning 19-ilovasida keltirilgan nazorat qaydnomasini tegishli katakchalariga, qayta sanash natijasida chiqqan naqd pullar summasini hamda boshqa qimmatliklar summasini alohida qayd etib qo‘yadi.
103. Inkassatsiya sumkasiga (qopiga) haqiqatda solingan naqd pullar summasi va ushbu sumkaning (qopning) ilova qaydnomasida qayd etilgan summa o‘zaro mos kelmasa, kassir va nazoratchi birgalikda, qayta sanab bo‘lingan naqd pullarni, ilova qaydnomasining orqa tarafidagi naqd pullarning nominal qiymati bo‘yicha ro‘yxatida qayd etilgan summalar bilan taqqoslab chiqishi, nazoratchi esa summasi mos kelmagan qiymatdagi naqd pullarni qayta sanab ko‘rishi shart.
Nazoratchi naqd pullarni qayta sanab ko‘rganida ham inkassatsiya sumkasida (qopida) kamomad (yoki to‘lovga yaroqsiz, qalbaki pullar), ortiqcha pullar mavjudligi tasdiqlansa, kassir ushbu sumkaning (qopning) mazkur Yo‘riqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan ilova qaydnomasini old tomonidagi dalolatnoma qismini to‘ldiradi hamda kassir va nazoratchi tomonidan imzolanadi. Shuningdek, bankning qayta sanash kassasining nazoratchisi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasida keltirilgan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Qayta sanash jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektning vakili ham ishtirok etgan bo‘lsa, u ham mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasidagi dalolatnomani hamda mazkur inkassatsiya sumkasi (qopi) ilova qaydnomasini dalolatnoma qismida qayd etilgan yozuvlarni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Shundan so‘ng, qayta sanash kassasining nazoratchisi nazorat qaydnomasini tegishli katakchasiga haqiqatda chiqqan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini qayd etadi.
104. Inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pullarni saralash va qayta sanash jarayonida qalbaki pul mavjudligi aniqlanib, pulning qalbaki ekanligi nazoratchi va kassa mudiri tomonidan tasdiqlansa, mazkur Yo‘riqnomaning 81-bandida belgilangan zaruriy choralar ko‘rilishi lozim.
105. Qayta sanash kassasi kassirlari tomonidan inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pullarni qayta sanash jarayonida ortiqcha pullar solinganligi aniqlansa, mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasidagi dalolatnoma rasmiylashtirilib:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, yirik miqdordagi naqd pul tushumiga ega bo‘lgan mijoz qoshida tashkil etilgan maxsus kassadan olib kelingan inkassatsiya sumkasidan (qopidan) chiqqan ortiqcha naqd pullar summasi, ushbu mijozning bankdagi (filialdagi) hisobvarag‘iga;
Oldingi tahrirga qarang.
bankning bank binosidan tashqarida joylashgan chakana amaliyot kassalaridan olib kelingan inkassatsiya sumkasidan (qopidan) chiqqan ortiqcha pullar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bank foydasiga kirim qilinadi.
(105-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
106. Qayta sanash kassasi kassirlari tomonidan bankning kirim, chiqim yoki chakana amaliyot kassalari kassirlari o‘rab-bog‘lagan naqd pul bog‘lamlari ham qayta sanalishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
107. Bank kassirlari tomonidan o‘rab-bog‘langan naqd pul bog‘lamlari qayta sanalganida kassa xatoliklari ya’ni, kamomad yoki ortiqcha pullar aniqlansa, mazkur Yo‘riqnomaning 21-ilovasiga muvofiq 145-shakldagi naqd pul bog‘lami, dastasi (qopchadagi tangalar) orasidan aniqlangan kamomad (shu jumladan, to‘lovga yaroqsiz, qalbaki) yoki ortiqcha pullar bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Bunda:
ortiqcha pullar aniqlansa, 145-shakldagi dalolatnoma ikki nusxada rasmiylashtirilib (birinchi nusxa kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxa xatolikka yo‘l qo‘ygan banka jo‘natiladi), ortiqcha pullar summasi uni aniqlagan bank foydasiga kirim qilinadi;
kamomadga yo‘l qo‘yilganligi aniqlansa, 145-shakldagi dalolatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi (birinchi nusxa nusxa kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxa xatolikka yo‘l qo‘ygan bankka, uchinchi nusxa xatolikka yo‘l qo‘ygan bankning Bosh bankiga jo‘natiladi) va kamomad summasi xatolikka yo‘l qo‘ygan bank kassiridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi (kamomad summasi dalolatnomani taqdim etgan bankka naqd pulsiz hisob-kitob orqali to‘lab beriladi);
pul bog‘lamida qalbaki pul aniqlansa, 145-shakldagi dalolatnoma to‘rt nusxada rasmiylashtiriladi, dalolatnomaning to‘rtinchi nusxasi tuman (shahar) Ichki ishlar bo‘linmasiga jo‘natiladi. Aniqlangan qalbaki pul bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 81-bandi talablariga muvofiq choralar ko‘rilishi lozim.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
108. Qayta sanash kassasi kassirlari tomonidan kamomad (to‘lovga yaroqsiz, qalbaki) yoki ortiqcha pullar aniqlangan har bir holat mazkur Yo‘riqnomaning 22-ilovasiga muvofiq qayta sanash kassasida aniqlangan kassa xatoliklarini qayd etish kitobida qayd etib borilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
109. Mijozning inkassatsiya sumkasiga (qopiga) naqd pul tushumlari bilan birgalikda tijorat banklarining hisob-kitob cheklari ham solingan bo‘lsa, nazoratchi har bir hisob-kitob chekini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini (imzolar mavjudligini, so‘z va raqam bilan yozilgan summalarning o‘zaro mos kelishini, ularni to‘lov uchun qabul qilingan xo‘jalik yurituvchi subyektning mas’ul xodimining imzosi mavjudligini) tekshirgan holda kassirlardan qabul qilib olishi kerak.
(109-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Nazoratchi tijorat bankining hisob-kitob chekini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligiga ishonch hosil qilgach, uni topshirgan kassirning nazorat varag‘iga o‘z imzosini qo‘yib hamda o‘zining nazorat qaydnomasiga hisob-kitob cheklari soni va summasini qayd etish orqali qabul qilib oladi.
Tijorat bankining hisob-kitob chekini rasmiylashtirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlansa, ushbu hisob-kitob cheki, mazkur mijozga tegishli bo‘lgan bo‘sh inkassatsiya sumkasiga (qopiga) solinadi. Ushbu sumka (qop) ilova qaydnomasining orqa tarafiga tijorat bankining hisob-kitob chekini mijozga qaytarish sabablari qayd etilib, kassir va nazoratchi tomonidan imzolanadi. Shundan so‘ng, ilova qaydnomasi ham sumkaga (qopga) solinadi va uning og‘zi sanovchi kassir tomonidan plombalanadi hamda sumkaga (qopga) mijozning nomi va hisob-kitob chekining summasi ko‘rsatilgan yorliq biriktirib qo‘yiladi.
110. Sanovchi kassirlarga berilgan inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pul va boshqa qimmatliklar saralanib, qayta sanab bo‘linganidan so‘ng, ular mazkur Yo‘riqnomaning 7-bobida belgilangan tartibda taxlanadi va o‘rab-bog‘lanadi.
111. Bankning qayta sanash kassasidagi saralangan, sanalgan va o‘rab-bog‘langan naqd pullarni bank ish kuni davomida kassa mudiriga topshirish zarurati tug‘ilsa, kassir topshirilayotgan summani o‘zining 175-shakldagi nazorat varag‘ining old tomonida qayd etganidan so‘ng, kassa mudiri ushbu summadagi naqd pullarni olganligini o‘z imzosi bilan tasdiqlagan holda o‘rab-bog‘langan naqd pullarni kassirdan qabul qilib olishi mumkin.
112. Bank ish kuni oxirida kassirlardagi banknotlarning to‘liq dastasi, bog‘lamini yoki tangalarning to‘liq qopchalarini shakllantirish uchun yetarli bo‘lmagan banknot va tangalar, qayta sanash kassasi nazoratchisining ko‘rsatmasiga binoan, ularni jamlash hamda o‘rab-bog‘lash uchun bir yoki bir nechta kassirga topshirilishi mumkin.
Bunda har bir kassir o‘zidagi naqd pul qoldiqlari summasini va uni qabul qilib olayotgan jamlovchi kassirning familiyasi, ismi va otasining ismini, o‘zining 175-shakldagi nazorat varag‘ining old tarafiga qayd etgan hamda jamlovchi kassirga imzo qo‘ydirgan holda naqd pullar qoldig‘ini topshirishi lozim.
113. Naqd pul qoldiqlarini jamlovchi kassir o‘zining 175-shakldagi nazorat varag‘ining orqa tarafiga, naqd pul qoldiqlarini topshirgan kassirning familiyasi, ismi va otasining ismini hamda undan qabul qilib olgan naqd pul qoldiqlari summasini qayd etishi lozim.
114. Bank ish kuni oxirida qayta sanash kassasining kassirlari naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanab bo‘lganlaridan so‘ng, nazoratchi:
har bir kassir tomonidan sanalgan naqd pul va boshqa qimmatliklarning umumiy summasini sanovchi kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi qayd etilgan 176-shakldagi nazorat qaydnomasini tegishli katakchasiga yozib qo‘yadi;
har bir kassir o‘zi sanalgan naqd pul va boshqa qimmatliklar umumiy summasini, o‘zining 175-shakldagi nazorat varaqasida qayd etadi;
nazoratchi 176-shakldagi nazorat qaydnomasidagi ma’lumotlarni, aniqlangan kassa xatoliklari bo‘yicha rasmiylashtirilgan, mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasiga muvofiq tuzilgan dalolatnomalarda qayd etilgan summalarni inobatga olgan holda har bir kassirning 175-shakldagi nazorat varaqasida qayd etilgan yozuvlarga o‘zaro mosligini tekshiradi;
aniqlangan kassa xatoliklarini inkassatsiya sumkasining (qopining) ilova qaydnomasini dalolatnoma qismida to‘g‘ri aks ettirilganligini hamda aniqlangan kamomad yoki ortiqcha pullarni inobatga olgan holda hisoblangan va 176-shakldagi nazorat qaydnomasida qayd etilgan umumiy summani, qabul qilingan inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) ilova qaydnomasidagi yakuniy summalar bilan taqqoslab ko‘radi.
Tafovutlar aniqlanmagan taqdirda, qayta sanash kassasining har bir kassiri o‘zi qayta sanagan va o‘rab bog‘lagan naqd pul va boshqa qimmatliklari summasini 175-shakldagi nazorat varaqasida hamda nazoratchining 176-shakldagi nazorat qaydnomasida to‘g‘ri qayd etilganligiga ishonch hosil qilgach, o‘zining 175-shakldagi nazorat varaqasini hamda nazoratchining 176-shakldagi nazorat qaydnomasini, shuningdek nazoratchi ham 176-shakldagi nazorat qaydnomasini imzolaydi.
115. Qayta sanash kassasining har bir kassiri, qayta sanagan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini o‘zining 175-shakldagi nazorat varaqasiga qayd etgan hamda kassa mudiriga imzo qo‘ydirgan holda naqd pul va boshqa qimmatliklarni unga topshiradi.
Shundan so‘ng, nazoratchi har bir kassirdan 175-shakldagi nazorat varaqasini olib, qayta sanalgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni kassa mudiriga to‘liq topshirilganligini tekshiradi.
116. Qayta sanash kassasining nazoratchisi 176-shakldagi nazorat qaydnomasini, kassirlarning 175-shakldagi nazorat varaqalarini, inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) ilova qaydnomalarini, shuningdek mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomani, 16-ilovasida keltirilgan jurnalni, 17-ilovada keltirilgan dalolatnomani, 18-ilovada keltirilgan ma’lumotnomani kassa mudiriga topshiradi.
Kassa mudiri:
mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomada va 16-ilovadagi jurnalda qayd etilgan yozuvlarni o‘zaro taqqoslagan holda, inkassatsiya sumkalari (qoplari) bank kassasiga to‘liq topshirilganligini tekshirib ko‘radi;
aniqlangan kassa xatoliklari bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasiga muvofiq tuzilgan dalolatnomalarda qayd etilgan summalarni inobatga olgan holda, qayta sanash kassasi kassirlaridan qabul qilib olgan naqd pullar summasini, nazoratchining 176-shakldagi nazorat qaydnomasidagi hamda 18-ilovada keltirilgan ma’lumotnomadagi yozuvlar bilan taqqoslaydi.
Tafovutlar aniqlanmasa kassa mudiri mazkur Yo‘riqnomaning 18-ilovasiga muvofiq tuzilgan ma’lumotnomani imzolaydi hamda kassirlarning 175-shakldagi nazorat varaqalarini qayta sanash kassasining nazoratchisiga qaytarib beradi va u nazoratchida 10 bank ish kuni mobaynida saqlanishi lozim.
117. Kassa mudiri mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomani, 16-ilovadagi jurnalni, 17-ilovaga muvofiq shaklda tuzilgan dalolatnomani, 18-ilovadagi ma’lumotnomani, 176-shakldagi nazorat qaydnomasini hamda inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) ilova qaydnomalarini bank bosh buxgalteriga (yoki uning o‘rinbosariga) topshiradi.
118. Bosh buxgalter (yoki uning o‘rinbosari) mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomada hamda 16-ilovadagi jurnalda qayd etilgan yozuvlarni o‘zaro taqqoslab, inkassatorlar guruhi tomonidan inkassatsiya sumkalari (qoplari) bank kassasiga to‘liq topshirilganligini tekshirib ko‘radi.
Shundan so‘ng, inkassatsiya bo‘limi tomonidan bosh buxgalterga mazkur Yo‘riqnomaning 23-ilovasiga muvofiq taqdim etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan inkassatorlar guruhi yig‘ib kelgan va bank kassasiga topshirgan naqd pul tushumlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomada qayd etilgan yozuvlarni, aniqlangan kassa xatoliklari bo‘yicha 17-ilovaga muvofiq tuzilgan dalolatnomada qayd etilgan summalarni inobatga olgan holda, nazoratchining 176-shakldagi nazorat qaydnomasidagi hamda 18-ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotnomadagi yozuvlar bilan taqqoslaydi.
Tafovutlar aniqlanmasa, bosh buxgalter 18-ilovada keltirilgan ma’lumotnomani imzolaydi. So‘ngra, kunlik kassa hujjatlariga tikish uchun naqd pul tushumlari solingan sumkaning (qopning) ilova qaydnomasini, 15-ilovadagi ma’lumotnomani, 16-ilovadagi jurnalni, 18-ilovadagi ma’lumotnomani, 176-shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash natijalari bo‘yicha nazorat qaydnomasini, 23-ilovadagi ma’lumotnomani kassa mudiriga topshiradi.
119. Shuningdek, bosh buxgalter (yoki uning o‘rinbosari) mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasiga muvofiq tuzilgan dalolatnomaning ikkala nusxasini ham buxgalteriya bo‘limi xodimlariga topshiradi.
Buxgalteriya bo‘limi xodimlari 17-ilovaga muvofiq tuzilgan dalolatnomaning birinchi nusxasi asosida, inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati bo‘yicha tegishli hisobvaraqqa kirim qilingan summani to‘g‘rilash uchun tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradilar va u buxgalteriyaning kunlik hujjatlari yig‘majildiga tikiladi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi esa, mijozning inkassatsiya sumkasidan (qopidan) aniqlangan kassa xatoliklarini ma’lum qilish uchun mijozning (yoki uning vakilining) navbatdagi bankka tashrifida unga topshiriladi.
120. Bankning buyrug‘iga asosan qayta sanash kassasining xodimlari dam olish kunlari ishlaganida, dam olish kunlari kassirlar qayta sanalgan, o‘rab-bog‘langan naqd pul va boshqa qimmatliklarni o‘zlarining nazorat varaqlarida qayd etilgan hamda kechki kassa kassiriga imzolatgan holda kechki kassa xodimlariga topshiradilar.
Kechki kassaning kassiri, qayta sanash kassirlaridan qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklari umumiy summasini o‘zining 155-shakldagi kitobida qayd etib qo‘yadi hamda keyingi bank ish kuni ertalab, ushbu kitobga imzo qo‘ydirgan holda kassa mudiriga topshiradi.
121. Qayta sanash kassasining nazoratchisi bo‘shatilgan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini), ular uchun ajratilgan maxsus joyga (xonaga) inkassatsiya xodimlariga keyingi kunda topshirish uchun taxlab qo‘yadi. Bank va inkassatsiya bo‘limi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan vaqtda bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayta sanash kassasining nazoratchisi tomonidan inkassatorlar guruhiga topshirish, mazkur Yo‘riqnomaning 24-ilovasiga muvofiq shakldagi inkassatorlar guruhiga topshirilgan bo‘sh inkassatsiya sumkalari (qoplari) sonini qayd etish kitobida tegishli yozuvlarni qayd etish hamda inkassatorlar guruhi rahbarining tasdiqlovchi imzosini qo‘yilishi asosida amalga oshiriladi.
Qayta sanash kassasining xodimlari dam olish kunlari ishlaganida, ushbu dam olish kunlari inkassatorlar guruhiga bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayta sanash kassasining nazoratchisi topshiradi. Dam olish kunlari qayta sanash kassasining xodimlari ishga jalb qilinmaganida, qayta sanash kassasining nazoratchisi, dam olish kunidan oldingi oxirgi ish kunida kechki kassa xodimlariga, dam olish kunlari beriladigan bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) inkassatorlar guruhiga topshirilgan bo‘sh inkassatsiya sumkalari (qoplari) sonini qayd etish kitobida qayd etgan holda topshiradi.
Bunda inkassatorlar guruhi rahbari bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) kechki kassa xodimlaridan mazkur Yo‘riqnomaning 24-ilovasida keltirilgan kitobga qayd etilgan yozuvlarni o‘z imzosi bilan tasdiqlagan holda, belgilangan tartibda qabul qilib oladi.
7-bob. Naqd pullarni saralash, taxlash va o‘rab-bog‘lash tartibi
122. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha banklar uchun naqd pullarni saralash, taxlash hamda ularni o‘rab-bog‘lash orqali dastalarni va bog‘lamlarni shakllantirishda mazkur Yo‘riqnomada talablari qo‘llaniladi.
123. Bank kassirlari naqd pullarni saralashda, toifalarga ajratishda, ayniqsa shikastlangan va ularning to‘lovga yaroqli ekanligi shubha tug‘diruvchi banknot va tangalar bilan ishlashda mazkur Yo‘riqnomaning 25-ilovasida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining banknot va tangalarini to‘lovga yaroqli ekanligini aniqlash mezonlariga qat’iy rioya qilishlari shart.
Bank kassalariga kelib tushadigan barcha naqd pullar belgilangan tartibda birma-bir saralanishi, donalab sanalishi va taxlanishi lozim.
124. Kassirlar bank kassasiga qabul qilinayotgan banknot va tangalarni, ularning nominal qiymatiga qarab saralashlari, shundan so‘ng pullarni, “muomalaga yaroqli”,”eskirgan” va “to‘lovga yaroqsiz” toifalariga ajratadilar. Har bir toifadagi pullar alohida taxlanishi, dastalanishi va o‘rab-bog‘lanishi lozim.
“Muomalaga yaroqli” toifasiga ajratilgan pullar taxlanib, o‘rab-bog‘langanidan so‘ng, mijozlarga chiqim qilish uchun tayyor holga keltirilgan pullar hisoblanadi.
“Eskirgan” toifasiga ajratilgan pullar nominal qiymati bo‘yicha to‘lovga qabul qilinadi hamda bunday pullarni, banknotlarni har bir dastasidagi banderolga, shuningdek, ushbu toifadagi banknotlar bog‘lamining ustki nakladkasi o‘ng tarafi yuqori burchagiga bank nomi, uning kodi, kassirning familiyasi va ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan “eskirgan” yozuvli to‘rtburchak muhrni bosilishi shart.
“Eskirgan” toifasiga ajratilgan banknotlar bog‘lamini “muomalaga yaroqli” banknotlar bog‘lamidan ajralib turishini ta’minlash uchun “eskirgan” pullar bog‘lamini shakllantirishda eni 10 mm bo‘lgan bir yo‘lli diagonal qizil chiziq chizilgan ustki nakladkadan foydalanish lozim.
“Eskirgan” toifasiga ajratilgan pullarni mijozlarga chiqim qilinishi taqiqlanadi va ushbu toifadagi o‘rab-bog‘langan pullar Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasiga jo‘natiladi.
“To‘lovga yaroqsiz” ya’ni, banknot umumiy hajmining 55 foizidan kam qismi saqlanib qolgan, “qalbaki” va “soxtalashtirilgan” pullar, to‘lovga qabul qilinmaydi. “To‘lovga yaroqsiz” toifasiga kiritilgan pullarga bank nomi, uning kodi, kassir familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan “Almashtirib berish rad etildi” yozuvli to‘rtburchak muhr bosilishi lozim. To‘lovga yaroqsiz pullar mijozga qaytarib berilmaydi. Kassir tomonidan pulning “qalbaki” ekanligi aniqlanib, kassa mudiri uning qalbakiligini tasdiqlasa, mazkur Yo‘riqnomaning 81-bandi talablariga binoan tegishli choralar ko‘rilishi lozim.
125. Bank kassirlari tomonidan saralangan ya’ni, toifalarga ajratilib taxlangan va o‘rab-bog‘langan bir xil nominal qiymatdagi pullarning dastalari, bog‘lamlari shakllantiriladi.
126. O‘rab-bog‘langan banknotlar dastasini o‘z nominal qiymati bo‘yicha boshqa nominaldagi banknotlar dastasidan ajralib turishini ta’minlash maqsadida, ularni o‘rab-bog‘lashda foydalaniladigan banderollar quyidagi o‘ziga xos chiziq va ranglarga ega bo‘lishi, ya’ni:
Oldingi tahrirga qarang.
(126-bandning ikkinchi — o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
1 000 so‘mlik banknotlar uchun — eni 15 mm bo‘lgan bitta ko‘k yo‘lli;
Oldingi tahrirga qarang.
2 000 so‘mlik banknotlar uchun — eni 15 mm bo‘lgan bitta sariq yo‘lli;
(126-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
5 000 so‘mlik banknotlar uchun — eni 15 mm bo‘lgan bitta to‘q jigarrang yo‘lli;
10 000 so‘mlik banknotlar uchun — eni 15 mm bo‘lgan ikkita yashil yo‘lli;
Oldingi tahrirga qarang.
20 000 so‘mlik banknotlar uchun — eni 15 mm bo‘lgan ikkita qizil yo‘lli;
(126-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50 000 so‘mlik banknotlar uchun — eni 15 mm bo‘lgan ikkita ko‘k yo‘lli;
(126-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
100 000 so‘mlik banknotlar uchun — eni 15 mm bo‘lgan ikkita to‘q jigarrang yo‘lli;
(126-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
200 000 so‘mlik banknotlar uchun — eni 15 mm bo‘lgan ikkita sariq yo‘lli bo‘lishi shart.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Banderol qaysi nominaldagi banknotga mo‘ljallangan bo‘lsa, banderol ustida o‘sha nominal qiymat, har bir dastada bo‘lishi lozim bo‘lgan banknotlarning umumiy summasi raqam bilan qayd etilgan bo‘lishi lozim.
