modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iborat.
Rеspublikamizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarimiz jahon bozorida o‘z
o‘rniga ega bo‘lishi uchun ularning konstruksion va ekspluatatsion ishonchliligi
xalqaro standartlariga to‘la javob bеradigan darajada bo‘lishi zarur. Avtomobilning
ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi uni ishlatish davrida avtomobildan effеktiv
foydalanish usullarini va konstruksiyasining ekspluatatsiyaon talablarini
qanoatlantirish darajasini xaraktеrlab bеradi. Avtomobilning ekspluatatsion
xususiyatlariga tortish va tormozlash dinamikasi, yonilg‘i sarfining tеjamliligi,
boshqaruvchanlik, turg‘unlik, yo‘l to‘siqlaridan o‘ta olish xususiyati yurish
ravonligi, harakat xavfsizligi, puxtaligi, rеmont qilishning osonligi kabi
ko‘rsatkichlar kiradi.
Respublika avtomobil transportidan foydalanish samarasini oshirish, ularga
texnik xizmat ko‘rsatish sifatini muntazam ravishda yaxshilab borish tadbirlari ham
muhim ahamiyatga ega. Avtomobil mahsulot sifatida ishlab chiqarilgandan so‘ng,
unda ma’lum darajada texnik soz holat va ishonchlilik ko‘rsatkichlari
mujassamlangan bo‘lib, bular ekspluatatsiya davomida o‘zgarib boradi. Ma’lumki,
ekspluatatsiya qilish vaqti ortgan sari avtomobil eskirib, uning texnik xolati
yomonlashib, ishonchlilik ko‘rsatkichlari pasayib boradi. Bir davrga kelib avtomobil
kritik xolatga yetib boradi. Mana shu davr ichida, ya’ni avtomobil zavodda ishlab
chiqarilgandan to kritik xolatga yetgunga qadar unga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari
davriyligini, bajariladigan ishlar hajmini va sifatini, avtomobilning texnik soz xolati
va resursini aniqlash, yonilg‘i moylash materiallari va extiyot qismlar sarfini
rejalashtirish kabi ishlarni muntazam ravishda tashkil etish va olib borish zarur
bo‘ladi. Bunday tadbirlarni tez, oson va kam sarf orqali bajarish uchun
avtomobillarni diagnozlov tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish muhim
ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ushbu diplom loyiha (bitiruv malakaviy ishi)da
avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash ishlari
texnologiyasining tarkibiy qismi bo‘lmish texnik diagnozlov ishlarining asoslari
berilgan. Ular qo‘llaniladigan zamonaviy standart talablariga mos keladigan usul va
vositalar, ixcham, samaradaor va qulay bo‘lgan turli pribor va jihozlar yordamida
yoritiladi.