|
1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja
| bet | 5/69 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 3,12 Mb. | | #103821 |
Bog'liq ~WRD1054 (1)2.2-Mavzu: Yuklar va ta’sirlar
Reja:
-
Ta’sir etish vaqtiga ko‘ra yuklarning turlari.
-
Maxsus yuklar.
-
Yuklar jamlanmasi
Ta’sir etish vaqtiga qarab yuklar doimiy va vaqtincha bo‘lishi mumkin, vaqtincha yuk uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus bo‘lishi mumkin.
Doimiy ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar kiradi:
a) inshoot qismlarining vazni, yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi qurilish konstruksiyalarining vaznlari ham shunga kiradi;
b) gruntlarning og‘irligi va bosimi (ko‘tarma, to‘ldirma);
v) konstruksiyada oldindan uyg‘otilgan kuchlanishlardan hosil bo‘lgan zo‘riqishlar va boshqalar.
Vaqtincha uzoq muddat ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar kiradi:
a) vaqtincha xonalarni ajratadigan pardevor og‘irligi;
b) qo‘zg‘almas asbob-uskunalar dastgohlar, apparatlar, motorlar, idishlar, quvurlar, tasmali transportyorlar, konveyerlar, qo‘zg‘almas ko‘tarma mashinalar, shuningdek asbob-uskunalarni to‘ldirib turuvchi suyuqlik yoki qattiq jismlarning vazni;
v) idishlar yoki quvurlardagi gaz, suyuqlik va sochiluvchan jismlarning bosimi;
g) omborxona, muzxona, don saqlaydigan, kitob saqlaydigan xonalar, arxivlar va shunga o‘xshash binolar yopmasiga taxlanadigan yoki jovonlarga terib qo‘yiladigan buyumlar vazni;
d) statsionar asbob-uskunalardan tushadigan yuklar;
Vaqtincha qisqa muddatli yuklarga quyidagilar kiradi:
a) asbob-uskunalarni ishga tushirish va to‘xtatish, sinash, ko‘chirish yoki almash-tirish chog‘larida vujudga keladigan yuklar;
b) odamlar va uskunalarni ta’mirlashda ishlatiladigan materiallar vazni;
v) uy-joy, jamoat, qishloq xo‘jaligi binolarining yopmalariga odamlar va asbob-uskunalardan tushadigan yuklar;
g) qo‘zg‘aluvchi ko‘tarma-telfer vositalaridan tushadigan yuklar
d) qor yuklari;
ye) harorat iqlim ta’siri;
j) shamol yuklari;
Maxsus yuklarga quyidagilar kiradi:
a) seysmik ta’sirlar;
b) portlash ta’sirlari;
v) texnologik jarayonning keskin o‘zgarishi, uskunalarning vaqtincha ishdan chiqishi yoki sinishi natijasida vujudga keladigan yuklar;
g) grunt strukturasini keskin o‘zgarishi (cho‘kuvchan gruntlar namlanganda) yoki tog‘ konlari xududida cho‘kish natijasida zaminda paydo bo‘lgan deformatsiyalardan kelib chiqqan ta’sirlar.
|
| |