127. Bank kassirlari tomonidan bir xil qiymatdagi saralangan va taxlangan banknotlarning har 100 donasidan bitta dasta shakllantiriladi. Har bir shakllantirilgan naqd pullar dastasining banderoliga, bank nomi, kodi va uni shakllantirgan kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan to‘rtburchak muhri bosilib, tegishli sana qayd etilganidan so‘ng, kassir imzosi qo‘yiladi.
Banknotlarning har 10 ta dastasi (1000 donasi) bitta bog‘lamga joylashtirilib, bog‘lam ustiga va ostiga kartondan tayyorlangan standart nakladka qo‘yilib, ustki nakladkaga bank nomi va kodi, ushbu bog‘lamni shakllantirgan kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhri bosilib, tegishli sana qayd etilganidan so‘ng, kassir imzosi qo‘yiladi. Bunda, pul bog‘lamining ustki nakladkasida qayd etilgan banknotlarning nominal qiymati va umumiy summasi, shakllantirilgan bog‘lamdagi banknotlar nominal qiymati va ularning umumiy summasiga mos kelishi shart.
Shundan so‘ng, shakllantirilgan pul bog‘lami, tuguni va tugilgan joyi bo‘lmagan tizimcha bilan ikki marta xochsimon tarzda aylantirib o‘raladi va to‘rt marta tugib bog‘lanadi. Bog‘lamlarni o‘rab bog‘lagan kassir tizimchaning uchlaridagi tuguniga yaqin bo‘lgan joyga bank kodi bilan birga plombirning tartib raqami qayd etilgan plombir bilan plombalaydi. Qo‘yilgan plombadan keyingi tizimchaning uzunligi 2 santimetrdan oshmasligi lozim.
128. Pul dastalari “eskirgan” banknotlardan shakllantirilgan bo‘lsa, har bir dastaning banderoliga hamda ushbu dastalardan shakllantirilgan bog‘lamga qo‘yilgan ustki nakladkalarning o‘ng tarafidagi yuqori burchagiga “Eskirgan” yozuvli to‘rtburchak muhr bosilishi shart.
129. Avtomatik tarzda o‘rab-bog‘lanadigan (banderollanadigan) dastalar uchun bir-biridan farqlanmaydigan, bir xil tusdagi banderollardan foydalaniladi.
Bunday tarzda o‘rab-bog‘langan naqd pullar dastasining banderollariga, bank nomi, kodi va uni shakllantirgan kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr bosilib, banknotning nominal qiymati, qo‘yilgan naqd pullarning umumiy summasi va tegishli sana qayd etilganidan so‘ng, kassir imzosi qo‘yiladi.
130. Bankda banknotlarning bog‘lamlari tizimchalar yordamida bog‘lanib, shakllantiriladigan bo‘lsa, unda har bir banknot dastasi standart banderol bilan xochsimon tarzda o‘rab-bog‘lanishi lozim.
Banknotlar bog‘lami, pul dastalarini polietilen paketlarga joylashtirish orqali shakllantiriladigan bo‘lsa, unda banknotlarning har bir dastasi bitta ko‘ndalang banderol bilan o‘rab-bog‘lanadi.
Har ikkala holatda ham banknot dastalari banderoliga mazkur Yo‘riqnomaning 127-128-bandlarida belgilangan zaruriy rekvizitlarni qayd etilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
131. Pul dastalarini polietilen paketlarga joylashtirilish orqali banknotlar bog‘lami shakllantirilganda, har bir polietilen paketga 10 ta pul dastasi solinib, paketning ochiq tomonini payvandlab, yopishtirish uchun pul bog‘lamlarini shakllantirish uskunasiga joylanadi. Bunda, pul bog‘lamlarini shakllantirish uskunasi qopqog‘iga o‘rnatilgan klishedagi bank rekvizitlari polietilen paketning ochiq tarafiga avtomatik tarzda bosiladi. Agar, banknotlar bog‘lamini shakllantirishda foydalaniladigan polietilen paket, ikkita polietilen bo‘laklarini payvandlash orqali ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bunday hollarda pul bog‘lamlarini shakllantirish uskunasi qopqog‘iga o‘rnatilgan kassir klishesidagi bank rekvizitlari polietilen paketning ikkala tomoniga ham bosilishi lozim. Har bir kassir o‘zi sanagan pullarning bog‘lamini shakllantirishda, o‘ziga biriktirilgan klishedan foydalanishi shart.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
132. To‘liq pul bog‘lamlarini shakllantirish uchun yetarli bo‘lmagan alohida dastalarni boshqa kassirdan qabul qilib olgan kassir ularni qaytadan birma-bir sanab oladi va bir xil qiymatdagi yoki har xil qiymatdagi (1 000 so‘mliklar alohida, 2 000 va 5 000 so‘mliklar alohida, 10 000 va 20 000 so‘mliklar alohida, 50 000 va 100 000 so‘mliklar alohida) to‘liq bo‘lmagan bog‘lamlarga qo‘shib bog‘laydi. Bunda, bitta bog‘lamdagi dastalarning soni 10 tadan oshmasligi lozim.
(132-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bir xil nominal qiymatga ega bo‘lgan turli yillar namunasidagi banknotlar alohida dastalangan holda o‘rab-bog‘lanishi lozim.
(132-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Dastalari to‘liq bo‘lmagan banknotlar ham “muomalaga yaroqli”, “eskirgan” va “to‘lovga yaroqsiz” toifalari bo‘yicha alohida jamlanishi lozim.
To‘liq bo‘lmagan pul bog‘lamlarining va turli nominal qiymatdagi pullarning dastalaridan tayyorlangan bog‘lamlarning ustki nakladkalariga barcha tegishli ma’lumotlar va “yig‘ma” so‘zi qo‘lda yozilishi mumkin.
Shuningdek, “eskirgan” toifasiga ajratilgan turli qiymatdagi banknotlarning dastalaridan tashkil topgan pul bog‘lamlarining ustki nakladkalariga ham “eskirgan yig‘ma” so‘zi qo‘lda yozilishi mumkin.
Turli nominal qiymatdagi banknotlarning dastalaridan shakllantirilgan bog‘lamlarning ustki nakladkalarida har bir qiymatdagi pullarning soni, summasi va umumiy summasi ko‘rsatilishi lozim.
Bank kassasida “eskirgan” pullardan shakllantirilgan to‘liq bog‘lamlar inkassatsiya xizmati orqali Markaziy bank Bosh boshqarmasining Hisob-kitob kassa markaziga topshirilishi yoki u erdagi muomalaga yaroqli pullarga almashtirib olinishi ham mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
133. “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi (bundan buyon matnda “Davlat belgisi” DUK deb yuritiladi) o‘ramlaridagi naqd pullar 100 donadan dastalanib, bitta ko‘ndalang banderolga o‘rab-bog‘langan bo‘ladi. Har bir bog‘lam 10 ta dastadan iborat bo‘lib, uning ustki nakladkasiga “Davlat belgisi” DUKning nomi, banknot nominal qiymati, bog‘lamdagi banknotlar umumiy summasi, bog‘lam shakllantirilgan sana va nazoratchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki uning kodi kabi rekvizitlar bosilgan bo‘lib, bog‘lamlar polietilen paketlarga solingan bo‘ladi.
(133-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
134. Kassirlar tangalarni ham saralab, “muomalaga yaroqli” va “nuqsonli” (eskirgan) toifalarga ajratgan holda, ularni nominal qiymatiga qarab har 100 donasini alohida paketga joylaydilar. Bir xil nominal qiymatdagi tangali paketlarning har o‘ntasi, tashqi choklari bo‘lmagan bitta standart qopchaga joylanadi.
Har bir qopchaning og‘zi matodan tayyorlangan yorliq bilan qo‘shib tikiladi hamda tuguni va titilgan joyi bo‘lmagan tizimcha bilan 2,5 aylanishda mahkam bog‘langanidan so‘ng, plombir bilan plombalanadi. Tangali qopchalarga biriktirilgan yorliqlarga bank nomi, kodi, o‘rab-bog‘langan sana, tanga nominal qiymati va umumiy summasi yozilib, kassir imzosi qo‘yiladi. Shundan so‘ng, yorliqqa kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhri bosiladi.
135. Aylanma kassadagi tangali qopchalarga kartondan tayyorlangan yorliqlar biriktirilishi mumkin. Yorliqlardan tizimcha uchlari o‘tkazilganidan so‘ng tizimcha siqib bog‘lanadi va plombir bilan plombalanadi. Inkassatorlar guruhiga topshirilayotgan tangali qopchaning og‘zida matodan tayyorlangan yorliq bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
136. “Davlat belgisi” DUK Zarbxonasida (bundan buyon matnda Zarbxona deb yuritiladi) tangalar solingan har bir qopchaning og‘zini tikishda matodan tayyorlangan yorliqlar biriktiriladi. Ushbu yorliqda Zarbxona nomi, qopchadagi tangalarning nominal qiymati, umumiy summasi, tangalar qopchaga solingan sana hamda nazoratchining kodi qayd etiladi. Qopchalarga solingan tangalarning nominal qiymatidan kelib chiqqan holda, ularga quyidagi ranglardagi:
50 so‘mlik tangalar solingan qopchalarga — yashil;
100 so‘mlik tangalar solingan qopchalarga — qizil;
200 so‘mlik tangalar solingan qopchalarga — sariq;
Oldingi tahrirga qarang.
500 so‘mlik tangalar solingan qopchalarga — och ko‘k;
(136-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-7, 27.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3028-7/0228-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1000 so‘mlik tangalar solingan qopchalarga — och sariq yorliqlar biriktiriladi.
(136-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-7, 27.04.2023-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3028-7/0228-son)
137. Zarbxonaning tanga solingan qopchalari og‘zi ikki xil rangdagi, yorliqli tomoni oq va orqa tomoni esa qizil rangdagi ip bilan tikiladi. Bunda, qizil ip faqatgina oddiy chok vazifasini emas, balki nazorat choki va plomba vazifasini ham bajaradi.
Tikilayotgan chok qopcha og‘zining mustahkamligini ta’minlashi lozim. Bunda, chokning o‘zidan-o‘zi yechilib ketmasligi uchun chokning ikki tomondagi uchlari (tugundan keyin) 3 santimetrdan kam bo‘lmasligi lozim.
Xodim qopchani ochayotgan vaqtida, qopning butunligi va choklarning so‘kilib ketmaganligiga ishonch hosil qilishi, so‘ngra yorliqning o‘ng tomonidagi qizil nazorat ipining birinchi tuguni hamda chokning bo‘sh qismini yechib, ikkala ipni tortishi kerak.
Chok oson yechilishi va yechilgan iplar butun bo‘lishi lozim.
138. Tangali qopchalar qabul qilinayotgan vaqtda, yorliqning borligi, qopcha, chok va iplarning butunligiga e’tibor berilishi shart. Ipning uzilganligi plombaning buzilganligi bilan barobardir. Inkassatorlar guruhiga Zarbxona yoki banklardan shubhali bog‘lamlardagi qopchalarni qabul qilish man etiladi.
139. Qopchadagi tanganing bir qismi olingan yoki unga qo‘shimcha tangalar solingan hollarda tangalar qoldig‘i donalab sanalishi, paketdagi qadoqlangan tangalar esa, yozuvlariga qarab qayta sanalishi shart. Shundan so‘ng, qopchaga yangi yorliq biriktiriladi. Bunda qopchaning og‘zi tuguni va tugilgan joyi bo‘lmagan tizimcha bilan 2,5 aylanishda mahkam bog‘langanidan so‘ng, qopcha qaytadan plombir bilan plombalanadi va yorliqqa tangani sanab qadoqlagan kassir imzosi qo‘yiladi.
140. Kassirlarda qolgan tangali paketlardan to‘liq qopchalarni shakllantirib bo‘lmaydigan hollarda, ularni birlashtirish uchun bir yoki bir nechta kassirga beriladi. To‘liq qopchalarni shakllantirib bo‘lmaydigan paketlar bir xil qiymatdagi (nikel tangalar alohida, jez tangalar alohida) to‘liq bo‘lmagan qopchalarga joylanishi mumkin. Lekin ularning umumiy summasi Zarbxona qopchalaridagi me’yor miqdoridan oshmasligi lozim. Ushbu qopchalarning yorliqlarida har bir qiymatdagi tangalarning summasi alohida ko‘rsatilishi lozim.
Alohida paketlarga solingan, turli qiymatdagi tangalardan shakllantirilgan to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan qopchalarga biriktirilgan yorliqlarga “yig‘ma” so‘zi yozib qo‘yiladi.
141. Aylanma kassada keyingi bank ish kuniga qolayotgan hamda kassa mudiri tomonidan qayta sanalib, o‘rab-bog‘langan va banknotlar to‘liq bog‘lamini shakllantirish uchun yetarli bo‘lmagan pul dastalari banderol bilan xochsimon shaklda bog‘langan holda, to‘liq bo‘lmagan tangali qopchalar og‘zi esa tizimcha bilan bog‘lanib, plombalanmagan holda pul omborida saqlanishi mumkin.
142. To‘liq dastalarni shakllantirishga yetarli bo‘lmagan banknotlar esa banderol bilan o‘rab bog‘lanadi, lekin ular yuqorida qayd etilgan bog‘lamlarga qo‘shilmaydi.
143. Kassirlar o‘zlari saralagan, sanagan va o‘rab-bog‘lagan banknotlar dastasi, bog‘lami yoki tangali qopchadan kassa xatoliklari qachon aniqlanganligidan qat’i nazar, ular to‘liq moddiy javobgar hisoblanadilar.
8-bob. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilish tartibi
144. Tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan bank o‘z mijozlaridan naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilishlari mumkin. Bank pul omboriga quyidagilar saqlash uchun qabul qilinishi mumkin:
notarial idoralardan va boshqa organlardan — meros mulki tarkibiga kiruvchi mol-mulklar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va marvaridlar yoki ulardan yasalgan buyumlar, qimmatbaho metallar quymasi (yombisi), shlix (oltin qum), tabiiy holda topilgan oltin va kumush yombilari (samorodok), shuningdek, qimmatbaho metallardan zarb qilingan tangalar, chet el valyutasi, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari (veksellar, cheklar va hokazolar) hamda O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘m va tangalar;
jismoniy va yuridik shaxslardan — qimmatli qog‘ozlar, kafolat va kafilliklar hamda garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlari, sug‘urta polislari, garov shartnomalari, shuningdek, oltin (tilla) va undan tayyorlangan zargarlik buyumlari hamda boshqa qimmatliklar.
145. Bank kassasiga mijozdan naqd pul va qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilish mijozning arizasi hamda bank rahbarining yozma ravishdagi ko‘rsatmasiga (farmoyishiga) asosan, tasdiqlangan ro‘yxat asosida amalga oshiriladi. Bunda, naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilish:
Oldingi tahrirga qarang.
ularni qopga (yoki paketga) joylab, qop og‘zi belgilangan tartibda bog‘langan (yoki paketlar og‘zi yelimlangan) hamda mijozning muhri bilan muhrlangan (yoki surg‘uchlangan yoxud mijozning plombiri bilan plombalangan);
(145-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
qop og‘zidagi yorliqda yoki yelimlangan paketga zaruriy rekvizitlar (mijozning to‘liq nomi, qopdagi qimmatliklarni topshirgan mijoz vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, topshirilgan sana) qayd etilgan;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha buxgalteriya bo‘limi xodimi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kirim kassa orderi asosida amalga oshirilishi lozim.
(145-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
146. Bank (filial) tomonidan kredit ta’minoti uchun qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar, kafolat va kafilliklar, sug‘urta polislari, garov shartnomalari va h.k.larni saqlash joyi (pul ombori, kredit bo‘limi, buxgalteriya bo‘limi va boshqa joylar) banklar tomonidan mustaqil belgilanadi. Kredit ta’minoti hujjatlari bank (filial) pul omboridan boshqa joyda saqlanganida, ularni saqlash tartibini Bosh bank belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bankda o‘z mijozlaridan kredit ta’minoti uchun qimmatli qog‘ozlar, kafolat va kafilliklar hamda garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlari, sug‘urta polislari, garov shartnomalarini qabul qilib olinishi hamda ularni pul omboriga saqlash uchun topshirilishi — hujjatlarni paketlarga joylab, yelimlangan hamda bankning muhri bilan muhrlangan (yoki surg‘uchlangan) holda tegishli balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha buxgalteriya bo‘limi xodimi tomonidan rasmiylashtirilgan mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasida keltirilgan kirim kassa orderi asosida amalga oshiriladi.
(146-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
147. Paket va qoplarga solingan naqd pullar, qimmatliklar (va boshqa ashyolar) hamda garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlari — kirim kassasi kassiri tomonidan paket va qoplar ochilmagan holda qabul qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha kirim kassa orderi buxgalteriya bo‘limi xodimi tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, paket va qoplarning butligi hamda ularning muhrlanganligi (surg‘uchlanganligi) yoki plombalanganligi kassir tomonidan tekshirilgan holda qabul qilinishi shart.
(147-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
148. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilinayotgan naqd pul miqdori va boshqa qimmatliklar bahosi (yoki shartli bahosi) tegishli balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha bank buxgalteriya xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan kirim kassa orderida qayd etilgan summaga teng bo‘lib, ular ushbu summada saqlash uchun qabul qilinishi shart.
Shuningdek, qimmatliklarni saqlash uchun pul omboriga qabul qilishda tegishli balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha rasmiylashtirilgan kirim kassa orderida, qimmatliklarni bahosidan tashqari, uni saqlash uchun qabul qilishga asos bo‘lgan hujjat va qabul qilinayotgan qimmatliklarning nomi qayd etilishi lozim.
(148-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
149. Saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklar, shuningdek, mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlari joylangan qop yoki paketlar qabul qilingan sanasi bo‘yicha ketma-ket, o‘sib borish tartibida raqamlanishi lozim.
150. Naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun bank kirim kassasiga topshirilganida, mijozga mazkur Yo‘riqnomaning 26-ilovasiga muvofiq 004-shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi kvitansiya rasmiylashtirib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni mijozga qaytarib berish uchun, uni topshirgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi qo‘yilib, dumaloq muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi) yozma so‘rovnomasining asl nusxasiga, mijozga berilgan 004-shakldagi kvitansiyaning asl nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi kerak.
(150-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun topshirgan davlat organi xodimi 004-shakldagi kvitansiyani yo‘qotgan hollarda yoki boshqa sabablarga ko‘ra, uni bankka taqdim etish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, bunday hollarda saqlashga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank kassasidan qaytarib olish uchun ushbu davlat organining respublika miqyosidagi yuqori turuvchi tashkiloti (vazirlik, qo‘mita, idora yoki boshqalar) tomonidan chiqarilgan buyruq asos bo‘lishi mumkin. Ushbu buyruqda bank kassasiga saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni qaytarib olish vakolatiga ega bo‘lgan xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda olinadigan qimmatliklarning to‘liq va batafsil ro‘yxati qayd etilgan bo‘lishi lozim.
(150-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, bank pul omborida saqlanayotgan mijozga tegishli bo‘lgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qaytarib berish, buxgalteriya bo‘limi xodimi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 27-ilovasiga muvofiq shakldagi balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha chiqim kassa orderini rasmiylashtirish asosida, faqat qimmatliklarning to‘liq hajmi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
(150-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bank kreditining ta’minoti uchun garov sifatida saqlanayotgan qimmatliklar, mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlari bank rahbarining farmoyishiga asosan balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha buxgalteriya bo‘limi xodimi tomonidan chiqim kassa orderini rasmiylashtirish orqali chiqim qilinishi mumkin.
(150-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
151. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni hamda garov sifatida qabul qilingan qimmatliklar, mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlarini but saqlanishi bo‘yicha bankning moddiy javobgar shaxslari, ularni topshirgan mijozlar oldida qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi. Bank pul omborida saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarga zarar yetkazilgan taqdirda, uning egasiga yetkazilgan zararni qoplash, qimmatlikni haqiqiy bahosi doirasida lekin, saqlash uchun qabul qilingan vaqtda baholangan bahosidan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.
152. Bank pul omboriga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan saqlash uchun topshirilgan, shu jumladan musodara qilingan naqd pul va qimmatliklarni respublikamizning bir hududidan ikkinchi bir hududiga yetkazib berish, tashish talab etilganida, ushbu ishlarni tashkillashtirish va bajarish, qimmatliklarni saqlash uchun topshirgan xo‘jalik subyekti tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi shart.
153. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli naqd pul va boshqa qimmatliklarni shartnoma asosida bankda saqlashlari uchun bankda tashkil etilgan depozitar yacheykalardan foydalanishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
9-bob. Bank tomonidan chakana amaliyotlar va bank binosidan tashqarida joylashgan boshqa kassalarni tashkil etish tartibi
(9-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
154. Bank tomonidan jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida bank binosida yoki binosidan tashqarida chakana amaliyotlar kassalari tashkil etilishi mumkin.
(154-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
155. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar, ularning faoliyati ustidan masofadan turib kunlik nazorat o‘rnatilgan holda, bank (filial) tomonidan respublikaning barcha hududlarida tashkil etilishi mumkin.
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning qurilishi va jihozlanishi bo‘yicha Bosh bank mutaxassislari tomonidan yozma ravishda ijobiy xulosa berilganidan so‘ng, mazkur kassalar o‘z faoliyatini boshlashlari mumkin. Bosh bank ushbu xulosaning bir nusxasini ilova qilgan holda 10 kun ichida Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga yozma ravishda xabar beradi.
(155-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1551. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning faoliyati tugatilayotganida ham Bosh bank tomonidan bank boshqaruvi qarorining bir nusxasini ilova qilgan holda 10 kun ichida Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga yozma ravishda xabar beriladi.
(1551-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(156-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
157. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar uchun shtatlar jadvali, har bir kassa tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar sonini va kassa operatsiyalarining hajmini hamda mazkur kassalarda naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan ishlash (sanash, saralash, o‘rab-bog‘lash va kassa operatsiyalarini bajarish), ularning but saqlanishini ta’minlash inobatga olingan holda Bosh bank tomonidan belgilanadi.
(157-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
158. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalardagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning dahlsizligini hamda kassa xodimlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar Bosh bank tomonidan ko‘rilishi shart.
(158-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
159. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar normal faoliyat ko‘rsatishlari uchun jumladan, naqd pul va boshqa qimmatliklarni sanash, saralash, o‘rab-bog‘lash, saqlash hamda kassa operatsiyalarini bajarish uchun zaruriy texnika va jihozlar bilan shuningdek, xavfdan va yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Bank va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar “tashvish” xabarlari yuboriladigan texnik qo‘riqlash punktiga ulangan bo‘lishi lozim. Shuningdek, bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning qo‘riqlash va yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bank ish kuni tugaganidan so‘ng texnik qo‘riqlash punktiga ulanishi kerak.
