|
-Mavzu: Rangli lenta yordamida kompozitsiyalar tayyorlash
|
bet | 26/28 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 7,38 Mb. | | #251131 |
Bog'liq 1-Mavzu Qog’oz va karton turlari. Qog’oz va kartonlardan trafat19-Mavzu: Rangli lenta yordamida kompozitsiyalar tayyorlash.
Reja:
1. Rangli lenta yordamida kompozitsiyalar tayyorlash texnikasi
Hozirgi kunda mato qoldiqlari bilan ishlash ulardan tez va oson bajariladigan uyimizni yasatishimizda , sovg`a sifatida ham ishlatiladigan dekarativ gullar tayyorlash urf bo`lgan desak ham mubolag`a bo`lmaydi. Qo`limiz bilan yaratilgan har bir buyum insonga huzur- halovat xotirjamlik baxsh etish bilanbirgalikda kayfiyatimizni ham ko`taradi.Hozirgi taqdim etadigan dekarativ gul ham sizga quvonch baxsh etadi degan umiddamiz. Kerakli mahsulotlar.
Gul tuvak, ikki xil rangdagi mato bo`laklari, qaychi, paxta yoki setefon, atlas lenta, ip igna yelim qattiq sim
Mato aylana shaklida kesib olinadi.
Aylana kengligi o`zimizgahavola. Bir xil rangdagi matodan5 dona aylana shakli kesib olinadi. 1 rasmda ko`rsatilgan
Kesib olingan mato bo`lakchalarini alohida atrofidan 0,3 sm chok haqi tashlab aylana hosil qilib tikib chiqiladi. Tayyor aylana ichiga sentefon yoki paxta solishingiz mumkin. 2- rasmda ko`rsatilgan og`iz tomoni biriktirib tikiladi.
O`rta qismi uchun tayyorlangan alohida aylana atrofiga tayyorlab olingan 5 dona aylana bo`laklar biriktirilib tikiladi. Xuddi gul shaklida yig`iladi.
Qattiq simning uski qismini atlas lenta bilan aylantirib o`rab chiqiladi. Gul tuvakning ichini gips yoki tuproq bilan to`ldiriladi.
Gul tuvak markaziga tayyorlab olingan sim o`rnatiladi. Tepa qismiga tayyor gulni biriktirib qo`yamiz. Dekarativ gulni o`z fantaziyamizga tayangan holda estetik did bilan turli xil usullarda bezashingiz mumkin. Bezash jarayonida turli xil toshlardan munchoqlardan lentalardan foydalanishingiz mumkin
Mana dekarativ gul ham tayyor.Gulni yaqin insonlaringizga sovg`a sifatida berishingiz ham mumkin.
|
| |