|
1-Mavzu: informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yoʼnalishlari
|
bet | 11/17 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #272141 |
Bog'liq 1-Mavzu informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy r4–bosqich. Axborot revolyusiyasining bo‘lishi bilan xarakterlandi. Bu bosqichning boshlanishi XX asrning 40-yillariga, ya’ni universal EHMlarning yaratilishi davriga to‘g‘ri keldi. (12-rasm) 70-yillarda axborot texnologiyasining yadrosi bo‘lgan mikrotexnlogiya va shaxsi kompyuterlar yaratildi. Hisoblash texnikasining rivojlanishi evolyusiyasida mikroprotsessor yo‘nalishi paydo bo‘ldi. (13-rasm)
12-rasm. 1940-yil EHMlari
–
V-bosqich. (XX) asr oxiri. Boshqarish tizimlarni osonlashtirish maqsadida axborot texnologiyalari qayta ishlandi. Axborotlarni mazmunli qayta ishlash negizida shunday algoritm va modellar borki, ular bizga boshqaruv tizimini o‘rganish imkoniyatini beradi. Kompyuterlarning paydo bo‘lishi – bu insoniyatning ulkan yutug‘i hisoblanadi, Axborotlarni xotirasida yig‘ib ularni tez qayta ishlash imkoniyatiga ega. (14-rasm)
14-rasm. 2000 yil kompyuterlari
XX asr oxirida xar xil modellar ishlab chiqildi (matematik, mantiqiy va.b.) va texnik boshqarish algoritmlari (avtomatlashtirilgan va avtomatik ishlab chiqarish) va ijtimoiy tizimlar. Har qanday ishlab chiqarish asosida boshqarishsiz amalga oshmaydigan maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar yotadi. XX asr oxiriga kelib, mantiqiy axborot ishlab chiqarishlar ko‘payib qoldi. Boshqaruvchining aqliy imkoniyatlari boshqarishning effektini oshishiga olib keldi1.
Beshinchi bosqichning asosiy mazmuni shuni bildiradiki, ya’ni nafaqat boshqarish faoliyatidagi effektning keskin ko‘tarilishi, balki undagi ishchi kuchlarining ortishi ham inobatga olindi. Shunday qilib texnologiyaning yangi turi – axborot texnologiyalari ma’lumotning va mahsulotning qaerdan kelishi bu axborot hisoblanadi.
Informatika fanining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
* Nazariy informatika
* Kibernetika
* Dasturlash
* Sun'iy intellekt
* Axborot tizimlari
* Hisoblash texnikasi
* Tabiat va jamiyatdagi informatika
|
| |