(159-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
160. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar zaruriy texnika va ashyolar (pul bog‘lamlarini shakllantirish uskunasi, pul sanash va hisoblash mashinkasi, kompyuter, printer, seyf yoki temir shkaf, banderol, tizimcha, nakladka, plombir, plomba, muhr va to‘rtburchak muhrlar hamda blanklar) bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarga kirim qilingan naqd pullar, ushbu kassa kassirlari tomonidan saralanishi, sanalishi, taxlanishi va belgilangan tartibda o‘rab-bog‘lanishi shart.
(160-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
161. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar tomonidan barcha turdagi kassa xizmatlari yoki uni tashkil etgan bank tomonidan belgilangan ayrim turdagi kassa xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi va maxsus kassalar orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlari (kirim va chiqim kassa operatsiyalari) mazkur Yo‘riqnoma talablari asosida ko‘rsatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank (filial) chakana amaliyot kassasi tomonidan naqd milliy hamda xorijiy valyutalarda kassa operatsiyalari amalga oshirilgan hollarda, naqd pul va boshqa qimmatliklarning hisobi bankning hisob siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(161-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
162. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarda bank ish kuni oxirida qolishi mumkin bo‘lgan naqd pullar qoldig‘iga Bosh bank tomonidan limit o‘rnatilishi mumkin. Limit o‘rnatilmagan kassalarda amaliyot kuni yakunida naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini qolishiga ruxsat berilmaydi (uzluksiz, 24 soat mobaynida ishlaydigan kassalar bundan mustasno).
(162-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
163. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar bank (filial) joylashgan tumanda, shaharda yoki tumanlarga bo‘lingan shaharda tashkil etilgan bo‘lsa, bank ish kuni oxirida ushbu kassalardagi limitdan ortiqcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar qoldiqlari, kunlik kassa hujjatlari mazkur kassani tashkil etgan bankka (filialga) topshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank (filial) tomonidan boshqa hududda (yoki hududdagi boshqa tumanda, shaharda) kassalar tashkil etilgan hollarda, bank ish kuni oxirida ushbu kassalardagi limitdan ortiqcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar qoldiqlari hamda kunlik kassa hujjatlari, tomonlar o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnomaga asosan ushbu kassa joylashgan hududdagi bank filialiga yoki inkassatsiya xizmatiga saqlash uchun topshiriladi.
(163-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Bunda, sumkadagi (qopdagi) naqd pullar qayta sanalib, chiqqan summani ushbu kassani tashkil etgan bankning (filialning) tegishli hisobvarag‘iga naqd pulsiz hisob-kitob orqali o‘tkazib berish uchun topshirilgan bo‘lsa, inkassatsiya sumkasini (qopini) bank filialining kechki kassa xodimlari qabul qilib oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassa xodimlari amaliyot kuni yakunida qolgan limitdan ortiqcha naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘iga chiqim kassa orderini rasmiylashtirib, 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” hisobvarag‘ida aks ettiradi. Bunda, naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini saqlash uchun topshirish bevosita inkassatsiya guruhi a’zolari tomonidan, shuningdek o‘zaro shartnomaga asosan inkassatsiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati (bank avtomashinasidan foydalangan holda) yoki “Respublika maxsus aloqa bog‘lamasi” davlat unitar korxonasi (bundan buyon matnda “Respublika maxsus aloqa bog‘lamasi” DUK deb yuritiladi) xizmati kuzatuvi ostida bank kassiri tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(163-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini saqlash uchun topshirish inkassatsiya xizmati xodimlari orqali amalga oshirilganda, rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderining orqa tomoniga naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkasini (qopini) qabul qiluvchi inkassatorga berilgan ishonchnomaning raqami, sanasi, inkassatorlar guruhi a’zolarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda ularga topshirilgan sumkalarning (qoplarning) umumiy soni qayd etilib, inkassatorlar guruhi a’zolari tomonidan imzolanadi.
Naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkasi (qopi) bank (filial) yoki inkassatsiya xizmati tomonidan saqlash uchun qabul qilinganda, qabul qiluvchi mas’ul xodim tomonidan balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha kirim kassa orderi ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi inkassatorlar guruhiga beriladi.
Navbatdagi ish kuni ertalab, naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini), ularni topshirgan bank kassasiga yetkazib berish uchun inkassatorlar guruhiga topshirish, balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha chiqim kassa orderini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunda, ushbu hujjatning orqa tomonida qabul qiluvchi inkassatorga berilgan ishonchnomaning raqami, sanasi, inkassatorlar guruhi a’zolarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda ularga topshirilgan sumkalarning (qoplarning) umumiy soni qayd etilib, inkassatorlar guruhi a’zolari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkasi (qopi) inkassatsiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati (bank avtomashinasidan foydalangan holda) yoki “Respublika maxsus aloqa bog‘lamasi” DUK xizmati kuzatuvi ostida bank kassiri tomonidan bank (filial) yoki inkassatsiya xizmatiga saqlash uchun topshirilganda, qabul qiluvchi mas’ul xodim tomonidan balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha kirim kassa orderi ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi topshiruvchi bank kassiriga beriladi.
(163-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Navbatdagi ish kuni ertalab, naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkalari (qoplari), ularni topshirgan bank kassasiga inkassatsiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati (bank avtomashinasidan foydalangan holda) yoki “Respublika maxsus aloqa bog‘lamasi” DUK xizmati kuzatuvi ostida olib ketish uchun ularni topshirgan bank kassiriga, balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha chiqim kassa orderini rasmiylashtirish orqali beriladi. Bunda, ushbu hujjatning orqa tomonida qabul qiluvchi bank kassirining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda topshirilayotgan sumkalarning (qoplarning) umumiy soni qayd etilib, qabul qiluvchi bank kassiri tomonidan imzolanadi.
(163-bandning to‘kkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘i inkassatsiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati (bank avtomashinasidan foydalangan holda) yoki “Respublika maxsus aloqa bog‘lamasi” DUK xizmati kuzatuvi ostida bank kassiri tomonidan mazkur hududdagi bank filialiga qayta sanash uchun topshirilganda, topshiruvchi bank kassiri tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 8a-ilovasiga muvofiq shakldagi blank to‘ldiriladi.
(163-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
164. Bank binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning kunlik kassa hujjatlari, mazkur kassa xodimlari tomonidan bir oyda kamida bir marta ushbu kassani tashkil etgan bankka (filialga) yetkazilishi kerak.
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalardan bank filialiga olib kelingan kunlik kassa hujjatlarining to‘liqligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi bank filialining mas’ul xodimlari tomonidan tekshirilishi lozim.
(164-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
165. Bank ish kuni mobaynida bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan (bank filiali joylashgan tumanda, shaharda yoki tumanlarga bo‘lingan shaharda joylashgan) kassalarni madad pullari bilan ta’minlash, mazkur kassa kassirining bank (filial) rahbari nomiga yozma buyurtmanomasi asosida amalga oshiriladi.
Bank (filial) rahbari ushbu buyurtmanomani ko‘rib chiqib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun buxgalteriya bo‘limining mas’ul xodimlariga ko‘rsatma beradi.
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarni madad pullari bilan ta’minlash bo‘yicha chiqim kassa orderi buxgalteriya bo‘limi xodimi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi hamda kassirning buyurtmanomasi bilan birga ijro uchun kassa mudiriga taqdim etiladi.
Kassa mudiri chiqim kassa orderini to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirganidan so‘ng, chiqim kassa orderida qayd etilgan summani inkassatsiya sumkasiga (qopiga) soladi. Shundan so‘ng, inkassatsiya sumkasiga (qopiga) tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, sumkani (qopni) og‘zini yopib, plombalaydi hamda bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassaga jo‘natadi.
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar boshqa tumanda, shaharda yoki respublikaning boshqa hududida tashkil etilgan bo‘lsa, ushbu kassalar zarur naqd pullarni va qimmatliklarni tegishli shartnoma asosida u joylashgan tumandagi (shahardagi) tijorat banki filialidan olishi mumkin.
(165-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
166. Bank tashkil etgan chakana amaliyotlar kassalari (xususan, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va boshqa kassalar) dam olish, bayram kunlari faoliyat yuritsa, ularga ushbu kunlari madad pullarini berish, bankning kechki kassasi orqali amalga oshiriladi.
Bunda, dam olish yoki bayram kunlaridan oldingi oxirgi bank ish kunida, dam olish va bayram kunlari faoliyat yuritadigan kassalarning xodimlari tomonidan ushbu kunlarda chiqim qilish uchun kerak bo‘ladigan naqd pullarni (madad pullarini) va boshqa qimmatliklarni olish bo‘yicha berilgan buyurtmanoma bank rahbarining tegishli ko‘rsatmasi bilan buxgalteriya bo‘limi xodimlariga ijro uchun beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Buxgalteriya bo‘limi xodimi dam olish va bayram kunlari faoliyat yuritadigan har bir kassa bo‘yicha alohida chiqim kassa orderini (qat’iy hisobda turuvchi blanklar bo‘yicha esa tegishli balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha chiqim kassa orderini) rasmiylashtirib, tegishli buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiradi va ushbu chiqim kassa hujjatlarini kassa mudiriga topshiradi.
(166-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
167. Kassa mudiri mazkur chiqim kassa hujjatlariga asosan har bir shunday kassalar uchun zarur bo‘ladigan madad pullarini va boshqa qimmatliklarni ularning har bir ishlaydigan kunlari uchun alohida inkassatsiya sumkasiga (qopiga) solib, ularni belgilangan tartibda plombalaydi. Jo‘natish uchun tayyorlangan madad pullarini kassa mudiri o‘zining 155-shakldagi kassa kitobiga (madad pulini oluvchi har bir kassaga tegishli bo‘lgan inkassatsiya sumka (qopi) raqamini hamda qaysi sumka (qop), qaysi sanada inkassatsiya xizmati xodimiga topshirilishini) alohida qayd etgan holda kechki kassa kassiriga topshiradi.
Kechki kassa kassiri ham o‘zining 155-shakldagi kassa kitobiga, ushbu yozuvlarni to‘liq va xatosiz qayd etgan holda, kassa mudiridan plombalangan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilib oladi va buni tasdiqlagan holda kassa mudirining 155-shakldagi kitobini imzolaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
168. Dam olish yoki bayram kunlari bank binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarni madad pullari bilan ta’minlash bank (filial)ning kechki kassasi tomonidan amalga oshiriladi.
(168-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
169. Chakana amaliyotlar kassalari ertalab o‘z faoliyatlarini belgilangan vaqtda boshlashini ta’minlash maqsadida ushbu kassalarga madad pullarini berish, oddiy bank ish kunlarida ham mazkur Yo‘riqnomaning 166 — 168-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Bank tashkil etgan ayrim chakana amaliyotlar kassalari, shu jumladan, valyuta ayirboshlash shoxobchalari uzaytirilgan ish vaqti rejimida faoliyat yuritsa, bankda ish kuni yakunlanganidan so‘ng, ushbu kassa va shoxobchalardan inkassatsiya xizmati orqali olib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘i bankning kechki kassasiga topshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
170. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarga madad pullarini va boshqa qimmatliklarni yetkazib berish ishlari inkassatsiya xizmatlari yoki bank xodimlarining xavfsizligini hamda naqd pul va boshqa qimmatliklar butligini ta’minlagan holda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati kuzatuvi ostida ham amalga oshirilishi mumkin.
(170-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Bank binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarda ish kuni yakunlangach naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini bank kechki kassasiga bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassasi kassiri tomonidan topshirilganda mazkur Yo‘riqnomaning 8a-ilovasiga muvofiq shakldagi blank to‘ldiriladi.
(170-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
171. Bank (filial) va xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, ushbu subyekt binosida belgilangan tartibda bank kassalari tashkil etilishi mumkin.
Bunda, ushbu kassalar orqali ko‘rsatiladigan kassa xizmatlari turlari mazkur shartnomada belgilab olinadi.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
10-bob. Bankomatlarni naqd pullar bilan ta’minlash tartibi
172. Bank mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bank binosiga, binodan tashqarida tashkil etilgan chakana amaliyotlar kassalariga yoki boshqa maqbul hisoblangan joylarga infokiosk va bankomat, shuningdek, naqd pullarni qabul qiluvchi avtomatlashtirilgan depozit mashinalarini o‘rnatishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
173. Bank rahbari bankomatlarni o‘z vaqtida naqd pullar bilan ta’minlanishini nazorat qilib borishi lozim. Bankomatlarda naqd pullar bilan bajarilgan operatsiyalar har bir bankomat uchun alohida ochilgan 10107 — “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
(173-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Bankomat seyfini naqd pullar bilan to‘ldirish, naqd pul qoldiqlarini olib kelish, texnik xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlash ishlarini bajarish uchun bank tomonidan bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodim va kassa xodimi biriktirilishi lozim.
Bunda, bank kassa mudiridan olingan naqd pullarni kassir tomonidan bankomat seyfiga o‘z vaqtida va to‘liq qo‘yilishini, bankomatdan olingan naqd pullar qoldig‘ini kassa mudiriga topshirilishini nazorat qilish vazifasini bankomatlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodim bajaradi.
174. Bankomatlardagi naqd pullarning xavfsizligini ta’minlash va mas’ul xodimlarning javobgarligini oshirish maqsadida bankomat seyfining kaliti kassa xodimiga biriktirilishi hamda ushbu seyf kassa xodimining plombiri bilan plombalanishi shart.
Bankomat qanday maqsadda ochilishidan qat’iy nazar, har safar bankomat ochilishidan oldin texnik xodim kassa xodimi ishtirokida bankomatdagi naqd pul qoldig‘ini aks ettiruvchi slipni chop etib, kassa xodimiga taqdim etishi lozim.
175. Bank rahbarining ko‘rsatmasiga asosan buxgalteriya bo‘limi xodimi bankomatni naqd pul bilan ta’minlash uchun chiqim kassa orderini rasmiylashtirib, tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi. Shundan so‘ng, ushbu chiqim kassa orderini kassa mudiriga topshiradi.
Kassa mudiri chiqim kassa orderida qayd etilgan naqd pullar summasini, bankomatlarni naqd pullar bilan ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan kassa xodimiga, chiqim kassa orderiga qo‘l qo‘ydirgan holda topshiradi. Kassa xodimi qabul qilib olgan naqd pullarini belgilangan tartibda bankomatning kassetalariga joylaydi va ularni o‘zining plombiri bilan plombalaydi.
176. Bankomat bank binosidan tashqarida joylashgan bo‘lsa, naqd pullar bilan to‘ldirilgan bankomat kassetalarini bankomat joylashgan manzilga olib borish inkassatsiya xizmati yordamida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Shuningdek, bank binosidan tashqarida joylashgan bankomatlarga madad pullari yetkazib borish, shuningdek, ushbu bankomatlardagi naqd pul qoldig‘ini bank kassasiga olib kelish ishlarini, bank xodimlarining xavfsizligini hamda naqd pullarning butligini ta’minlagan holda inkassatsiya xizmati yoki O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimi kuzatuvi ostida ham amalga oshirilishi mumkin.
(176-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-3, 07.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 10/19/3028-3/3706-son)
177. Kassa xodimi bankomat seyfiga naqd pullar bilan to‘ldirilgan kassetalarni joylashtirilib, bankomatning seyfini qulflaydi va plombalaydi. Bankning bankomatlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimi kassetalarga joylashtirilgan naqd pullarning umumiy summasini aks ettiruvchi slipni chop ettiradi va uni kassa xodimiga beradi. Kassa xodimi ushbu slipni kassa mudiriga ko‘rsatganidan so‘ng, buxgalteriya bo‘limining mas’ul xodimiga taqdim etadi. Buxgalteriya bo‘limining mas’ul xodimi ushbu slipga asosan naqd pullarni bankomatga kirim qilinganligi bo‘yicha kirim kassa orderini rasmiylashtirib, tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi hamda slip va kirim kassa orderini kassa mudiriga topshiradi.
Kassa mudiri ushbu slipni kirim kassa orderiga ilova qilgan holda kunlik kassa hujjatlari yig‘majildiga tikadi.
Oldingi tahrirga qarang.
178. Bank balansining 10107 — “Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga doir ma’lumotlarga ko‘ra bankomatdagi naqd pullar qoldig‘i kamaygan bo‘lsa, bankda naqd pul muomalasini nazorat qiluvchi mas’ul xodim bu to‘g‘risida bank rahbariga ma’lum qiladi. Bank rahbarining ko‘rsatmasiga asosan bankomatlar belgilangan tartibda naqd pullar bilan ta’minlanadi.
(178-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
179. Bankomatlardagi naqd pullar qoldig‘ini bank kassasiga qaytarish, bank rahbarining ko‘rsatmasiga asosan amalga oshiriladi. Bunda, bankomatlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi bank xodimi, kassa xodimi ishtirokida bankomatdagi naqd pullar qoldig‘ini aks ettiruvchi slipni chop ettiradi va uni kassa xodimiga topshiradi. Kassa xodimi bankomatning seyf qismini, bankomatlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimning nazorati ostida ochib, undagi kassetalarni oladi hamda bankka olib boradi.
180. Buxgalteriya bo‘limi mas’ul xodimi chop etilgan slipdagi ma’lumotlar asosida bankomatdan olib kelingan naqd pullar qoldig‘ini bankomatdan chiqim qilish bo‘yicha chiqim kassa orderini hamda bankomatdan olib kelingan naqd pullar qoldig‘ini aylanma kassaga kirim qilish uchun kirim kassa orderini rasmiylashtirib, tegishli buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiradi. Shundan so‘ng, rasmiylashtirilgan chiqim va kirim kassa orderini kunlik kassa hujjatlariga tikish uchun kassa mudiriga topshiradi.
Kassa xodimi kassa mudiri ishtirokida kassetalardagi plombalarni ochib, naqd pullar qoldig‘ini kassa mudiriga sanab va kirim kassa orderiga imzo qo‘ydirgan holda topshiradi. Kassa mudiri kassirdan qabul qilib olgan naqd pullar qoldig‘ini, slipda qayd etilgan naqd pullar qoldig‘i bilan taqqoslab ko‘radi. Shundan so‘ng, chiqim kassa orderini hamda naqd pullar qoldig‘i aks ettirilgan slipni kirim kassa orderiga ilova qilgan holda kunlik kassa hujjatlariga tikish uchun olib qo‘yadi.
11-bob. Aylanma kassada yakun chiqarish tartibi
181. Bank tomonidan kassa xizmati ko‘rsatilayotgan mijozlarning soni va bajarilayotgan kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda bank kassa tarmog‘ida kirim va chiqim kassalari yoki birlashtirilgan holda kirim-chiqim kassasi tashkil etilishi mumkin.
182. Bank aylanma kassasida bajarilgan kassa operatsiyalari bo‘yicha har bir bank ish kuni oxirida yakun chiqarilishi lozim. Buning uchun ish kuni yakunida kirim va chiqim kassalari kassirlari, to‘liq bo‘lmagan dasta va bog‘lamlardagi naqd pullarni kassa mudirining ko‘rsatmasiga binoan kassirlardan biriga birlashtirish uchun topshiradi. Bunda, naqd pullar qoldig‘ini topshirayotgan kassir o‘zining 155-shakldagi kitobiga topshirilayotgan naqd pullar summasini qayd etadi hamda qabul qilib oluvchi kassirga imzo qo‘ydirgan holda naqd pullar qoldig‘ini unga topshiradi.
Kassirlar tomonidan joylangan tangali qopchalar va paketlar boshqa (tangalar qoldig‘ini jamlayotgan) kassir tomonidan donalab sanalmasdan, qopcha ustidagi va paket ichidagi yozuvlariga qarab jamlanadi.
Bunda, turli qiymatdagi tangalar yig‘ma qopchaga nikel tangalar alohida, jez tangalar alohida joylanadi.
183. Bank ish kuni yakunida kirim va chiqim kassalari kassirlari, kun mobaynida to‘plangan kassa hujjatlarining umumiy sonini va umumiy summasini o‘zlarining 155-shakldagi kitobida qayd etadilar.
Shundan so‘ng, kirim kassasi kassiri 109-shakldagi ma’lumotnoma bilan birga, o‘rab-bog‘langan naqd pul qoldiqlari summasini o‘zining 155-shakldagi kitobiga qayd etgan va kassa mudiriga imzolatgan holda unga topshiradi.
Chiqim kassasi kassiri esa 110-shakldagi ma’lumotnoma bilan birga, o‘rab-bog‘langan naqd pul qoldiqlari summasini o‘zining 155-shakldagi kitobiga qayd etgan va kassa mudiriga imzolatgan holda unga topshiradi.
184. Kassa mudiri kirim, chiqim va qayta sanash kassasi kassirlaridan naqd pullarni, 109 va 110-shakldagi hisobot ma’lumotlarini va kassa hujjatlarini, shuningdek, qayta sanash kassasi nazoratchisidan 176-shakldagi nazorat qaydnomasini qabul qilib olganidan so‘ng:
kassirlarning 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalarida aks ettirilgan kirim va chiqim summalarini buxgalteriya bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan tekshirilgan holda imzolanganligini;
kassirlarning 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalarida qayd etilgan yozuvlarni kassa hujjatlariga muvofiqligini, bank ish kuni oxiriga naqd pullar qoldig‘ini kassirlarning 155-shakldagi kitobida qayd etilgan yozuvlarga mosligini ya’ni, to‘g‘ri hisoblanib, aniq aks ettirilganligini;
kassirlar tomonidan topshirilgan hujjatlar soni va summasi, ularning 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalarida qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;
qayta sanash kassasi kassirlaridan qabul qilib olgan naqd pullari summasini 176-shakldagi nazorat qaydnomasida qayd etilgan umumiy summaga mos ekanligini tekshirib ko‘rishi lozim.
185. Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudiri qayta sanash, kirim va chiqim kassasi kassirlaridan qabul qilib olgan naqd pul summalari, 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalari hamda 176-shakldagi nazorat qaydnomasi asosida mazkur Yo‘riqnomaning 28-ilovasida ko‘rsatilgan 111-shakldagi kunlik kassa aylanmalari bo‘yicha yig‘ma ma’lumotnomani to‘ldirib, imzolaydi. So‘ngra, 109, 110 va 111-shakldagi ma’lumotnomalarni bosh buxgalterga taqdim etadi.
Bosh buxgalter 111-shakldagi ma’lumotnomaning umumiy summalarini 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalardagi yozuvlar bilan, shuningdek, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari (kirim va chiqim kassa jurnalidagi yozuvlar hamda kirim va chiqim kassa hujjatlari asosida haqiqatda amalga oshirilgan buxgalteriya o‘tkazmalari summalari) bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudirining 111-shakldagi ma’lumotnomasi bosh buxgalter tomonidan imzolanadi hamda 109 va 110-shakldagi ma’lumotnomalar bilan birga kassa mudiriga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
186. Bank ish kuni oxirida aylanma kassada qoladigan banknot va tangalarning umumiy summalari, 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi naqd pullar qoldig‘i bilan taqqoslanishi lozim.
(186-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
187. Bankning tegishli hisobvaraqlarida hisobi yuritilayotgan naqd pullari, pul omborida bir-biridan ajratilgan holda, alohida stellaj yoki seyflarda saqlanishi shart.
Kunlik kassa aylanmalarining to‘g‘ri qayd etilganligi bosh buxgalter tomonidan ham tasdiqlangach, kassa mudiri 120-shakldagi kitobga milliy valyutadagi naqd pullar kirimi va chiqimining umumiy summasini hamda bank ish kuni oxiriga chiqarilgan aylanma kassa qoldig‘ini yozib qo‘yadi.
188. Kassa mudiri bank ish kuni boshiga aylanma kassada mavjud bo‘lgan qat’iy hisobda turuvchi blanklar qoldig‘iga, aylanma kassaga kirim qilingan shunday blanklar sonini qo‘shadi va aylanma kassadan chiqim qilinganlari sonini ayirib, bank ish kuni oxiriga qat’iy hisobda turuvchi blanklar qoldig‘ini hisoblab chiqaradi.
Bank ish kuni oxiriga hisoblangan qat’iy hisobda turuvchi blanklar qoldig‘ini haqiqatda mavjud bo‘lgan blanklar soni bilan hamda buxgalteriya bo‘limining qat’iy hisobda turuvchi blanklarni kirim yoki chiqim qilishga asos bo‘lgan hujjatlaridagi yozuvlar bilan taqqoslab ko‘radi.
Tafovutlar aniqlanmasa, qat’iy hisobda turuvchi blanklar qoldig‘i bank ish kuni oxirida kassa mudiri tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 29-ilovasida ko‘rsatilgan pul omboridagi qat’iy hisobda turuvchi blanklar hamda saqlanayotgan qimmatliklar qoldig‘ini qayd etish kitobida aks ettirib borilishi lozim.
189. Aylanma kassadagi naqd pullar va qat’iy hisobda turuvchi blanklar qoldig‘i bilan buxgalteriya hujjatlarida qayd etilgan ma’lumotlar o‘rtasida tafovut aniqlangan holda, kassa mudiri buning sababini aniqlab, darhol bank rahbari va bosh buxgalteriga xabar beradi.
Bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun mas’ul bo‘lgan moddiy javobgar shaxslar aniqlangan tafovut summasini kelib chiqish sabablarini aniqlashlari hamda shu kunning o‘zida tafovutni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari shart.
12-bob. Kunlik kassa hujjatlarini taxlash va tikish tartibi
190. Kunlik kassa hujjatlari va ularning ilovalari jamlanganidan so‘ng, kassa mudiri ushbu hujjatlarni yig‘majildga tikish uchun kassa xodimlaridan biriga beradi. Kunlik kassa hujjatlarining har kunligi alohida yig‘majildga taxlangan holda keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda tikilishi lozim.
Kunlik kassa hujjatlari balans hisobvaraqlarining (tartib raqamlari) o‘sib borish tartibi bo‘yicha, quyidagi ketma-ketlikda taxlanadi:
kirim kassasi hujjatlari;
qayta sanash kassasi hujjatlari;
chiqim kassasi hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha, avval — kirim, keyin — chiqim hujjatlari.
(190-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
191. Kassa hujjatlari yig‘majildga taxlab tikilganidan so‘ng, yig‘majilddagi har bir kassa hujjati ketma-ket raqamlab chiqilishi shart.
192. Kunlik kassa hujjatlari yig‘majildidagi har bir hujjatda qayd etilgan summa, taxlangan hujjatlarning joylashish ketma-ketligi bo‘yicha hisoblash mashinkasida avtomat tarzda shakllantiriladigan axborot tasmasida qayd etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot tasmasiga avval kirim, keyin chiqim, so‘ngra balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha avval kirim, so‘ngra chiqim kassa hujjatlari summalari qayd etilishi lozim. Bunda, kirim, chiqim hamda balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha kirim va chiqim kassa hujjatlarining summalari bo‘yicha umumiy summalar axborot tasmasida alohida qayd etilishi kerak.
(192-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Buxgalteriya bo‘limi ma’lumotlari va axborot tasmasida alohida qayd etilgan kassa hujjatlari umumiy summalari o‘rtasida tafovut aniqlanmasa, axborot tasmasida qayd etilgan har bir umumiy summa, ushbu axborot tasmasini shakllantirgan kassa xodimi tomonidan imzolanishi lozim. Shundan so‘ng, taxlangan kassa hujjatlari, uni taxlagan kassa xodimi tomonidan tikilishi lozim. Axborot tasmasi kunlik kassa hujjatlarining yig‘majildi muqovasini ichki tarafiga, kassa hujjatlaridan oldin yelimlanadi.
Shuningdek, axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, naqd pullar hisob-kitobi yuritiladigan har bir hisobvaraq bo‘yicha kunlik aylanmalarni (kirim-chiqim summalari ro‘yxatini) chop etgan holda, undagi har bir summani tegishli kassa hujjati bilan taqqoslab chiqish ham mumkin. Bunda, tafovutlar aniqlanmagan holda ushbu ro‘yxatdagi umumiy summalarni taqqoslash ishlarini bajargan kassir imzolashi kerak. So‘ngra, ushbu ro‘yxatlar taxlangan kunlik kassa hujjatlari ustiga joylashtirishgan holda kassa hujjatlari bilan birga tikilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
193. Kunlik kassa hujjatlari yig‘majildining old muqovasiga mazkur Yo‘riqnomaning 30-ilovasida ko‘rsatilgan kunlik kassa hujjatlarining yig‘majildi shakli yelimlab qo‘yiladi. Shundan so‘ng, kunlik kassa hujjatlari yig‘majildi old muqovasiga zaruriy ma’lumotlar qayd etilib, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
(193-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
194. Kunlik kassa hujjatlarida qayd etilgan summalar tegishli kassa kitoblarida qayd etilgan yozuvlari bilan taqqoslab ko‘rilganidan so‘ng, yig‘majildning old muqovasidagi yozuv ushbu kunlik kassa hujjatlarini shakllantirgan kassir va kassa mudirining imzolari bilan tasdiqlanadi.
195. Kunlik kassa hujjatlari orasida 5 yildan ortiq muddat saqlanishi lozim bo‘lgan kassa hujjatlari mavjud bo‘lsa, ushbu kassa hujjatlari alohida yig‘majildlarga tikilishi lozim va bu haqida kunlik kassa yig‘majildining old muqovasida tegishli yozuv qayd etilishi shart.
Bank tomonidan hududdagi boshqa tuman yoki shaharda tashkil etilgan chakana amaliyotlar kassasidan kunlik kassa hujjatlari har kuni bank yetkazib berishni imkoniyati bo‘lmasa, bankning bunday chakana amaliyotlar kassasini bir necha kunlik kassa hujjatlari alohida yig‘majildga tikib borilishi mumkin.
196. Tikilgan kunlik kassa hujjatlari keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda bosh buxgalter tomonidan tekshirilishi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslanishi va tafovutlar aniqlanmagan taqdirda, uning imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
197. Bankda kunlik kassa hujjatlari kassa mudiri javobgarligi ostida pul omborida yoki belgilangan tartibda qo‘riqlash va signalizatsiya vositalari bilan muhofaza qilingan seyfda o‘n ikki oy mobaynida saqlanishi lozim. Ular o‘n ikki oydan so‘ng bank arxiviga belgilangan tartibda topshirilishi kerak.
198. Bankka kelib tushgan yozma so‘rovnoma, talabnomaga asosan pul omborida saqlanayotgan kunlik kassa hujjatlari asosida tegishli ma’lumotlar tayyorlab berilishi mumkin. Bunda, bank bosh buxgalter (yoki uning o‘rinbosari) ushbu talabnomaga imzo qo‘yib, so‘ralayotgan ma’lumotni tayyorlash uchun tegishli xodimlarga ko‘rsatma berishi lozim.
199. Ayrim hollarda, bank rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan kunlik kassa hujjatlarini pul omboridan olib chiqishga ruxsat etiladi. Bunda, pul omboridan olib chiqilgan kunlik kassa hujjatlari bank ish kuni oxiriga qadar pul omboriga qaytarilishi kerak.
200. Bankda taftish o‘tkaziladigan hollarda, kunlik kassa hujjatlari taftishchilar guruhi rahbarining tilxatiga asosan unga beriladi. Taftish o‘tkazilayotgan vaqtda kunlik kassa hujjatlari taftish guruhi rahbarining javobgarligi ostida bo‘ladi.
Taftish tugaganidan so‘ng, kassa hujjatlari bank kassasiga qaytarilishi lozim. Bunda, kassa mudiri taftish uchun olingan kunlik kassa hujjatlarini to‘liq qaytarib topshirilganligini tekshirib, tilxatni taftish guruhi rahbariga qaytarib beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
201. Bankdagi kunlik kassa hujjatlarini yozma so‘rovnomalarga asosan berishni, O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda amalga oshirish mumkin.
(201-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Kunlik kassa hujjatlarining yig‘majildidan olingan hujjatning asl nusxasi o‘rniga, ushbu hujjatning kassa mudiri tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi (kseronusxasi), hujjatni olish bo‘yicha barcha yozishmalar va hujjat olinganligi to‘g‘risidagi bayonnoma, hujjatning asl nusxasini olgan shaxsning tilxati yoki hujjatning jo‘natilganligi to‘g‘risidagi pochta kvitansiyasi tikib qo‘yiladi.
202. Bir yilning turli sanalariga tegishli bir necha kunlik kassa hujjatlari bir yo‘la olinishi lozim bo‘lgan hollarda, olinayotgan hujjatlarning sanasi bo‘yicha dastlabki olingan hujjatning o‘rniga uning nusxasi (kseronusxasi) va mazkur Yo‘riqnomaning 201-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘plami tikib qo‘yilishi lozim.
Olingan boshqa kassa hujjatlari o‘rniga esa ularning nusxasiga (kseronusxasiga) ushbu hujjatlarni olish uchun asos bo‘lgan hujjatlar to‘plami qayerda (qaysi sanadagi kunlik kassa hujjatlari orasida) turganligi aniq qayd etilgan holda tikib qo‘yilishi kerak.
13-bob. Pul omborida naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishini nazorat qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
203. Bank rahbari, bosh buxgalter va kassa mudiri moddiy javobgar shaxslar hisoblanib, ularga pul omborlaridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi, daxlsizligini ta’minlash vazifalari yuklatiladi. Moddiy javobgar shaxslar pul ombori eshigini shaxsan ishtirok etgan holda, birgalikda ochib-yopishlari shart.
Pul ombori eshigini moddiy javobgar shaxslarning biometrik belgilarini identifikatsiya qilish orqali ochib-yopish 226-band talablariga to‘liq javob bersa, moddiy javobgarlik bank boshqaruvi raisining buyrug‘iga asosan bank rahbarining o‘rniga uning o‘rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunda, bank rahbari moddiy javobgar shaxslarning faoliyatini umumiy nazoratga olishi lozim.
Bank boshqaruv raisi o‘zgarganda, avvalgi raisning moddiy javobgarlikni bank bo‘linmasining o‘rinbosari zimmasiga yuklash to‘g‘risidagi buyrug‘i yangi tayinlangan bank boshqaruv raisi tomonidan bir oy muddatda qayta ko‘rib chiqilib, yangilanishi lozim.
Pul omboriga ega bo‘lmagan tijorat banklarining alohida bo‘linmalarida, shuningdek, shtatlar birligida alohida bo‘linma rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri lavozimlari mavjud bo‘lmagan hollarda, naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishini ta’minlash bo‘yicha moddiy javbgarlik, bankning tegishli buyrug‘iga asosan, mazkur bank bo‘linmasining boshqa lavozimdagi xodimlari zimmasiga yuklatilishi hamda ular bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilishi lozim.
(203-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
204. Bank pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni hamda pul omborlari kalitlarini bir moddiy javobgar shaxsdan boshqasiga vaqtincha topshirilishi:
bank bosh buxgalteri va kassa mudiridan — bank rahbarining buyrug‘iga asosan;
bank rahbaridan — viloyat (shahar) filiali rahbarining yoki Bosh bank rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
205. Bankda uchta moddiy javobgar shaxslarning (bank rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri) bir vaqtning o‘zida ishda bo‘lmasligiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bankning moddiy javobgar shaxslari ishda bo‘lgan vaqtda pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgarlikni boshqa xodimlar zimmasiga yuklanishiga ruxsat etilmaydi.
(205-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
206. Naqd pul va boshqa qimmatliklarning butligini ta’minlash maqsadida, kassa operatsiyalarini bajaruvchi xodimlardan biri egallab turgan lavozimidan ozod etilganida ham unga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar to‘liq, birma-bir va donalab qayta sanab qabul qilinishi lozim.
207. Bank ish kuni boshida pul omboridan olib chiqilgan, shuningdek, inkassatsiya xizmati orqali boshqa bankdan olib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklarning qoldiqlari bank ish kuni yakunlangach, belgilangan tartibda pul omborlariga kiritilishi lozim. Bank ish kuni davomida chiqim qilinmaydigan naqd pul va boshqa qimmatliklar pul omborlarida saqlanishi kerak.
Bankda bir nechta pul omborlari mavjud bo‘lsa, ularga tartib raqamlari qo‘yilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
208. Pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qulflanadigan temir stellaj, seyf yoki temir javonlarda saqlanishi kerak. Pul omboridagi va kassa tarmog‘idagi barcha temir shkaf, stellaj, seyflar va tangalar saqlanadigan qutilarga tartib raqamlari qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Naqd pul va boshqa qimmatliklarning hisob-kitobi qaysi hisobvaraqda yuritilayotganligiga qarab, ularning har birini pul omborida alohida stellaj, temir shkaf yoki seyflarda saqlash kerak.
(208-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Pul omborida saqlanayotgan naqd pul va boshqa qimmatliklarning butligi moddiy javobgar shaxslar tomonidan tekshirib ko‘rilgach stellaj, temir shkaf yoki seyflar kassa mudiri tomonidan qulflanadi.
209. Pul omborlaridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni zudlik bilan evakuatsiya qilish zarurati tug‘ilganda, ularni to‘liq va bir martada tashib ketilishini ta’minlash uchun pul omborida brezent (zaxira) qoplari, plombalar va tizimchalar yetarli miqdorda saqlanishi shart. Bunda, zaxira qoplari miqdori pul omborida saqlanayotgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni hamda hujjatlarni bir vaqtda olib chiqib ketishni mo‘ljallagan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Har bir zaxira qopi shartli “1 so‘m” bahosida 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu zaxira qoplari alohida qoplarga joylanib, qop og‘zi bog‘lanadi va undagi yorliq uchta mansabdor shaxslar tomonidan surg‘uchli muhr bilan muhrlanadi. Ushbu zaxira qoplaridan boshqa maqsadlar uchun foydalanish qat’iyan man etiladi.
(209-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
210. Naqd pul va boshqa qimmatliklar pul omboriga olib kirilganidan yoki olib chiqilganidan so‘ng, mazkur Yo‘riqnomaning 31-ilovasida belgilangan shakldagi pul omboridagi seyfda (stellajda, temir shkafda) saqlanayotgan naqd pul va boshqa qimmatliklar ro‘yxatiga zaruriy yozuvlar qayd etib borilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu ro‘yxatda naqd pul va boshqa qimmatliklar qo‘yilgan sana, kirim, chiqim va qoldiq summalari ko‘rsatiladi hamda ular naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan birga yoki alohida yig‘majildda ham saqlanishi mumkin.
(210-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
211. Pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlashda foydalaniladigan stellaj, temir shkaf va seyflar bank ish kuni tugaganidan so‘ng, u erda naqd pul va boshqa qimmatliklar mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, kassa mudiri tomonidan qulflanishi shart. Ularning kalitlari kassa mudirining pul omboridagi shkafi yoki seyfida saqlanishi lozim.
212. Naqd pul va boshqa qimmatliklar pul omboriga kiritilayotgan vaqtda, ularning but saqlanishi uchun moddiy javobgar bo‘lgan shaxslar:
banknotlarni — bog‘lamdagi dastalar soni hamda ularning ustki nakladkalaridagi yozuvlari bo‘yicha;
tangalarni — qopchalar soni hamda ularga biriktirilgan yorliqlardagi summalari bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
“Davlat belgisi” DUK o‘ramidagi naqd pul cheki, tijorat banklarining hisob-kitob cheki, omonat va kvitansiya daftarchalari hamda boshqa qat’iy hisobda turuvchi blanklarni — bog‘lamlari va ustki nakladkadagi yozuvlari bo‘yicha;
(212-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
chet el valyutalari va chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlarini (turi va qiymati bo‘yicha) — dastalar soni hamda ustki nakladkalardagi yozuvlari bo‘yicha;
qat’iy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklarni birma-bir donalab sanagan holda qabul qilib olishlari shart.
Bunda, bank kassalariga kirim qilingan chet el valyutalarini va chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlarini pul omboriga kiritishdan avval, maxsus ajratilgan kassir tomonidan kassa mudiri nazorati ostida birma-bir qayta sanab ko‘rilishi, ularning to‘lovga yaroqli ekanligi tekshirilishi va belgilangan tartibda qayta o‘rab-bog‘lanishi tavsiya etiladi.
213. Saqlash uchun qabul qilingan aksiya, veksel, depozit sertifikatlari, Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlar ham ulardagi himoya belgilari mavjudligi tekshirilib (haqiqiyligiga ishonch hosil qilingach) donalab sanalgan holda pul omboriga kirim qilinishi hamda ular o‘z nominal qiymatlari bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 29-ilovasida keltirilgan 171-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
214. Bank pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklar butligini ta’minlash, nazoratdan o‘tkazish maqsadida pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklar har oyning 1 sanasiga mazkur bank kassirlari tomonidan to‘liq qayta sanalgan bo‘lishi lozim.
(214-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
215. Pul omboridagi “Davlat belgisi” DUK o‘ramidagi pullar, “muomalaga yaroqli”, “eskirgan” va “to‘lovga yaroqsiz” toifasiga ajratilgan naqd pullar bir-biridan alohida hamda nominal qiymatlari bo‘yicha saralangan holda saqlanishi lozim. Shu jumladan, chet el valyutasi (yo‘l cheklari, chet el valyutasidagi qimmatliklar), har bir turdagi, toifadagi xorijiy valyutalar ham alohida bog‘lamlarda, xorijiy valyutadagi tangalar esa qopchalarda, ularning nominal qiymatlari bo‘yicha ajratilgan holda saqlanishi lozim.
(215-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Pul omborlaridagi stellaj, temir shkaf va seyflarda tangali qopchalarni qo‘yish uchun joy bo‘lmasa, ularni polga qo‘yilgan poddon ustida saqlashga ruxsat etiladi.
216. Bank kassirlari tomonidan o‘rab-bog‘langan banknot va tangalar qayta sanalmagan holda pul omborida ikki yilgacha saqlanishi mumkin.
217. Naqd pullar namunasi pul omborida saqlanishi, zarurat tug‘ilganda, ularni mijozga ko‘rsatish uchun kassa tarmog‘iga olib chiqilishi va bank ish kuni yakuniga qadar ushbu namunalar pul omboriga qaytarilishi shart. Naqd pullar namunalari o‘zining nominal qiymati bo‘yicha 171-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bankka saqlash uchun topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar qabul qilib olingan sanasi bo‘yicha, tartib raqamiga qarab joylashtirilgan holda pul omborida saqlanishi kerak. Pul omborida saqlanayotgan har bir paket yoki qopga balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha kirim kassa orderining nusxasi biriktirib quyilishi shart. Ushbu kirim orderlarida paket yoki qop kim tomonidan topshirilganligi, saqlash uchun topshirilgan qimmatlikning turi va summasi, tartib raqami hamda balansdan tashqari hisobvaraqqa kirim qilingan sanasi ko‘rsatiladi.
(217-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
218. Pul omboridagi qat’iy hisobda turuvchi blanklar va saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar:
daftar yoki kitobcha ko‘rinishdagi blanklar — har bir daftar yoki kitobcha shartli “1 so‘m” bahoda;
alohida varaq ko‘rinishidagi blanklar — har bir donasi, shuningdek, bir xil tartib raqamli juft varaqli (yoki komplekt) blanklar har bir komplekti shartli “1 so‘m” bahoda;
bank mijozlaridan belgilangan tartibda sumkaga (qopga) solinib, qop og‘zi bog‘langan va muhrlangan holda yoki paketga solinib og‘zi yelimlangan va muhrlangan holda saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarning har bir qopi shartli “1 so‘m” bahoda yoki mijoz bilan kelishilgan bahoda;
Oldingi tahrirga qarang.
bank tomonidan ajratilgan kreditlar ta’minoti uchun qabul qilingan hujjatlar paketga solinib og‘zi yelimlangan va bank muhri bilan muhrlangan holda saqlash uchun topshirilganda tegishli balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha rasmiylashtirilgan kirim kassa orderida qayd etilgan qiymati bo‘yicha;
(218-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
bankka tegishli qimmatli qog‘ozlar va o‘z qiymatiga ega bo‘lgan to‘lov hujjatlari nominal qiymati bo‘yicha 171-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
219. Bankning moddiy javobgar shaxslari pul omborini yopishdan avval, naqd pullar va boshqa qimmatliklarning but saqlanayotganligini, ularning hisobi to‘g‘ri yuritilayotganligini hamda balansdagi ma’lumotlarni, kassa kitoblaridagi yozuvlarni va haqiqatda mavjud bo‘lgan naqd pullar, qimmatliklar qoldiqlariga mos kelishini tekshirib ko‘rishlari shart. Buning uchun:
aylanma kassadagi milliy valyutadagi naqd pullari qoldig‘ini 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi milliy valyuta qoldig‘iga hamda 120-shakldagi kitobda qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;
Oldingi tahrirga qarang.
aylanma kassadagi xorijiy davlatlarning naqd valyutalari qoldiqlarini 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi har bir xorijiy valyuta qoldig‘iga hamda mazkur Yo‘riqnomaning 32-ilovasida keltirilgan 121-shakldagi naqd chet el valyutasi va chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari qoldig‘ini qayd etish kitobi va 32a-ilovasida keltirilgan 121A-shakldagi eskirgan naqd chet el valyutalari qoldig‘ini qayd etish kitobida qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;
(219-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-noyabrdagi 39/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-8, 03.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 10/24/3028-8/0024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(219-bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pul omboridagi Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar qoldig‘ini 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan “eskirgan” toifadagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi qoldiqqa hamda mazkur Yo‘riqnomaning 36-ilovasida keltirilgan 141A-shakldagi Markaziy bankka topshiriladigan banknot va tangalar hisobini yuritish kitobida qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;
(219-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pul omboridagi saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar, qat’iy hisobda turuvchi blanklarni 90303 — “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blanklari”, 90305 — “Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari blanklari”, 90317 — “Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blanklari”, 90327 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari blanklari”, 90337 — “Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari”, 90993 — “Kafolat va kafilliklar”, 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar”, 93616 — “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari”, 93623 — “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”, 94501 — “Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar”, 94502 — “Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq talablar”, 94503 — “Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar” balansdan tashqari hisobvaraqlarida hisobi yuritiladigan qat’iy hisobda turuvchi blanklar hamda saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar qoldiqlari bilan hamda 171-shakldagi kitobda qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini tekshirishlari shart.
(219-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
220. Bank ish kuni davomida kassalardagi naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kirim yoki chiqim kassa operatsiyalari bajarilgach, ish kuni yakunida kassa mudiri tomonidan tegishli kassa kitoblarida amaliyot kuni uchun umumiy kirim va umumiy chiqim summalari hamda kun oxiriga qoldiq summalar hisoblanib, qayd etiladi. Kassa kitoblariga yozishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa, kitobning ushbu ustunidagi yozuvlar ustidan bitta chiziq tortilib bekor qilinib, ushbu xatolik moddiy javobgar shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, kassa kitobiga haqiqatda kiritilishi lozim bo‘lgan yozuvlar, kitobning navbatdagi ustuniga yozilishi lozim.
Bank ish kuni davomida naqd pul va boshqa qimmatliklarning biror bir turi yoki hisob-kitobi yuritiladigan biror bir hisobvaraq bo‘yicha kassa operatsiyalari bajarilmagan bo‘lsa, tegishli kassa kitobida joriy bank ish kuni bo‘yicha yozuvlarni (ya’ni, avvalgi sanadagi qoldiq summasini takroran) qayd etmaslikka ruxsat etiladi. Har oyning boshi, ya’ni oyning birinchi bank ish kuni ertalabki holatga tegishli qoldiq summalarni mos ravishda barcha kassa kitoblarida qayd etilishi bundan mustasno.
Kassa kitoblarida qayd etilgan yozuvlarning to‘g‘riligi moddiy javobgar shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanib borilishi lozim. Ushbu kassa kitoblari kun davomida kassa mudirida, bank ish kuni tugaganidan so‘ng pul omborida saqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
2201. Bank (filial) kassa tarmog‘ida belgilangan shakl va tartiblarga rioya etgan holda barcha kassa kitoblari (bundan 161-shakldagi kitob mustasno), kassa jurnallari, blanklar va varaqalarni to‘ldirish, rasmiylashtirish hamda tasdiqlash ishlari elektron shaklda ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Bunda, bank amaliyot kuni dasturiga ulanmagan, kassa tarmog‘idagi naqd pullar va qimmatliklar harakati qayd etib boriladigan maxsus dastur yordamida har bir moddiy javobgar shaxsni identifikatsiya qilish hamda undan faqat o‘zining vakolati doirasida foydalanish uchun imkoniyat yaratib berilishi shart.
Bank (filial) kassa tarmog‘ida hujjat aylanishini avtomatlashtirilishi ushbu Yo‘riqnomada belgilangan qoidalarni buzilishiga imkon yaratib bermasligi shart.
Kassa tarmog‘idagi hujjatlarni rasmiylashtirish, tekshirish va imzolash vakolatiga ega bo‘lgan har bir moddiy javobgar shaxs — o‘zining bajargan ishini (o‘ziga biriktirilgan elektron kalit yoki boshqa maxsus himoyalangan vosita, qurilma orqali) tasdiqlab qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
(2201-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
221. Kassa mudiri tomonidan yuritiladigan pul omborining kassa kitoblari yozuvlar bilan to‘lganida, ular 1 yil pul omborida saqlanishi, shundan so‘ng belgilangan tartibda bank arxiviga topshirilishi lozim. Shuningdek, kassirlarning 155-shakldagi kassa kitoblari ham to‘lganidan keyin 1 yil pul omborida saqlanishi va keyinchalik belgilangan tartibda yo‘q qilinishi kerak.
222. Bank moddiy javobgar shaxslari pul omborlarida saqlanishi lozim bo‘lgan naqd pul va boshqa qimmatliklar, kassa kitoblari va hujjatlarning barchasi pul omboriga olib kirilganligiga hamda ularning butligiga, shuningdek, ombordagi barcha seyf, stellaj va shkaflarning qulflanganliga va chiroqlarning o‘chirilganligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘ng, pul omborini qulflaydilar.
223. Bank pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishini ta’minlash uchun ularning eshiklari moddiy javobgar shaxslarning bevosita ishtirokida, ular o‘zlariga biriktirilgan kalitdan ketma-ket foydalangan holda pul ombori eshigini ochib-yopadilar. Bunda, pul omborining:
birinchi kalit — kassa mudirida;
ikkinchi kalit — bank rahbarida;
uchinchi (temir panjarali eshikni ochadigan) kalit — bosh buxgalterda saqlanishi lozim.
224. Bank pul ombori qulflanganidan so‘ng, moddiy javobgar shaxslarning surg‘uchli muhrlari bilan muhrlanadi. Pul ombori eshigini muhrlashda faqat surg‘uch ishlatilishi shart. Bunda, butun va tugunlari bo‘lmagan tizimcha pul ombori eshigining halqalaridan o‘tkazilgach, yetarlicha uzunlikka ega bo‘lgan tizimcha uchta chuqurlikka ega bo‘lgan taxtacha ustiga qo‘yilib surg‘uchlanadi hamda moddiy javobgar shaxslarning surg‘uchli muhrlari bilan muhrlanadi.
Surg‘uchlash jarayonida tizimchani yetarlicha uzunlikka ega ekanligiga hamda taxtachadagi chuqurchalarga surg‘uch qo‘yilganda, surg‘uchni chuqurchalar doirasidan chiqib ketmasligiga e’tibor qaratish lozim. Bu o‘z navbatida, tizimchani uzmasdan yoki muhrlarni buzmasdan pul ombori eshigini ochib bo‘lmasligini ta’minlaydi.
Pul ombori eshigini surg‘uchli muhrlar bilan muhrlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim:
birinchi (yuqoridagi chuqurchaga) muhrni — kassa mudiri;
ikkinchi (o‘rtadagi chuqurchaga) muhrni — bosh buxgalter;
uchinchi (pastdagi chuqurchaga) muhrni — bank rahbari qo‘yishi shart.
225. Ushbu moddiy javobgar shaxslar doimo pul omborlarining kalitlari va lavozim muhrlarini boshqa shaxslar tomonidan foydalanishga imkoniyat qoldirmagan holda saqlashlari shart. Moddiy javobgar shaxslar o‘zlariga biriktirilgan kalitlar va surg‘uchli muhrlarni bir-birlariga va boshqa shaxslarga topshirishlari taqiqlanadi.
226. Shuningdek, bank pul omborlarini yopish, ochishda zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan hamda xavfsizlikni yanada kuchaytirish imkoniyatini bera oladigan, dasturiy ta’minotga asoslangan vositalar yordamida moddiy javobgar shaxslarning biometrik (“barmoq izi”, “ko‘z gavhari”, “tovush diapazoni” va boshqa) belgilariga qarab identifikatsiya qilishga qodir bo‘lgan innovatsion usullardan foydalanishga ham ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy javobgar shaxslarni biometrik belgilariga qarab identifikatsiya qilinishi pul ombori eshigini qulflanishi yoki ochilishiga bevosita, uzviy tarzda ta’sir ko‘rsatsa, ya’ni ushbu eshikni faqat kalitlar yordamida ochib-yopish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, bunday tarzda jihozlangan eshik qulflanganidan so‘ng, uni surg‘uchli muhr bilan muhrlanishi talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(226-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(226-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
227. Qulflangan va muhrlangan pul omborini qo‘riqlash xizmati xodimiga topshirish vaqtida qo‘riqlash xizmati xodimi pul ombori qulflanganligini, eshikdagi halqalardan o‘tkazilgan tizimchaning uzilmaganligini tekshirib ko‘radi va surg‘uchli muhrlar izlarini, ularning namunalari bilan solishtirib ko‘radi. Buning uchun qo‘riqlashga topshiriladigan pul ombori (seyflar, temir shkaflar) eshiklarini muhrlashda ishlatiladigan muhrlarning namunalari qo‘riqlash xizmati xodimiga tilxat asosida topshirilgan bo‘lishi kerak.
228. Qo‘riqlash xizmati xodimi pul ombori eshigi belgilangan tartibda qulflangan va muhrlanganligiga ishonch hosil qilgach, kassaning mazkur Yo‘riqnomaning 37-ilovasida keltirilgan 161-shakldagi pul omborini ochilishi, yopilishi hamda qo‘riqlash xizmati xodimiga topshirilishi va undan qabul qilib olinishini qayd etish kitobiga imzo qo‘ygan holda, pul omborini qo‘riqlash uchun qabul qilib oladi.
Shundan so‘ng, kassa mudiri joylardagi TQP navbatchisiga telefon orqali “maxsus parol” bilan murojaat qilib, pul omborini TQPga topshiradi va bu haqida tegishli yozuvlarni mazkur Yo‘riqnomaning 38-ilovasida keltirilgan pul omborini texnik qo‘riqlash punktiga topshirilishi va undan qabul qilib olinishini qayd etish kitobiga qayd etadi.
Tilxat bank rahbarida, 161-shakldagi va mazkur Yo‘riqnomaning 38-ilovasida keltirilgan kitoblar kassa mudirining pul omboridan tashqaridagi alohida seyfida saqlanishi kerak.
229. Naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlanadigan pul omborlari eshiklarining, shuningdek, kassa tarmog‘idagi barcha seyflar va metall shkaflarning dublikat (zaxira) kalitlari bo‘lishi kerak.
Bankdagi ushbu dublikat kalitlari, mazkur bankka yaqin masofada joylashgan bankka saqlash uchun topshirilishi shart. Buning uchun ushbu dublikat kalitlarining batafsil tuzilgan ro‘yxati asosida, dublikat kalitlari tashqi choki bo‘lmagan qopchaga solinib, tugunsiz tizimcha bilan bog‘lanishi va unga biriktirilgan nakladkaga uchta moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzo qo‘yilib, ularning surg‘uchli muhrlari bilan muhrlanishi lozim. Shuningdek, bank tomonidan dublikat kalitlarini saqlashga qabul qilib olishlarini so‘rab xat tayyorlanib, uchta moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanishi hamda bank muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ushbu xatga asosan yaqin masofada joylashgan bank dublikat kalitlarni qabul qilib olishi hamda ularni qabul qilganligi to‘g‘risida 004-shakldagi kvitansiyani rasmiylashtirib, uni dublikat kalitlari solingan qopchani topshirgan bank xodimiga taqdim etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
230. Mazkur 004-shakldagi kvitansiya, dublikat kalitlarini saqlash uchun qabul qilishlarini so‘rab yozilgan xatning ikkinchi nusxasi va topshirilgan dublikat kalitlarining batafsil ro‘yxati ushbu dublikat kalitlarini topshirgan bank rahbarining seyfida saqlanib, 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvarag‘ida “1 so‘m” qiymatida hisobga olinadi.
(230-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
231. Bank saqlash uchun topshirilgan o‘zining dublikat kalitlarini qaytarib olishi uchun, ushbu kalitlarni qaytarib berishni so‘ragan holda tayyorlangan va moddiy javobgar shaxslarining imzosi qo‘yilib, bankning dumaloq muhri bilan tasdiqlangan xatga 004-shakldagi kvitansiyani ilova qilgan holda, dublikat kalitlari saqlanayotgan bankka murojaat qilishi lozim.
232. Saqlash uchun topshirilgan bankning dublikat kalitlarini olish, ushbu kalitlardan biri sinib qolgan yoki yo‘qolgan hollarda hamda uch moddiy javobgar shaxslardan biri almashganda (dublikat kalitlarini haqiqatda mavjudligini tekshirish uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, bankda taftish o‘tkazish jarayonida ham taftish guruhi boshlig‘ining talabiga asosan dublikat kalitlar tekshirib ko‘rish uchun olib kelinishi mumkin.
Dublikat kalitlari qaytarib olingan hollarda, moddiy javobgar shaxslar tomonidan kalitlarni qaytarib olish sabablari ko‘rsatilgan holda dalolatnoma tuzilib, ular tomonidan imzolanishi lozim. Shuningdek, dublikat kalitlarini qaytarib olishga kalitlardan birining yo‘qotilganligi sabab bo‘lsa, unda aybdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rilishi mumkin.
Bankning rahbari tomonidan singan yoki yo‘qolgan kalitlar bilan bog‘liq muammo to‘liq bartaraf etilgach, shuningdek, tekshiruvchilar dublikat kalitlari mavjudligini tekshirib bo‘lganlaridan so‘ng, dublikat kalitlarini, ular olingan kunning o‘zidayoq yaqin masofada joylashgan bankka belgilangan tartibda qaytarib topshirish choralari ko‘rilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
233. Bank rahbari vaqtincha o‘zgargan hollarda, kvitansiya va dublikat kalitlarini boshqa bankka topshirish haqidagi xat va ushbu kalitlarni saqlash uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida 004-shakldagi kvitansiya vaqtincha rahbarlik lavozimiga tayinlangan shaxsga topshiriladi. Mazkur jarayon pul omborlarining asosiy kalitlari hamda bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning bir mansabdor shaxsdan ikkinchisiga topshirish yoki qabul qilib olish bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni topshirish-qabul qilish bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
(233-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
234. Pul ombori, seyf yoki metall shkaflarning kalitlari yo‘qolib qolgan yoki ishga yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bunday ishlarga faqat sinalgan va bu ish bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan mutaxassislar jalb etilishi shart.
Bank rahbari tomonidan tayinlangan komissiya qulfning ichki tuzilmasi o‘zgartirilganligi va yangi kalitlar tayyorlanganligi haqida dalolatnoma tuzishi shart. Unda qulfning ichki tuzilmasini o‘zgartirish va yangi kalitlar tayyorlash sabablari, bu ishlarni bajargan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda tegishli ruxsatnomaga ega ekanligi ko‘rsatilishi lozim. Ushbu dalolatnoma bank rahbarining maxsus yig‘majildida saqlanadi.
235. Kirim, chiqim va qayta sanash kassalariga o‘rnatilgan maxsus stollarning dublikat kalitlari alohida qopga solinib, uch moddiy javobgar shaxslarning surg‘uchli muhrlari bilan muhrlangan, lekin bank balansida aks ettirilmagan holda ushbu bankning pul omborida saqlanishiga ruxsat etiladi.
236. Pul omboriga faqat pul ombori eshigining kalitlari va surg‘uchli muhrlariga ega bo‘lgan (yoki tegishli dasturiy ta’minotga biometrik belgilari kiritilgan) moddiy javobgar shaxslar birgalikda (bir vaqtda) kirib-chiqishlari shart.
Bankning boshqa xodimlari (agar ularga aylanma kassada kassa operatsiyalarini bajarish huquqi berilgan bo‘lsa) pul omboriga faqat bank rahbarining ruxsati bilan moddiy javobgar shaxslar ishtirokida kirib-chiqishlari mumkin.
237. Bank pul omborlari doimo qulflangan bo‘lishi, u erda naqd pul va boshqa qimmatliklar mavjud bo‘lgan taqdirda esa, moddiy javobgar shaxslarning surg‘uchli muhrlari bilan muhrlab qo‘yilishi shart.
238. Pul omborlarini bank ish kuni boshida qo‘riqlash xizmatidan qabul qilib olish, ish kuni oxirida uning eshiklarini muhrlash va qo‘riqlashga topshirish, qo‘riqlash xizmati xodimi ishtirokida amalga oshiriladi. Pul omborini qo‘riqlash xizmati xodimidan qabul qilib olingan (uning eshiklarini amalda ochilgan) vaqti, shuningdek, pul omborini qo‘riqlash xizmati xodimiga topshirilgan (uning eshiklarini yopilgan) vaqti 161-shakldagi kitobda qayd etib borilishi shart.
Bank ish kuni yakunida (shu jumladan, dam olish yoki bayram kunlari) kechki kassa va qayta sanash kassasida yoki pul omboridan tashqarida joylashgan seyfda naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun qoldirilsa, ushbu kassalar eshiklari, shuningdek, pul omboridan tashqarida joylashgan seyf uchun ham alohida 161-shakldagi kitob yuritilishi kerak. Naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlanayotgan kassalar qo‘riqlash xizmatiga topshirilgandan so‘ng, 161-shakldagi kitob kassani qo‘riqlash xizmatiga topshirgan kassa xodimining seyfi yoki metall shkafida saqlanishi lozim.
239. Bank ish kuni davomida naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalari bajarilgan yoki bajarilmaganligidan qat’i nazar, pul omborlari moddiy javobgar shaxslar tomonidan har bir bank ish kunida albatta ochib ko‘rilishi va tekshirilishi shart.
240. Moddiy javobgar shaxslar pul omborini ochishdan avval:
a) qo‘riqlash xizmati xodimi ishtirokida pul omborining eshik va qulflari, eshiklardagi tizimcha o‘tkaziladigan halqa moslamalari buzilmaganligini, shuningdek, tizimcha va surg‘uchli muhrlar izlarining butligini tekshirib ko‘rishlari;
b) kassa mudiri TQP navbatchisiga telefon orqali “maxsus parol” bilan murojaat qilib, pul omborini texnik qo‘riqlash pultidan qabul qilib olishi va bu haqida mazkur Yo‘riqnomaning 38-ilovasidagi kitobga tegishli yozuvlarni qayd etishi;
v) pul ombori eshigiga bog‘langan tizimchaning (tugundan yuqori qismini) bir tomonini qirqib, surg‘uchli muhr izlari tushirilgan taxtachani oladilar. Pul omborining asosiy eshigi kassa mudiriga va bank rahbariga biriktirilgan kalitlar bilan ochilib, (temir panjarali eshik ochilmagan holda) pul omborining devorlari, shifti va poli ko‘zdan kechirilib, pul omboriga kirish uchun urinishlar bo‘lmaganligiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng, temir panjarali eshik bosh buxgalterdagi kalit bilan ochiladi va taxtachadagi surg‘uchli muhrlar izi yo‘q qilinadi;
g) bank filial moddiy javobgar shaxslari 161-shakldagi kitobga tegishli yozuvlarni qayd etgan holda, imzolarini qo‘yib, qo‘riqlash xizmati xodimidan pul omborini qabul qilib olinganliklarini tasdiqlaydilar.
241. Pul omborini ochish jarayonida:
pul ombori eshigi, eshikdagi qulflar, tizimcha o‘tkaziladigan halqa moslamalari, surg‘uchli muhrlar izlari buzilganligi yoki tizimchani uzilganligi aniqlansa;
temir panjarali eshik ochilmagan holda pul omborining devorlari, shifti va poli ko‘zdan kechirilganida pul omboriga kirishga urinish bo‘lganligi aniqlansa, temir panjarali eshikni ochmagan holda, zarur choralarni ko‘rish maqsadida Bosh bankka va Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga bu to‘g‘risida zudlik bilan xabar beriladi.
Shuningdek, mavjud vaziyat, holat batafsil bayon etilgan holda to‘rt nusxada dalolatnoma tuziladi va uni bankning moddiy javobgar shaxslari va qo‘riqlash xizmati vakili imzolaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
242. Bunday holatda jinoyat qidiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv organlari vakillari kelganlaridan so‘ng, ularning kuzatuvi ostida pul omborining eshigi ochiladi. Devor, pol va shiftlarga shikast yetkazilgan bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakilining ruxsatidan so‘ng, pul omboriga kiriladi hamda undagi naqd pul va boshqa qimmatliklar darhol tekshirib ko‘riladi. Pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni tekshirish natijalari bo‘yicha to‘rt nusxada dalolatnoma tuziladi hamda ushbu tekshiruvda ishtirok etgan barcha shaxslar uni imzolaydilar.
(242-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Dalolatnomaning birinchi nusxasi bankda qoladi, ikkinchi nusxasi huquqni muhofaza qilish organlariga va uning uchinchi nusxasi Bosh bankka va to‘rtinchi nusxasi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga taqdim etiladi. Bunday hollarda surg‘uchli muhrlar izi yo‘q qilinmagan holda dalolatnoma bilan birga saqlanishi lozim.
243. Banknotlar bog‘lamini yoki tangalar solingan qoplarni muhrlash yoki plombalash uchun kassirlar va boshqa moddiy javobgar shaxslar bank nomi, kodi yoki tartib raqami tushirilgan shaxsiy plombir yoki klishe bilan ta’minlangan bo‘lishlari lozim.
Har bir moddiy javobgar shaxs, kassa xodimi o‘ziga biriktirilgan ushbu muhrlar, plombirlar, shaxsiy kodli klishelar, bank nomi, kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi tushirilgan to‘rtburchak muhrlar hamda seyflar, metall shkaflarlarning kalitlarini daxlsizligini ta’minlashlari va ulardan begona shaxslarning foydalanishlari uchun imkoniyat qoldirmasliklari kerak.
244. Bankdagi barcha muhrlar, to‘rtburchak muhrlar hamda seyflar va metall shkaflarning kalitlari, plombirlar va klishelarning hisob-kitobini yuritish, ularni kassirdan qabul qilib olinganligi yoki kassirlarga topshirilganligini qayd etib borish, bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan hamda naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarishda ishtirok etmaydigan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
mazkur Yo‘riqnomaning 39-ilovasida keltirilgan muhrlar, to‘rtburchak muhrlar va kalitlar hisobini yuritish hamda ularning harakatini qayd etish daftaridan;
mazkur Yo‘riqnomaning 40-ilovasida keltirilgan plombir va klishelar hisobini yuritish hamda ularning harakatini qayd etish daftaridan foydalaniladi.
245. Bank qayta sanash kassasidagi, kechki kassasida seyflar, metall shkaflardan foydalanuvchi kassa xodimlari o‘zgarganida, ularning eshiklarini kalitlari hamda eshiklarini muhrlashda foydalaniladigan muhrlarning bir xodimdan ikkinchi bir xodimga o‘tishini qayd etish uchun qayta sanash va kechki kassada alohida kitoblar yuritilishi lozim. Ushbu kitoblar kassa mudirida saqlanadi hamda kalit va muhrlarni topshirish, qabul qilish ishlari faqat kassa mudiri orqali amalga oshirilishi kerak.
Kassir vaqtincha ishda bo‘lmagan (betobligi, ta’tilga chiqqan vaqtda) hollarda ushbu kassirga biriktirilgan muhr, to‘rtburchak muhr, plombir va klishe, ularning hisobini yurituvchi bank xodimiga topshirilishi lozim hamda ulardan boshqa kassirni vaqtincha foydalanib turishi man etiladi.
246. Ish jarayonlarida foydalanilmaydigan, ishdan bo‘shagan kassa xodimlarining familiyasi, ismi va otasining ismi tushirilgan, shuningdek, yaroqsiz holga kelgan muhrlar, to‘rtburchak muhrlar, kalitlar, plombirlar va klishelar yo‘q qilinguniga qadar, qopchaga solinib va qopcha og‘zi moddiy javobgar shaxslar tomonidan muhrlangan holda (hisob-kitobga olinmasdan) pul omborida saqlanishi lozim. Ular bank rahbarining buyrug‘iga asosan tuzilgan komissiya tomonidan, belgilangan tartibda yo‘q qilinishi hamda bu haqida tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilishi lozim.
247. Moddiy javobgar shaxslar o‘z ish joylarini tark etayotgan hollarda, naqd pul va boshqa qimmatliklarni, plombir, muhr, to‘rtburchak muhr, klishe hamda seyf, metall shkaf, stol tortmasi kalitlarini ochiq holda qoldirishlari, shuningdek, aravachalarni yoki stol tortmalarini qulflamasdan qoldirishlari va qulflarda kalitlarni qoldirib ketishlari man etiladi.
248. Kassa xodimi ish vaqtida kasal bo‘lib qolsa yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z ish joyini to‘satdan tashlab ketishga majbur bo‘lsa, unga hisobdorlik asosida topshirilgan barcha naqd pul va boshqa qimmatliklar kassa mudiri tomonidan sanab qabul qilib olinishi lozim. Kassir o‘zidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni kassa mudiriga topshirish jarayonida ishtirok etishining imkoni bo‘lmasa, u holda kassirdagi naqd pul va boshqa qimmatliklar bank rahbari tomonidan tayinlangan komissiya ishtirokida sanab, qabul qilinadi hamda bu haqida tegishli dalolatnoma tuziladi. Shuningdek, zarurat tug‘ilgan hollarda naqd pullar va boshqa qimmatliklarni kassa mudirining nazorati ostida sanash uchun kassirlar jalb qilinishi mumkin.
249. Ushbu Yo‘riqnomada qayd etilgan barcha kitoblarning betlari raqamlangan, varaqlaridan tizimcha o‘tkazilib, shnurlangan bo‘lishi lozim. Shuningdek, ushbu kitoblarning oxirgi betiga, kitobdagi raqamlangan betlarning umumiy soni yozib qo‘yilgan va ushbu yozuvlar moddiy javobgar shaxslarning imzolari bilan hamda bank dumaloq muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
14-bob. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni taftish qilish tartibi
250. Bankda naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanayotganligini taftish qilish hamda bajarilgan kassa operatsiyalarini tekshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi lozim:
a) bank rahbarining tegishli buyrug‘iga asosan:
har yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra;
har chorakda kamida bir marta to‘satdan;
bosh buxgalter yoki kassa mudiri almashayotganida yoxud vaqtincha almashayotganida.
Oldingi tahrirga qarang.
b) Bosh bank buyrug‘iga asosan bank rahbari (yoki moddiy javobgarlik yuklatilgan uning o‘rinbosari) almashayotganida yoki vaqtincha almashayotganida.
(250-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Shuningdek, boshqa hollarda Markaziy bank yoki Bosh bank (tijorat bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar filiali) farmoyishlari asosida ham bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklar taftish qilinishi, bajarilgan kassa operatsiyalari tekshirilishi mumkin.
Bunda, bankda naqd pul va boshqa qimmatliklarning butligini taftish qilish, kassa ishining ahvolini o‘rganish bo‘yicha o‘tkaziladigan barcha tekshirishlarni kutilmaganda, to‘satdan o‘tkazilishi tavsiya etiladi.
251. Markaziy bank yoki Bosh bank xodimlari tomonidan bankda naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi bo‘yicha taftish o‘tkazilgan bo‘lib, bankda kassa operatsiyalarini bajarish borasidagi ishlarni qoniqarli ahvolda ekanligi tasdiqlansa, ushbu chorakda takroran chorakli taftish o‘tkazilmasligi mumkin.
Bankda har chorakda kamida bir marta to‘satdan o‘tkaziladigan taftishlarni mazkur Yo‘riqnomaning 250-bandida qayd etilgan boshqa taftishlar bilan birga qo‘shib o‘tkazilishiga ruxsat etilmaydi.
252. Bankda naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi bo‘yicha o‘tkaziladigan taftishlar orasidagi muddat uch oydan oshmasligi lozim.
253. O‘tkazilgan taftish natijalari bo‘yicha “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifi qo‘yilgan bankda naqd pul va boshqa qimmatliklarni taftish qilish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, bankning bosh buxgalterini seyfida, alohida yig‘majildda saqlanishi shart.
254. Bank kassasida taftish o‘tkazish bank rahbari tomonidan chiqarilgan yozma buyruq bilan tayinlangan malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Taftish o‘tkazishga jalb etiladigan xodimlar soni bankda bajarilgan kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
255. Bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni taftish qilish uchun muayyan bilim va tajribaga ega, naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarishga aloqasi bo‘lmagan xodimlar jalb etilishi lozim. Ulardan biri taftish guruhi rahbari etib tayinlanadi hamda taftishning to‘g‘ri tashkil etilishi va belgilangan qoidalarga muvofiq o‘tkazilishi uchun javobgar hisoblanadi.
256. Bank rahbari almashayotganida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish va topshirish munosabati bilan o‘tkaziladigan taftish, tegishli bank Boshqaruvi raisining (yoki uning o‘rinbosari) buyrug‘i bilan tayinlangan Bosh bank mas’ul xodimi boshchiligidagi komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Bankning bosh buxgalteri yoki kassa mudiri almashtirilayotganida, naqd pul va boshqa qimmatliklarni bir moddiy javob shaxsdan qabul qilib olinishi hamda ikkinchi bir moddiy javobgar shaxsga topshirilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan taftishda Bosh bank yoki uning hududiy boshqarmasi mas’ul vakili ishtirok etishi lozim.
257. Bankning rahbari, bosh buxgalteri yoki kassa mudiri egallab turgan lavozimidan ozod etilganida, bank kassadagi naqd pul va boshqa qimmatliklar to‘liq, birma-bir va donalab qayta sanalishi shart.
Bosh bank rahbari tomonidan moddiy javobgar shaxslardan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish — topshirish to‘g‘risidagi buyrug‘ida belgilangan muddati bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni to‘liq, birma-bir va donalab qayta sanash uchun yetarli bo‘lmasa, belgilangan muddat uzaytirilishi mumkin.
258. Ushbu bankda ishlamaydigan, lekin taftish o‘tkazishga belgilangan tartibda jalb qilingan shaxslarni, Bosh bank rahbarining (yoki uning o‘rinbosari) imzosi qo‘yilgan va bankning dumaloq muhri bilan tasdiqlangan guvohnoma hamda kassa tarmog‘iga kirish uchun ruxsatnoma berilgan taqdirda, kassada o‘tkaziladigan taftishda ishtirok etishga ruxsat etiladi.
Taftish o‘tkazishga jalb etilgan va kassaga kirishga ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslarga vaqtinchalik (taftish o‘tkazish muddatiga) ruxsatnoma beriladi.
259. Taftish moddiy javobgar shaxslar ishtirokida o‘tkaziladi. Moddiy javobgar shaxs turli sabablarga ko‘ra taftish jarayonlarida ishtirok etmagan bo‘lsa, bu haqida dalolatnomada alohida qayd etilishi lozim.
260. O‘tkaziladigan taftishlar bankda kassa operatsiyalarini bajarilishiga, mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatishga xalaqit bermasligi lozim.
261. Taftish guruhi rahbari kassa tarmog‘iga kirib, taftishni boshlagan zahoti barcha pul omborlarini o‘zining surg‘uchli muhri bilan muhrlaydi, aylanma kassada bajarilayotgan barcha kassa operatsiyalarini esa o‘z nazoratiga olib, kechki kassa va qayta sanash kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni ham taftish qiladi.
262. Kassadagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklar to‘liq taftish qilib bo‘linguniga qadar, moddiy javobgar shaxslarning pul omborlariga kirib-chiqishlari, shuningdek, naqd pul va boshqa qimmatliklarni pul omboridan olib chiqish yoki olib kirish faqat taftish guruhi rahbarining kuzatuvi, nazorati ostida amalga oshirilishiga ruxsat etiladi. Kassadagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank ish kunining oxirigacha taftish qilishning imkoni bo‘lmasa, ish kuni oxirida taftish guruhi rahbari moddiy javobgar shaxslar bilan birgalikda pul omborlarini hamda naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlanayotgan seyflarni muhrlab, belgilangan tartibda qo‘riqlash xizmatiga topshiradi.
Taftish guruhi rahbarining muhri taxtachaga moddiy javobgar shaxslarning muhrlaridan oldin qo‘yilib, muhr namunasi bankdagi qo‘riqlash xizmati xodimiga topshiriladi va uni qabul qilib olganligi to‘g‘risida undan tilxat olinadi.
263. O‘tkaziladigan taftish barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarning aynan bir sanadagi (holatdagi) qoldig‘ini shunday ketma-ketlik bilan tekshirish orqali o‘tkazilishi kerakki, bunda o‘g‘rilik, naqd pul va boshqa qimmatliklar kamomadini yashirish uchun hech qanday imkoniyat qoldirilmasligi lozim.
264. Taftishning dastlabki bosqichida bankdagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarning summalari ularning bog‘lamlari, ustki nakladkadagi yozuvlari, qopchalarga biriktirilgan yorliqdagi yozuvlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shundan so‘ng, taftish o‘tkazilayotgan kunda ushbu hisob-kitoblar amalga oshirilguniga qadar bajarilgan kirim va chiqim kassa operatsiyalari summasi inobatga olingan holda naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldiqlari hisoblab chiqiladi. Hisoblangan qoldiq summalar tegishli kassa kitobidagi yozuvlar hamda mos balans va balansdan tashqari hisobvaraqlarda qayd etilgan summalar bilan taqqoslab ko‘riladi.
(264-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
265. Bankda taftish o‘tkazish mobaynida naqd pullar va boshqa qimmatliklarning qoldiqlarini, tegishli kassa kitoblaridagi yozuvlar hamda balans va balansdan tashqari hisobvaraqlardagi summalar bilan taqqoslash ishlari mazkur Yo‘riqnomaning 219-bandida qayd etilgan tartibda amalga oshirilishi kerak.
(265-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Taqqoslash natijasida tafovutlar aniqlanmasa, bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni birma-bir, donalab qayta sanash ishlari boshlanadi.
266. Moddiy javobgar shaxslarning almashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan taftishlar davrida nazoratda qayta sanash ishlari taftish guruhi rahbari tomonidan belgilangan naqd pul va boshqa qimmatliklar (miqdori, turi) ustida olib borilishi mumkin.
Shuningdek, bankdagi o‘rami buzilgan va ustki nakladkasi (yorlig‘i) noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bog‘lamlardagi naqd pul va boshqa qimmatliklar to‘liq qayta sanalishi lozim. Bunda:
taftish o‘tkazuvchi, kassirga naqd pullarni birma-bir qayta sanash uchun berayotgan vaqtda pul bog‘lami orasidan bitta dastani olib, dastadan banderolni ajratgan holda naqd pullarning ma’lum bir qismini nazorat uchun o‘zida olib qoladi. Kassir naqd pulni sanab bo‘lgach, amalda chiqqan summa va uning sonini taftish o‘tkazuvchiga aytadi. Taftish o‘tkazuvchi nazorat uchun o‘zida qoldirgan naqd pul summasi hamda pullar sonini kassir sanagan naqd pul summasi va soniga qo‘shadi, chiqqan umumiy summani banderolda qayd etilgan summa bilan taqqoslaydi;
kassir tomonidan nazoratda qayta sanalayotgan naqd pullar to‘g‘ri chiqqanida, nazorat uchun tekshiruvchida qolgan naqd pullar kassirga qayta sanash va dastalash uchun qaytarib beradi;
sanalayotgan dastadagi pullarning summasi va uning banderolida qayd etilgan summa o‘rtasida tafovut mavjudligi ya’ni, kamomad yoki ortiqcha pullar aniqlansa, avval taftish o‘tkazuvchi tomonidan, so‘ngra naqd pullarni sanayotgan kassir tomonidan ushbu pullar qayta sanab ko‘riladi;
bog‘lamdagi pul dastalarining banderollari, ustki nakladkasi va qirqib olinmagan plombali tizimcha (polietilen paket) bog‘lamdagi barcha naqd pullar to‘liq sanab bo‘linguniga qadar taftish o‘tkazuvchida saqlanishi lozim. Alohida hollarda esa naqd pullarni avval dastalagan kassirlarga o‘zlari nazoratda qayta sanashlari uchun ruxsat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
267. Taftish davomida naqd pullar bog‘lami yoki dastasida kamomad, ortiqcha, to‘lovga yaroqsiz yoki qalbaki pullar mavjudligi tasdiqlansa, qayd etilgan holatlar bo‘yicha 145-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Aniqlangan “qalbaki” yoki “to‘lovga yaroqsiz” pullar bo‘yicha esa bankda 90145 — “To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar” balansdan tashqari hisobvarag‘i bo‘yicha kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi shart.
(267-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aniqlangan kamomad summasi 19935 — “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad” hisobvarag‘ida hisobga olinib, kassa xatoligiga yo‘l qo‘ygan kassirdan to‘liq undiriladi. Aniqlangan ortiqcha pul summasi esa 29816 — “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar” hisobvarag‘ida hisobga olinib, uning summasi bank foydasiga kirim qilinadi.
(267-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Shuningdek, qalbaki pul bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 81-bandi talablariga binoan tegishli choralar ko‘rilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
268. “Davlat belgisi” DUKning o‘ramidagi naqd pullarni qayta sanash jarayonida kamomad, ortiqcha yoki nuqsonli pullar aniqlansa 145-shakldagi dalolatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomaning birinchi nusxasi “Davlat belgisi” DUKga, ikkinchi nusxasi Markaziy bank tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga yuboriladi. Rasmiylashtirilgan dalolatnomaning uchinchi nusxasi chiqim kassa orderi bilan birga kamomad yoki nuqsonli pulni aniqlangan bankning kunlik kassa hujjatlariga tikiladi.
“Davlat belgisi” DUKning o‘ramidagi naqd pullar bo‘yicha tuzilgan 145-shakldagi dalolatnoma bilan birga taqdim etilgan ashyoviy dalillarga (pul bog‘lamining polietilen paketi, pul bog‘lamiga tegishli 10 ta banderol va ustki nakladka) asosan kamomad yoki nuqsonli pullar “Davlat belgisi” DUKga taqdim etiladi. Bankda “Davlat belgisi” DUKning o‘ramidan aniqlangan kamomad yoki nuqsonli pullar “Davlat belgisi” DUK tomonidan naqd pulsiz hisob-kitob orqali qoplab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Davlat belgisi” DUKning o‘ramidagi naqd pullar bog‘lamidan ortiqcha pullar aniqlansa, tuzilgan 145-shakldagi dalolatnomaga asosan, ortiqcha pullar summasi 29816 — “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar” hisobvarag‘ida hisobga olinib, uning summasi Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining tegishli hisobvarag‘iga naqd pulsiz hisob-kitob orqali o‘tkazib beriladi.
(268-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
269. Taftish davomida qayta sanash kassasidagi inkassatsiya sumkalaridan (qoplaridan) chiqqan naqd pul va boshqa qimmatliklar taftish guruhi rahbari tomonidan belgilangan miqdorda birma-bir, donalab sanalgan holda tekshiriladi.
Qayta sanash kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar — mazkur Yo‘riqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan ilova qaydnomasi, 15-ilovasidagi ma’lumotnoma, 16-ilovasidagi jurnal va 18-ilovasidagi ma’lumotnoma bilan taqqoslanadi.
270. Chet el valyutasi va chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari bog‘lamlar, dasta va qoplarga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlar va ustki nakladkalaridagi yozuvlari bo‘yicha tekshiriladi.
Chet el valyutasi va chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari birma-bir va donalab sanalishi lozim. Zarur hollarda, chet el valyutasi va chet el valyutasidagi qimmatliklarni to‘lovga yaroqli ekanligini tekshirish hamda nazoratda qayta sanashga, valyuta ayirboshlash shoxobchasi kassirlari ham jalb etilishi mumkin.
271. Bankda saqlanayotgan barcha qimmatliklar ularning nominal qiymatlari yoki shartli baholari bo‘yicha — taftish rahbari yoki bank rahbari tomonidan belgilangan miqdorda donalab yoki birma-bir tekshirilishi lozim.
272. Bankda mavjud bo‘lgan naqd pul va boshqa qimmatliklar qayta sanalganidan so‘ng, aniqlangan kamomad yoki ortiqcha pullar summasi inobatga olingan holda taftish o‘tkazuvchilar tomonidan haqiqatda mavjud bo‘lgan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasi tegishli kassa kitoblaridagi yozuvlar bilan hamda kunlik balans ma’lumotlari bilan taqqoslanishi lozim.
273. Buxgalteriya bo‘limi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan (kirim yoki chiqim kassa jurnalida qayd etilmagan, bankning mas’ul xodimlari, shuningdek, mijoz tomonidan imzolanmagan va tegishli buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilmagan) kassa hujjatlarining summalari kassa qoldig‘ini hisoblashda inobatga olinmaydi va kassirdan chiqqan kamomad (yoki ortiqcha) deb hisoblanadi.
274. Naqd pullar bog‘lami, dastasi orasidan kamomad yoki ortiqcha pullar chiqsa, ushbu bog‘lamni shakllantirgan kassir tomonidan dastalangan barcha bog‘lamlar birma-bir qayta sanab chiqilishi talab etiladi. Qopdagi tangalar kam yoki ortiqcha chiqqanda ham undagi tangalar, agar taftish guruhi rahbari lozim topsa shu tarzda qayta sanalib, tekshirib chiqiladi.
275. Moddiy javobgar shaxslarning almashtirilishi munosabati bilan taftish o‘tkazilayotgan vaqtda (naqd pul va boshqa qimmatliklar to‘liq tekshirilib, ularni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangunga qadar) naqd pul va boshqa qimmatliklarning saqlanishi hamda ular bilan kassa operatsiyalarini bajarishga doir barcha hujjatlar, naqd pul va boshqa qimmatliklarni topshiruvchi moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanishi lozim.
276. Bankda har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladigan taftishlar davomida:
kassa ishining qanday tashkil etilganligi;
xavfdan va yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalarining ahvoli;
bank binosiga kirib-chiqish tartibiga rioya etilishi;
kalitlar, muhrlar, to‘rtburchak muhrlar, plombir va klishelar hisobining yuritilishi;
inkassatsiya qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank kassasiga qabul qilish tartibiga rioya etilishi ham o‘rganilishi lozim.
277. Taftish mobaynida pul omboridan qayta sanash uchun olib chiqilgan, shuningdek, pul omboriga qaytarib topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasi hamda ularning olib chiqishga asos bo‘lgan hujjat, mazkur Yo‘riqnomaning 41-ilovasida keltirilgan 123-shakldagi pul omboridan nazoratda qayta sanash uchun olib chiqilgan hamda pul omboriga qaytarilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayd etish kitobida qayd etilishi shart. Bunda, qayta sanash kassasining nazoratchisi 123-shakldagi kitobga imzo qo‘ygan holda naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib oladi.
278. Bank tekshiruvchisi tomonidan tanlab olingan pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning turlari, naqd pullarning nominal qiymatlari, ularni olib chiqish sabablari, qaysi tashkilot tomonidan tekshirilayotganligi 123-shakldagi kitobga qayd etilib, nazoratchi kassirning (ularni qabul qilib olganligini tasdiqlab) imzosi qo‘yilganidan so‘ng, qayta sanash kassasiga olib chiqiladi.
Pul omborida saqlanadigan 123-shakldagi kitob faqat kassa mudiri tomonidan to‘ldirilishi lozim.
279. Nazoratda qayta sanash uchun olib chiqilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash kassasining nazoratchisi kassa mudirining 155-shakldagi kitobiga imzo qo‘ygan holda qabul qilib oladi. Shundan so‘ng, qayta sanash kassasi kassirlariga pul omboridan olib chiqilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni tarqatib, ularning 175-shakldagi nazorat varaqasida qayd etilgan (qayta sanash uchun ular nazoratchidan olgan) summani tasdiqlab, imzolaydi.
Qayta sanash kassasining kassirlari tomonidan nazoratda qayta sanalgan naqd pul va boshqa qimmatliklar 175-shakldagi nazorat varaqasiga qayd etilgan holda kassa mudiriga qaytarib topshiriladi.
Nazoratda qayta sanab bo‘lingan naqd pul va boshqa qimmatliklarning pul omboriga qaytarilishi uchta moddiy javobgar shaxsning 123-shakldagi kitobga qo‘ygan imzolari bilan tasdiqlanishi lozim.
280. Nazoratda qayta sanash moddiy javobgar shaxslardan birining ishtirokida yoki naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarilishiga aloqasi bo‘lmagan bank xodimi yoki shu ish uchun mas’ul etib tayinlangan xodim ishtirokida amalga oshiriladi.
Qayta sanash uchun ajratilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar ularni nazoratda qayta sanagan kassirlar tomonidan belgilangan tartibda o‘rab-bog‘lanadi. Bunda, banderol, ustki nakladka va yorliqlarning chap qismiga “Nazoratda qayta sanaldi” degan to‘rtburchak muhr bosiladi.
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni nazoratda qayta sanash jarayonida hosil bo‘lgan to‘liq shakllantirilmagan pul bog‘lamlarini qo‘shish va umumlashtirish, qayta sanash kassasi nazoratchisi ko‘rsatmasiga asosan, tanlangan kassir tomonidan amalga oshiriladi.
281. Bank tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishini hamda kassa ishining ahvolini o‘rganish bo‘yicha o‘tkaziladigan taftishlar natijasi bo‘yicha rasmiylashtiriladigan dalolatnomalarga har yangi yilning birinchi yanvaridan boshlab yangidan (1 dan boshlab o‘sib borish tartibida) tartib raqamlari qo‘yib borilishi shart.
282. Taftish, tekshirish davomida bankda naqd pul va boshqa qimmatliklar kamomadi talon-toroj, mas’uliyatsizlik yoki o‘g‘rilik natijasida kelib chiqqanligi aniqlansa, taftish o‘tkazuvchi bu to‘g‘risida darhol bank rahbarini hamda Bosh bankning mas’ul xodimlarini xabardor qiladi. Ular tomonidan bir qarorga kelingunga qadar, kamomadga yo‘l qo‘ygan bank xodimi naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan ishlashdan chetlashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Talon-toroj, o‘g‘rilik va suiiste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa holatlar natijasida aniqlangan naqd pul va boshqa qimmatliklar kamomadi, uning hisobi yuritilgan tegishli hisobvaraqdan hisobdan chiqariladi hamda ushbu kamomad aybdor shaxsdan undirib olingunga qadar 19908 — “Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Bunday holatda bankning jiddiy xato va kamchilikka yo‘l qo‘ygan ushbu kassiri tomonidan o‘rab-bog‘lagan naqd pul va boshqa qimmatliklar bog‘lamlari to‘liq qayta sanalishi shart.
(282-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
283. Talon-toroj, o‘g‘rilik yoki boshqa suiiste’mol hollari bilan bog‘liq, shuningdek, kamomadga doir barcha yozishmalar, kamomad summasi to‘liq undirib olinganidan yoki ushbu kamomad summasi bank balansidan chiqarilganidan so‘ng, bank arxiviga topshiriladi.
284. Pul omboridagi naqd pul cheki, tijorat bankining hisob-kitob cheki va kvitansiya daftarchalarining bog‘lamlarini taftish qilish jarayonida maxsus ajratilgan nazoratchi kuzatuvida kassir tomonidan ushbu chek va kvitansiya daftarchalaridagi alohida bog‘lamlarning har bir bog‘lamidagi daftarchalar soni va har bir daftarchadagi varaqlar soni, ulardagi raqamlar ketma-ketligi, foydalanishga yaroqliligi tekshirib ko‘rilishi lozim.
Pul omboridagi naqd pul cheki, tijorat bankining hisob-kitob cheki va kvitansiya daftarchasining nuqsonli ekanligi aniqlansa, unda dalolatnoma tuzilib, uning nuqsonlari batafsil qayd etilishi hamda bankning moddiy javobgar shaxslari tomonidan dalolatnoma imzolanishi va nuqsonli daftarcha tegishli dalolatnoma bilan birga, alohida saqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Yaroqsiz holga keltirilgan naqd pul chek daftarchasi bank rahbarining buyrug‘iga asosan tashkil etilgan maxsus komissiyasi tomonidan yo‘q qilinguniga qadar, har bir naqd pul chek daftarchasi (unda qancha varaq mavjudligidan qat’i nazar) 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvarag‘ida shartli “1 so‘m” bahosida hisobga olinadi.
(284-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
285. Bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklar taftish qilinganligi bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma taftishda ishtirok etgan barcha xodimlar hamda bankning moddiy javobgar shaxslari tomonidan imzolanadi.
Naqd pul va boshqa qimmatliklar orasidan kamomad (ortiqcha) chiqqanda, hisob-kitoblarda tafovut mavjudligi yoki ularni but saqlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanganda tuzilgan dalolatnomaning bir nusxasi Bosh bankka jo‘natilishi shart.
286. Bosh bank mutasaddi xodimlari hamda bank rahbari o‘tkazilgan taftish va tekshiruv natijalarini zudlik bilan ko‘rib chiqishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularni kelgusida takrorlamaslik yuzasidan tegishli choralarni ko‘rishlari lozim.
15-bob. Naqd pullarni ekspertiza qilish tartibi
287. O‘zbekiston Respublikasida naqd pullarning to‘lovga yaroqli ekanligi mazkur Yo‘riqnomaning 25-ilovasida keltirilgan mezonlarga asosan aniqlanadi.
288. Bank kassirlari naqd pullarni qayta sanab qabul qilish ishlarini pul sanash mashinkalarida bajarganliklari yoki mijozlar tomonidan saralangan pullarni qabul qilganliklari kassirlarni naqd pullarning haqiqiyligini va to‘lovga yaroqliligini aniqlash mas’uliyatidan ozod etmaydi.
289. To‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan, “qalbaki” va “to‘lovga yaroqsiz” naqd pullar bank tomonidan to‘lovga qabul qilinmaydi yoki almashtirib berilmaydi.
Bank kassasiga “qalbaki” yoki “to‘lovga yaroqsiz” toifasiga mansub bo‘lgan pullarni “to‘lovga yaroqli” pul deb qabul qilgan kassirlar, o‘zlari qabul qilgan “qalbaki” yoki “to‘lovga yaroqsiz” pullarning umumiy summasi bo‘yicha moddiy javobgar hisoblanadilar.
290. Bank kassalariga qabul qilib olinayotgan naqd pullarni to‘lovga yaroqsiz ekanligi aniqlansa, bu to‘g‘risida mijozga ma’lum qilinishi va uning sabablari asosli tarzda tushuntirib berilishi shart.
Mijoz kassa xodimlarining tushuntirishlarini asosli ekanligiga va topshirayotgan naqd pulini to‘lovga yaroqsiz ekanligiga ishonch hosil qilsa, unda to‘lovga yaroqsiz banknotga “Almashtirib berish rad etildi” degan bank nomi tushirilgan to‘rtburchak muhr bosiladi hamda sana va ushbu qarorni qabul qilgan kassa xodimining imzosi qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday pullarning nominal qiymati va umumiy summasi qanchaligidan qat’i nazar, ularning har bir donasi “1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda 90145 — “To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar” balansdan tashqari hisobvarag‘iga kirim qilinishi shart. Agarda, pulning “qalbaki” ekanligi aniqlansa, unda mazkur Yo‘riqnomaning 81-bandi talablariga binoan tegishli choralar ko‘rilishi lozim.
(290-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
291. Bank kassa xodimlari qabul qilib olinayotgan naqd pulning juda ham siyqalanganligi, jiddiy shikastlangan yoki turli sabablarga ko‘ra rangi keskin o‘zgarib, ayrim himoya belgilari mavjudligini aniqlash qiyin bo‘lgan hollarda, ya’ni banknotni “to‘lovga yaroqli” ekanligiga to‘la ishonch hosil qila olishmasa yoki mijozga u topshirayotgan naqd pulni “to‘lovga yaroqsiz” ekanligini asoslab berish qiyin bo‘lgan vaziyatlarda, mijozning arizasiga muvofiq, ushbu pul ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank buxgalteriya bo‘limining mas’ul xodimi shubhali banknot yoki tangani ekspertizaga qabul qilish to‘g‘risidagi mijozning arizasiga asosan 90141 — “Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” balansdan tashqari hisobvarag‘i bo‘yicha kirim kassa orderini rasmiylashtirib, shubhali banknotlar va tangalar nominal qiymati bo‘yicha (boshqa qimmatliklar esa har bir donasi “1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda) hisobga olinishi lozim. Bunda, naqd pullarni ekspertizaga qabul qilinganligi haqida mijozga 004-shakldagi kvitansiya rasmiylashtirib beriladi.
(291-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
292. Bankda 90141 — “Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” balansdan tashqari hisobvarag‘i bo‘yicha kirim kassa orderi uch nusxada rasmiylashtiriladi. Uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga, ikkinchi nusxasi buxgalteriyaning kunlik hujjatlari yig‘majildiga tikish uchun, uchinchi nusxasi esa ekspertizaga qabul qilingan pullar bilan birga kassada saqlanadi.
Inkassatsiya qilingan naqd pullarni qayta sanashda yoki taftish, tekshiruv va boshqa hollarda naqd pullarning to‘lovga yaroqli ekanligi shubha tug‘dirsa hamda ularni ekspertizadan o‘tkazish zarurat degan xulosaga kelinsa, bunday banknot va tangalar ham 90141 — “Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” balansdan tashqari hisobvarag‘iga kirim qilinishi lozim.
(292-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
293. Naqd pullar ekspertizaga qabul qilingan kundan boshlab, 10 kundan kechiktirilmagan holda, bankning yozma murojaati va mijoz arizasining nusxasi bilan birga, inkassatorlar guruhining navbatdagi tashrifida Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining Hisob-kitob kassa markaziga (keyingi o‘rinlarda HKKM deb yuritiladi) jo‘natilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
294. Ekspertizaga jo‘natilayotgan naqd pullar sumkaga (qopga) joylangach, uning og‘zi bank rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudirining surg‘uchli muhrlari bilan muhrlanadi. Bank tomonidan ekspertizaga jo‘natiladigan naqd pullar 90143 — “Ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” balansdan tashqari hisobvarag‘ida, shubhali banknotlar va tangalar nominal qiymati bo‘yicha (boshqa qimmatliklar esa har bir donasi “1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda) hisobga olinadi.
(294-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
295. Ekspertizaga qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklar Markaziy bank Bosh boshqarmasining HKKM tomonidan qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga asosan ushbu jo‘natilgan shubhali naqd pullar 90143 — “Ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” balansdan tashqari hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi.
(295-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
296. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan ekspertizaga qabul qilingan naqd pullarning to‘lovga yaroqli ekanligini aniqlashda va asoslangan qaror qabul qilishda qiyinchilik tug‘ilsa, u holda ushbu shubhali naqd pullar Markaziy bankning naqd pul muomalasini tashkil etish departamentiga ekspertizaga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, shubhali naqd pullar Markaziy bankning inkassatsiya xizmati orqali kuzatuv xatiga ilova qilingan holda, konvertga solinib, muhrlangan holatda yuboriladi hamda yuborilgan shubhali naqd pullar Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi HKKMga kirim qilinadi.
Qabul qilingan va yuborilgan shubhali naqd pullar bo‘yicha Markaziy bankning bosh boshqarmalari XHKM tomonidan tegishli buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi.
Markaziy bankning Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti tomonidan shubhali naqd pullar tegishli farmoyish asosida “Davlat belgisi” DUKga ekspertizadan o‘tkazish uchun yetkaziladi.
“Davlat belgisi” DUK tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijalariga ko‘ra, naqd pullar haqiqiy deb topilsa, ekspertiza xulosasi ushbu naqd pullarni ekspertizaga yuborgan Markaziy bankning bosh boshqarmasi HKKMga va Naqd pul muomalasini tashkil etish departamentiga yuboriladi.
Haqiqiy deb topilgan naqd pullar kuzatuv xatiga ilova qilingan holda, konvertga solinib, muhrlangan holatda Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi HKKMga yetkaziladi.
“Davlat belgisi” DUK tomonidan shubhali naqd pullar “haqiqiy emas” yoki “qalbaki” deb topilgan hollarda, kuzatuv xati orqali ekspertiza xulosasi va shubhali naqd pullar konvertga solinib, muhrlangan holatda Ichki ishlar bo‘linmalariga xabar berish uchun naqd pullarni yuborgan Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi HKKMga jo‘natiladi.
(296-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-noyabrdagi 39/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-8, 03.01.2024-y.) asosan ikkinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 10/24/3028-8/0024-son)
297. Ekspertiza natijasiga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
naqd pullarni “to‘lovga yaroqsiz” yoki “qalbaki” ekanligi aniqlansa, ularni almashtirib berish rad etiladi. Bunday banknot va tangalar Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining HKKMdagi 90146 — “Yo‘q qilish uchun muomaladan qaytarib olingan to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar” balansdan tashqari hisobvarag‘iga, ularning har bir donasi “1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda kirim qilinadi. Ushbu “to‘lovga yaroqsiz” yoki “qalbaki” pullar ularni ekspertizaga jo‘natgan bankka, uni ekspertizaga topshirgan mijozga qaytarib berilmaydi;
(297-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
naqd pullar “to‘lovga yaroqli” deb topilsa, ular Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining HKKMda “eskirgan” pullar toifasiga o‘tkaziladi. Ushbu shikastlangan, lekin “to‘lovga yaroqli” deb topilgan pullar summasi, ularni ekspertizaga jo‘natgan bankka naqd pulsiz hisob-kitob orqali o‘tkazib beriladi hamda ushbu mablag‘lar uni topshirgan mijoz hisobvarag‘iga kirim qilib beriladi.
298. Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi tegishli tijorat banki filialiga ekspertiza natijasini yozma ravishda ma’lum qiladi.
Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan chiqarilgan ekspertiza xulosasi tegishli bank uchun yakuniy xulosa hisoblanadi.
Ekspertiza natijalari shubhali naqd pullarni ekspertizaga topshirgan shaxsga (mijozga) unga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan yozma ravishda ma’lum qilinadi.
16-bob. Inkassatsiya xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
299. Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini o‘z vaqtida inkassatsiya qilish va daxlsizligini ta’minlagan holda belgilangan manzillarga yetkazib berish maqsadida inkassatsiya xizmatlari tashkil etiladi.
(299-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(300-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
301. Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish, shuningdek, bank yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlari bilan tuzilgan shartnomaga asosan ularning vakili tomonidan qabul qilib olingan qimmatliklarni kuzatib borish ishlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
(301-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
302. Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarida maxsus tezkor (operativ) avtotransport vositasi sifatida ro‘yxatga olingan avtotransport vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(303-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
304. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish va inkassatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajaruvchi inkassatsiya xizmatining har bir xodimi bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilishi lozim.
(304-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
305. Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalarini mas’ul tarkibiy bo‘linmalari Markaziy bankning “Respublika inkassatsiya xizmati” davlat unitar korxonasi (bundan buyon matnda Respublika inkassatsiya xizmati deb yuritiladi) ishini muntazam ravishda tekshirib va nazorat qilib borishlari shart. Tekshiruv jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar Markaziy bankka hamda Respublika inkassatsiya xizmatiga yozma ravishda ma’lum qilinishi lozim. Respublika inkassatsiya xizmatining mas’ul xodimlari aniqlangan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rishlari kerak.
(305-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
17-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish
306. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul tushumlarini inkassatsiya xizmati xodimlari tomonidan qabul qilib olish va ularni bank kassasiga yetkazib berish mijoz, inkassatsiya xizmati va bank o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(306-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
307. Doimiy naqd pul tushumlariga ega bo‘lgan va inkassatsiya xizmati bo‘limi bilan shartnoma tuzgan xo‘jalik yurituvchi subyektga, har oyda xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasidagi tashrif varaqasi ochilib, unga:
inkassatsiya bo‘limi, mijoz va unga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi;
inkassatsiya yo‘nalishi raqami va tashrif varaqasi qaysi oy uchun ochilganligi;
mijoz rekvizitlari (joylashgan manzili, bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, ishning tugash vaqti, oddiy va dam olish kunlari uchun tashrif vaqti);
mijoz ro‘yxatga olingan tartib raqami va unga biriktirilgan inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) raqami;
mijozning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilishni davriyligi qayd etiladi.
308. Tashrif varaqasi inkassatsiya bo‘limi, mijoz va unga xizmat ko‘rsatuvchi (yoki mijoz naqd pul tushumlari inkassatsiya qilinadigan) bank rahbarlari tomonidan imzolanib, muhrlangach to‘liq rasmiylashtirilgan hisoblanadi.
309. Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan va tushum pullarini inkassatsiya xizmati orqali topshiruvchi har bir xo‘jalik yurituvchi subyektga, uning naqd pul tushumining hajmiga qarab kerakli miqdorda (kamida 3 ta) “BANK” so‘zi yozilgan inkassatsiya sumkalari (qoplari) beriladi. Har bir inkassatsiya sumkasiga (qopiga) kasr sonli raqam qo‘yilib, bunda, suratdagi raqam mijozning ro‘yxatdagi tartib raqamini, maxrajdagi raqam esa mijozga biriktirilgan sumkaning (qopning) tartib raqamini bildiradi. Bundan tashqari, dam olish va bayram kunlari o‘z naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmatiga topshiruvchi mijozlarga “D” harfi qayd etilgan sumkalar (qoplar) ham berilishi lozim.
310. Naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati orqali topshirmoqchi bo‘lgan har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z plombirining aniq izi tushirilgan ikkita plomba namunasini alohida tizimchalarda inkassatsiya bo‘limiga topshiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning naqd pul tushumi solingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) bozor yoki savdo majmuasi hududida tashkil etilgan inkassatsiya punktlariga topshirilsa, mijoz plomba namunalarini uch nusxada topshiradi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning plomba izida, ushbu xo‘jalik subyektining qisqartirilgan nomi qayd etilgan bo‘lishi lozim.
311. Inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i mijozning plomba izi namunasi aniq tushirilganligini tekshirgach, xo‘jalik yurituvchi subyekt plomba izi namunasi bosilgan har bir tizimchaning quyi qismiga o‘z plomba izi namunasini bosadi. Inkassatsiya bo‘limining mas’ul xodimi plomba izi namunasi bosilgan tizimchani bank kassa mudiriga beradi. Kassa mudiri mijozning va inkassatsiya bo‘limi boshlig‘ining plomba izlari aniq tushirilganligini tekshirgach, har bir tizimchaning quyi qismiga o‘z plomba namunasini bosadi. Kassa mudiri plomba izi namunalari bosilgan tizimchalarning bittasini o‘zida olib qoladi va plomba izi namunalari bosilgan boshqa tizimchalarni inkassatsiya bo‘limining mas’ul xodimiga qaytarib beriladi.
312. Kassa mudiri ushbu plomba izi namunasi bosilgan tizimchani kechki kassa xodimlariga — inkassatorlar guruhidan mijozning naqd pul tushumi solingan sumkalarini (qoplarini) qabul qilib olish jarayonida inkassatsiya sumkasi (qopi) og‘zidagi tizimchaga bosilgan plomba izi bilan taqqoslab qabul qilish maqsadida beriladi.
313. Inkassatsiya bo‘limining mas’ul xodimi bitta tizimchadagi tasdiqlangan plomba izi namunasini xo‘jalik yurituvchi subyektga beradi. Mijoz naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkasini (qopini) yig‘uvchi inkassatorga topshirish vaqtida, sumka (qop) og‘zidagi tizimchaga bosilgan plomba izini, o‘zining plomba izi namunasi bilan taqqoslab ko‘rishi uchun inkassatorga ko‘rsatadi.
314. Inkassatorlar guruhi yo‘nalishga chiqishdan avval, ushbu Yo‘riqnomaning 121-bandida belgilangan tartibda, bank kassasidan naqd pul tushumlarini yig‘ishda foydalaniladigan bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilib oladi.
315. Xo‘jalik yurituvchi subyekt naqd pul tushumi solingan sumkani (qopni) inkassatsiya punktiga topshirsa, plomba izining uchinchi namunasi, mijozdan qabul qilinayotgan pullik sumka (qop) og‘zidagi plomba izini taqqoslab ko‘rgan holda qabul qilish maqsadida ushbu inkassatsiya punktining inkassatoriga beriladi.
316. Xo‘jalik yurituvchi subyektlardan naqd pul tushumlarini yig‘ish yo‘nalishlarini va tashrif vaqti jadvallarini inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i (o‘rinbosari) tuzib chiqadi. Inkassatorlar guruhining naqd pul tushumiga ega bo‘lgan mijozlarning shoxobchalariga tashrif vaqtlari, bank kassasiga imkon qadar ko‘proq naqd pul tushumlarini yig‘ib kelishni ko‘zlagan holda belgilanishi kerak.
317. Yig‘uvchi inkassator mijozning naqd pul tushumi solingan sumkalarini (qoplarini) qabul qilib olish uchun:
fotosurati bo‘lgan xizmat guvohnomasini;
naqd pul tushumi solingan sumkani (qopni) qabul qilib olish va bankka inkassatsiya qilish uchun berilgan mazkur Yo‘riqnomaning 42-ilovasida keltirilgan 173-shakldagi muddatli ishonchnomani;
mijoz uchun rasmiylashtirilgan mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasidagi tashrif varaqasini taqdim etadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning mas’ul xodimi inkassatorga pullik sumkani (qopni) topshirishda tashrif varaqasining tegishli katakchalariga zaruriy yozuvlarni qayd etadi. Mijoz uchun rasmiylashtirilgan tashrif varaqasini inkassator tomonidan to‘ldirilishi taqiqlanadi.
318. Xo‘jalik yurituvchi subyekt vakili naqd pul tushumi solingan inkassatsiya sumkasini (qopini) yig‘uvchi inkassatorga topshirayotgan vaqtida har bir inkassatsiya sumkasi (qopi) uchun quyidagi (komplekt) blanklarni:
mazkur Yo‘riqnomaning 14a-ilovasidagi ilova qaydnomasi;
mazkur Yo‘riqnomaning 14b-ilovasidagi yuk xati;
mazkur Yo‘riqnomaning 14v-ilovasidagi kvitansiyani ketma-ket joylashtirgan holda qora qog‘oz orqali bir yo‘la to‘ldiradi hamda ularni har birini alohida imzolaydi.
Bunda, inkassatsiya sumkasining (qopining) ilova qaydnomasi mijoz tomonidan inkassatsiya sumkasining (qopining) ichki cho‘ntagiga solinadi va sumkaning (qopning) og‘zi plombalanadi. Naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkasining (qopning) yuk xati va kvitansiyasi sumka (qop) bilan birga yig‘uvchi inkassatorga beriladi.
319. Yig‘uvchi inkassator xo‘jalik yurituvchi subyektdan sumkalarni (qoplarni) qabul qilib olishda:
sumkaning (qopning) yaroqliligi va uning butligini;
sumka (qop) og‘zidagi plombalangan tizimchaning butligini, plombir izining aniqligini va uning plomba namunasiga mosligini;
qabul qilinayotgan va topshirilayotgan inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) raqamlarini tashrif varaqasi, yuk xati va kvitansiyada ko‘rsatilgan raqamlarga mos kelishini;
xo‘jalik yurituvchi subyektning mas’ul xodimi tomonidan inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati va kvitansiyasi imzolanganligini;
tashrif varaqasida qayd etilgan summani, inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati va kvitansiyasida qayd etilgan summalarga mos kelishini;
inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati hamda kvitansiyasiga raqam va so‘z bilan yozilgan summalarning o‘zaro mos kelishini tekshiradi.
320. Mijozning naqd pul tushumi solingan inkassatsiya sumkasini (qopini) qabul qilib olishda kamchiliklar aniqlanmasa, yig‘uvchi inkassator inkassatsiya sumkasining (qopning) kvitansiyasini tilxat qismiga qabul qilib olayotgan sumkaning (qopning) raqamini, sanani yozib o‘z imzosini qo‘yadi va yo‘nalish uchburchak muhrini bosib, kvitansiyani xo‘jalik yurituvchi subyektning vakiliga topshiradi. Shundan so‘ng, keyingi ish kunida naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilishda foydalaniladigan bo‘sh sumkani (qopni) mijozga topshiradi.
321. Mijoz milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul tushumlariga ega bo‘lsa, har bir valyuta turi alohida inkassatsiya sumkasiga (qopiga) solingan holda yig‘uvchi inkassatorga topshirilishi lozim.
Yig‘uvchi inkassatorga ikkita va undan ortiq sumkalar (qoplar) topshirilganda yoki inkassatordan ikkita va undan ortiq bo‘sh sumkalar (qoplar) qabul qilib olinganida tashrif varaqasining “naqd pul tushumi solingan sumkaning (qopning) raqami” hamda “inkassatordan qabul qilingan bo‘sh sumkaning (qopning) raqami” degan ustunlariga sumkalar (qoplar) soni so‘z bilan yoziladi.
Yig‘uvchi inkassator mijozdan ikki va undan ortiq sumkalarni (qoplarni) qabul qilayotganida, sumka (qop) raqami va unga solingan naqd pul tushumi umumiy summasini har bir sumkaga (qopga) tegishli yuk xati hamda kvitansiyadagi yozuvlarga qarab, tekshirib qabul qilishi lozim.
Yig‘uvchi inkassator sumkaning (qopning) shikastlanganligini yoki uning hujjatini noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligini aniqlasa, naqd pul tushumi solingan sumka (qopni) qabul qilib olishni to‘xtatadi. Bunda, aniqlangan nuqson va kamchiliklarni mijoz tomonidan yig‘uvchi inkassator ishtirokida bartaraf etilishi, faqat inkassatorlar guruhining yo‘nalish qatnov jadvalida ushbu mijoz uchun belgilangan vaqt doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Aks holda, ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektning naqd pul tushumi solingan sumkalarni (qoplarini) qabul qilish, inkassatorlarning qayta tashrifi vaqtida amalga oshiriladi va bu haqida tashrif varag‘iga tegishli yozuvlar qayd etiladi.
322. Xo‘jalik yurituvchi subyektda yig‘uvchi inkassatorga topshirish uchun naqd pul tushumlari bo‘lmasa, xo‘jalik yurituvchi subyektning mas’ul vakili tashrif varaqasiga naqd pul tushumlarini topshirmaslik sabablarini qayd etib, o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
323. Inkassatorlar guruhi tomonidan yig‘ib kelingan mijozlarning inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) bank kassasiga topshirish mazkur Yo‘riqnomaning 72 — 77-bandlarida qayd etilgan tartibda amalga oshiriladi.
324. Inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i (yoki uning o‘rinbosari) har kuni:
mazkur Yo‘riqnomaning 23-ilovasiga muvofiq tuzilgan ma’lumotnomani tegishli bankning bosh buxgalteriga;
mazkur Yo‘riqnomaning 43-ilovasiga muvofiq tuzilgan ma’lumotnomani tegishli bank rahbariga topshirishi lozim.
18-bob. Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
325. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni banklar o‘rtasida yoki hududlararo tashish shartnomaga asosan inkassatsiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
(325-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
326. Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari va tijorat banklari (filiallari) hamda tijorat banklari o‘rtasida naqd pullarni va boshqa qimmatliklarni tashish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yoki uning tegishli hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari (filiallari) o‘rtasida Markaziy bankning “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi orqali milliy valyutadagi naqd pullarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgan hollarda, naqd pullarni tashish inkassatsiya xizmatlarining tegishli tarkibiy bo‘linmalari farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
(326-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-7, 27.04.2023-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3028-7/0228-son)
Inkassatsiya xizmatlari tomonidan tijorat banklari (filiallari) o‘rtasida naqd xorijiy valyutalarni va boshqa qimmatliklarni tashish inkassatsiya xizmatlarining tegishli tarkibiy bo‘linmalari farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
(326-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
327. Markaziy bankning farmoyishlari uch nusxada tayyorlanib, uning birinchi nusxasi qimmatliklarni jo‘natuvchi bankda, ikkinchi nusxasi qimmatliklarni qabul qilib oluvchi bankda, uchinchi nusxasi Markaziy bankning naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti yig‘majildida nazorat uchun saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashishga doir farmoyishlari uch nusxada tayyorlanib rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu farmoyishlarning bir nusxasi Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi (bo‘limi) yig‘majildida, ikkinchi va uchinchi nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni jo‘natuvchi hamda qabul qilib oluvchi banklarga beriladi. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashishni amalga oshiruvchi inkassatsiya xizmatiga rasmiylashtirilgan farmoyishning elektron fayl (PDF yoki TIF) ko‘rinishi yuboriladi.
(327-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Inkassatsiya xizmatlari tomonidan naqd xorijiy valyuta va boshqa qimmatliklarni tashish uchun farmoyishlar uch nusxada tayyorlanib, birinchi nusxasi qimmatliklarni jo‘natuvchi bankda, ikkinchi nusxasi qimmatliklarni qabul qilib oluvchi bankda, uchinchi nusxasi mazkur farmoyishni tayyorlagan inkassatsiya xizmatining tegishli yig‘majildida nazorat uchun saqlanadi.
(327-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Bankka farmoyishning asl nusxasi inkassatorlar orqali yetib borguniga qadar, bankning moddiy javobgar shaxslari tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni jo‘natish yoki qabul qilib olish bilan bog‘liq tayyorgarlik choralarini o‘z vaqtida ko‘rishlari uchun ularga ham farmoyishning elektron fayl (PDF yoki TIF) ko‘rinishi yuborilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3271. “Respublika maxsus aloqa bog‘lamasi” DUK tomonidan bir bank bo‘linmalari o‘rtasida naqd pul va qimmatliklar bank bilan tuzilgan shartnoma asosida xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda tashiladi.
(3271-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
328. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish talab etilganida, jo‘natuvchi bank tashish ishlari hudud ichida yoki hududlararo amalga oshirilishini inobatga olgan holda, Markaziy bankka yoki Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yoxud inkassatsiya xizmatiga yozma ravishda murojaat qilishi lozim.
(328-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
329. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni jo‘natuvchi bank telefon orqali ularni qabul qiluvchi bankni oldindan xabardor qilib, maxsus avtotransportni yo‘lga chiqqan vaqtini ma’lum qilishi lozim. Qabul qiluvchi bank naqd pul va boshqa qimmatliklarni o‘z vaqtida qabul qilib olish uchun tayyorgarlik choralarini ko‘rishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
330. Inkassatorlar brigadasi a’zolari naqd pul va boshqa qimmatliklarni jo‘natuvchi bankka tashrif buyurganlaridan so‘ng, bankning moddiy javobgar shaxslariga fotosurati bo‘lgan xizmat guvohnomalarini ko‘rsatishlari shart. Shundan so‘ng, inkassatorlar brigadasi boshlig‘i naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish uchun berilgan mazkur Yo‘riqnomaning 44-ilovasida keltirilgan 179-shakldagi bir martalik ishonchnomani hamda Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega bo‘lgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati farmoyishining asl nusxasini jo‘natuvchi bankning moddiy javobgar shaxslariga taqdim etishi lozim.
(330-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
331. Jo‘natuvchi bankning moddiy javobgar shaxslari Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega bo‘lgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining farmoyishi hamda bank rahbari (yoki moddiy javobgarlik yuklatilgan uning o‘rinbosari), bosh buxgalteri va kassa mudiri tomonidan imzolangan chiqim kassa orderi asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatorlar brigadasiga, pul omborining oldidagi xonada topshiradilar. Chiqim kassa orderida naqd pul va boshqa qimmatliklarni belgilangan joyga yetkazilishi to‘g‘risidagi Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega bo‘lgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati farmoyishining raqami va sanasi ko‘rsatilishi hamda chiqim kassa orderining orqa tarafiga inkassatorlar brigadasi a’zolarining familiyalari, ismi va otasining ismining bosh harflari hamda xizmat guvohnomalarining tartib raqamlari qayd etilishi lozim.
(331-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Jo‘natuvchi bank Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega bo‘lgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining farmoyishida ko‘rsatilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini inkassatsiya xodimlariga o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda topshirishlari kerak.
(331-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
332. Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega bo‘lgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining farmoyishiga asosan naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish to‘liq bog‘lamlarda, tangalarni esa to‘liq qopchalarda amalga oshirilishi lozim. Biroq, alohida hollarda muomaladan qaytarib olinayotgan yoki to‘lovga yaroqsiz va qalbaki banknotlarni to‘liq bo‘lmagan bog‘lamlarda, tangalarni esa to‘liq bo‘lmagan qopchalarda inkassatsiya xizmati orqali tashilishiga ruxsat berilishi mumkin.
(332-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
333. Inkassatorlar brigadasi a’zolari tashish uchun mo‘ljallangan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olishda:
nominal qiymatlari bo‘yicha;
bog‘lamlari bo‘yicha;
har bir bog‘lamdagi dastalar soni bo‘yicha;
bog‘lamlar belgilangan tartibda o‘rab-bog‘langanligini va ularning butligini;
ustki nakladkada qayd etilgan summani, bog‘lamdagi naqd pullar summasiga mosligini;
ustki nakladkalarda qayd etilgan rekvizitlarning aniqligini;
bog‘lamdagi plombaning butligi va uning izi aniq bosilganligini hamda sellofan paketlardagi kafolat choklarining butligini tekshirib qabul qilishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
334. Tangalar solingan qopcha inkassatorlar tomonidan tashish uchun qabul qilinayotgan vaqtda, uning butligi va to‘g‘ri bog‘langanligi, qopchaga biriktirilgan yorliqda tangalarning qiymati va summasi qayd etilganligini, kassir imzosi mavjudligini, shuningdek, plombaning butligi va uning izi aniq tushirilganligi hamda, plomba bosilgan tizimchaning uzilmaganligini tekshirishlari kerak.
(334-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Inkassatorlar brigadasi tomonidan naqd pullarni tashish uchun qabul qilishda shikastlangan banknotlar bog‘lami yoki nuqsonli tangali qopchalar aniqlansa, ularni tashish uchun qabul qilish taqiqlanadi. Ushbu bog‘lamdagi banknotlar, qopchadagi tangalar qayta sanalib, belgilangan tartibda o‘rab-bog‘lanib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgach, inkassatorlar brigadasi tomonidan tashish uchun qabul qilinishi mumkin.
335. Bankda qoplarga joylashtirilmagan holda tashish uchun tayyorlab qo‘yilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar oldida inkassatsiya yoki kassa xodimining bir o‘zini yolg‘iz qoldirilishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
336. Inkassatorlar tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklar tashish uchun qabul qilib olinganida, kassa mudiri yoki uning ko‘rsatmasiga binoan boshqa kassa xodimining nazorati ostida inkassatorlar ularni standart brezent qoplarga joylaydilar. Har bir qopning og‘zi tikilib, tizimcha bilan ikki yarim aylanishda siqib bog‘lanadi. Tizimchaning bir uchi matodan tayyorlangan yorliqdan o‘tkazilib, yorliqda jo‘natuvchi bank nomi, qopga solingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni nominal qiymati hamda umumiy summasi, qopning o‘rab-bog‘langan sanasi ko‘rsatilib, tizimcha uchlari mahkam bog‘langan holda qop belgilangan tartibda plombalanadi.
(336-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Shundan so‘ng, naqd pul va boshqa qimmatliklar qopga joylanishini hamda qop og‘zi bog‘lanishini nazorat qiluvchi kassa xodimi qopdagi yorliqda qayd etilgan ma’lumotlar to‘g‘ri ekanligini tasdiqlab, yorliqqa imzo qo‘yadi.
337. Inkassatorlar brigadasi tomonidan xorijiy valyuta tashilganida ham mazkur Yo‘riqnomaning 45-ilovasida keltirilgan ro‘yxat rasmiylashtirilishi lozim. Shuningdek, milliy va xorijiy valyuta bir vaqtda tashilganida ham har bir valyuta turi bo‘yicha alohida 45-ilovada keltirilgan ro‘yxat rasmiylashtirilishi kerak.
Bank tomonidan inkassatorlar brigadasi a’zolariga qat’iy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklar tashish uchun topshirilayotgan bo‘lsa, mazkur Yo‘riqnomaning 46-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq jo‘natilayotgan qat’iy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklar ro‘yxati rasmiylashtirilishi lozim.
Naqd pullarni yoki qat’iy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklarni jo‘natuvchi bankning kassa mudiri tomonidan mos ravishda mazkur Yo‘riqnomaning 45-46-ilovalarida keltirilgan shakllar bo‘yicha ro‘yxat uch nusxada tuzilib, mazkur bankning moddiy javobgar shaxslari tomonidan imzolanadi hamda ro‘yxatning barcha nusxalari bankning muhri bilan tasdiqlanadi.
Ushbu rasmiylashtirilgan ro‘yxatning:
birinchi nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qiluvchi bankning moddiy javobgar shaxslariga topshirish uchun inkassatsiya brigadasining boshlig‘iga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi nusxasi chiqim kassa orderi, inkassatsiya xizmatining ishonchnomasi va Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega bo‘lgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining tegishli farmoyishi bilan birga jo‘natuvchi bankning kunlik kassa hujjatlariga tikiladi;
(337-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
uchinchi nusxasi inkassatorlar brigadasi tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish ishlarini yakunlangach, inkassatsiya bo‘limiga taqdim etiladi.
338. Naqd pul va boshqa qimmatliklar tashish uchun qabul qilib olinganligi to‘g‘risida inkassatorlar brigadasining boshlig‘i chiqim kassa orderini imzolaydi. Brigada a’zolari esa chiqim kassa orderining orqa tarafiga o‘z imzolarini qo‘yadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan joyga yetkazib berish uchun qoplarga joylangan va qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishi hamda qoplarning, ularning og‘zidagi tizimchalarning va undagi plomba izlarining butligi uchun inkassatsiya brigadaning barcha a’zolari javobgar hisoblanadilar. Qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega bo‘lgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati farmoyishida qayd etilgan joyga to‘liq va o‘z vaqtida yetkazib borilishini ta’minlash uchun inkassatorlar brigadasining a’zolari to‘liq moddiy javobgar hisoblanadilar.
(338-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
339. Inkassatorlar brigadasi tomonidan bankdan tashish uchun qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni o‘sha kunning o‘zida tashishning imkoni bo‘lmagan hollarda naqd pul va qimmatliklar joylanib, plombalangan har bir qop shartli “1 so‘m” hisobida 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvarag‘iga kirim qilingan holda ushbu bankning pul omborida saqlash uchun qoldirilishi mumkin.
(339-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Bunday hollarda bankning pul omborini eshigi inkassatorlar brigadasi boshlig‘ining plombiri bilan qo‘shimcha ravishda plombalanadi hamda belgilangan tartibda qo‘riqlash xizmati xodimiga topshiriladi. Inkassatorlar brigadasi boshlig‘ining plombir namunasi qo‘riqlash xizmati xodimiga topshiriladi va pul ombori eshigini ochish inkassatorlar brigadasining boshlig‘i ishtirokida amalga oshiriladi.
Shuningdek, inkassatorlar brigadasi tomonidan qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklar joylanib, plombalangan qoplar, inkassatorlarning bronlangan maxsus avtomashinasida ham saqlanishi mumkin. Bunda, mashinadagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qo‘riqlab, ularning but saqlanishini ta’minlash uchun brigada inkassatorlaridan qo‘riqchi inkassatorlar tayinlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
340. Inkassatorlar brigadasi tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklar to‘liq qabul qilib olinganidan so‘ng, qoplarga joylangan naqd pul va boshqa qimmatliklar inkassatorlar tomonidan brigada boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimi kuzatuvi ostida maxsus avtomashinaga joylanishi lozim.
(340-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-3, 07.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 10/19/3028-3/3706-son)
341. Naqd pul va boshqa qimmatliklar bir xonadan boshqa bir xonaga tashiladigan yoki maxsus avtomashinadan boshqa maxsus avtomashinaga yuklanadigan hollarda, qoplar sonini har safar inkassatorlar brigadasining boshlig‘i sanab ko‘rishi shart. Bunda, inkassatorlar brigadasi boshlig‘i shunday joyda turishi kerakki, unga qoplarni tashishda ishtirok etayotgan inkassatorlar brigadasi a’zolarining har bir harakati ko‘rinib turishi lozim.
342. Naqd pul va boshqa qimmatliklar joylangan qoplar maxsus avtomashinaga joylab bo‘linganidan so‘ng, uning yukxonasi eshigi inkassatorlar brigadasi boshlig‘ining plombiri bilan plombalanib, kassa mudirining (yoki ushbu vazifa buyruq bilan yuklatilgan bank boshqa mas’ul xodimining) plombiri bilan plombalanib, naqd pul va boshqa qimmatliklar yuklanganligi tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
343. Naqd pul va boshqa qimmatliklar qabul qilib oluvchi bankka inkassatorlar brigadasi tomonidan tashib borilganida, ularni qabul qilib oluvchi bankning moddiy javobgar shaxslari qabul qilib olishlari lozim. Agar, inkassatorlar brigadasidan tashib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni o‘sha kunning o‘zida qabul qilib olishning imkoni bo‘lmagan hollarda naqd pul va qimmatliklar joylanib, plombalangan har bir qop shartli “1 so‘m” hisobida 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvarag‘iga kirim qilingan holda ushbu bankning pul omborida saqlash uchun qoldirilishi mumkin.
(343-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Bunday hollarda bankning pul omborini eshigi inkassatorlar brigadasi boshlig‘ining plombiri bilan qo‘shimcha ravishda plombalanadi hamda belgilangan tartibda qo‘riqlash xizmati xodimiga topshiriladi. Inkassatorlar brigadasi boshlig‘ining plombir namunasi qo‘riqlash xizmati xodimiga topshiriladi va pul ombori eshigini ochish inkassatorlar brigadasining boshlig‘i ishtirokida amalga oshiriladi.
Shuningdek, tashib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatorlarni bronlangan maxsus avtomashinasida ham saqlanishi mumkin. Bunda, mashinadagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qo‘riqlab, ularning but saqlanishini ta’minlash uchun brigada inkassatorlaridan qo‘riqchi inkassatorlar tayinlanishi lozim.
344. Qabul qiluvchi bankning kassa mudiri olib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olishni, maxsus avtomashina yukxonasi eshigi plombasini inkassatorlar brigadasi boshlig‘idagi plomba izi namunasi bilan taqqoslashdan boshlaydi. Plomba izlarining bir-biriga mosligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, avtomashina yukxonasi eshigini ochishga ruxsat beradi. Tashib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni bankning moddiy javobgar shaxslari mazkur Yo‘riqnomaning 333-334-bandlarida belgilangan tartibda inkassatorlar brigadasidan qabul qilib olishlari shart.
Naqd pul va boshqa qimmatliklar bank moddiy javobgar shaxslari tomonidan to‘liq qabul qilib olinguniga qadar maxsus avtomashina yukxonasi eshigining plombali tizimchalari kassa mudirida saqlab turilishi lozim.
Naqd pul va qimmatliklarni qabul qilishda qop yoki undagi pul bog‘lamlarining shikastlanganligi aniqlangan taqdirda pul bog‘lamlari inkassatorlar brigadasi a’zolari ishtirokida qayta sanab, qabul qilinishi kerak.
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatorlar brigadasidan bank kassasiga qabul qilib olish jarayonida, banknotlar bog‘lami buzilganligi (polietilen paket yirtilganligi, pul bog‘lami bog‘langan tizimchaning uzilganligi yoki undagi plomba izini aniq emasligi) aniqlansa, ushbu bog‘lamdagi naqd pul va boshqa qimmatliklar birma-bir, donalab sanalgan holda qabul qilinishi shart.
Ushbu pul bog‘lamida kamomad ya’ni, banknotlar donasining kamligi aniqlansa, bunday kamomad uchun inkassatsiya brigadasining a’zolari to‘liq moddiy javobgar bo‘ladilar. Bunda, belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, avtomashina yukxonasining plombali tizimchasi, qopning plombali tizimchasi, plomba namunalari, hujjat va boshqa ashyolar moddiy javobgar bo‘lgan tomonga (tegishli inkassatsiya boshqarmasiga) taqdim etiladi.
Agar, ushbu pul bog‘lamida to‘lovga yaroqsiz, qalbaki pullar mavjudligi uchun kamomad aniqlansa, bunday kamomad uchun mazkur pul bog‘lamini shakllantirgan bank kassiri to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi. Bunda, belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, avtomashina yukxonasining plombali tizimchasi, qopning plombali tizimchasi, plomba namunalari, hujjat va boshqa ashyolar moddiy javobgar bo‘lgan tomonga, tegishli bankka (filialga) taqdim etiladi.
345. Inkassatsiya xizmatining maxsus avtomashinasiga bir nechta bank uchun mo‘ljallangan naqd pul va qimmatliklar joylangan bo‘lib, ularning tegishli qismi belgilangan bankka olib borib topshirilgach, avtomashina yukxonasi eshigi inkassatorlar brigadasi boshlig‘ining plombasi bilan plombalanib, naqd va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olgan bankning kassa mudiri (yoki ushbu vazifa buyruq bilan yuklatilgan bank boshqa mas’ul xodimi) plombiri bilan tasdiqlanadi.
Maxsus avtomashina eshigini ochib-yopishning ushbu tartibi, undagi naqd pul va boshqa qimmatliklar tegishli banklarga to‘liq yetkazib berilguniga qadar davom ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
346. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish inkassatsiya xizmatlarining yopiq kuzovli maxsus avtomashinalarida amalga oshirilishi lozim. Inkassatsiya xizmatlari naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashib borish, belgilangan bankka but va o‘z vaqtida yetkazib berish, ularning daxlsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim.
(346-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(347-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
348. Inkassatorlarning maxsus avtomashinasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qabul qilib oluvchi bankka tashib kelingach, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatorlar tomonidan topshirilishi inkassatorlar brigadasining barcha a’zolari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
349. Bank ish kuni yakunlangach yoki umumiy dam olish kunlari inkassatorlar brigadasi tomonidan bankning moddiy javobgar shaxslariga tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda:
inkassatorlar brigadasidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni belgilangan tartibda qabul qilib olishlari;
inkassatorlar brigadasiga naqd pul va boshqa qimmatliklarni belgilangan tartibda, to‘liq miqdorda topshirilishini ta’minlashlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega bo‘lgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati farmoyishiga asosan inkassatorlar brigadasidan qabul qilib olingan yoki ularga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar bo‘yicha tegishli kirim yoki chiqim kassa hujjatlari, ular bankka qabul qilib olingan sana bilan rasmiylashtiriladi hamda navbatdagi bank ish kunida ular asosida buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi. Bank tegishli kassa kitoblariga yozuvlarni qayd etish, buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilganidan keyin bajariladi.
(349-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
350. Bankning moddiy javobgar shaxslari naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatorlardan qabul qilib olganlaridan so‘ng, jo‘natilayotgan naqd pullarning yoki jo‘natilayotgan qat’iy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklar ro‘yxatining ikkinchi va uchinchi nusxalari orqa tarafidagi “tilxat” qismiga imzo qo‘yadilar va bank muhri bilan tasdiqlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu ro‘yxatning birinchi nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olgan bankda qoladi, ro‘yxatning uchinchi nusxasi esa inkassatorlar brigadasi boshlig‘iga qaytarib beriladi.
(350-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
351. Inkassatorlar brigadasining boshlig‘i inkassatsiya bo‘limiga qaytib kelganidan so‘ng, Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega bo‘lgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati farmoyishida qayd etilgan naqd pullar (yoki qat’iy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklar) belgilangan joyga tashib borib topshirilganligini tasdiqlovchi jo‘natilayotgan naqd pullar (yoki jo‘natilayotgan qat’iy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklar) ro‘yxatining uchinchi nusxasini inkassatsiya bo‘limi boshlig‘iga (yoki uning o‘rinbosariga) taqdim etadi.
(351-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qiluvchi bank shartnomada belgilangan muddatlarda inkassatsiya xizmatiga ularni tashib berishda qilingan haqiqiy xarajatlarni (taqdim etilgan pul-hisob-kitob hujjatlarida qayd etilgan summalarni asosli ekanligini tekshirib ko‘rgach) to‘lab beradi.
19-bob. Yakuniy qoidalar
352. Bank filiallarida kassa ishini mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartib, qoidalarga muvofiq tashkil etilishi bo‘yicha Bosh bank javobgar hisoblanadi.
Monitoring va bankda o‘tkazilgan taftish, tekshiruv natijalariga ko‘ra naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish yoki ularning but saqlanishini ta’minlash borasida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rishi shart.
353. Mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini mazkur Yo‘riqnoma talablariga rioya etgan holda bajarilishi hamda ularning but saqlanishini ta’minlash uchun bank filialining boshqaruvchisi, bosh buxgalteri va kassa mudiri javobgardirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
354. Mazkur Yo‘riqnoma talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(354-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnomaga
1-ILOVA
|
| |