|
1-mavzu : “Marketing” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari. Мarketingni rivojlanish evolyusiyasi va konsepsiyasi. Marketing tamoyillari, vazifalari, funksiyalari va turlariBog'liq 1 mavzu âMarketingâ fanining predmeti, mazmuni va vazifalariSotish (tijorat) konsepsiyasi
1-chizma. Sotish va marketing konsepsiyasi.
60-yillarga kelib bozordagi о‘zgarishlarga qarab strategik rejalashtirishni amalga oshirish masalasi
ilgari surildi va xal kilindi.
70-yillarga kelib, marketingning shunday konsepsiyasi ishlab chikildiki, u iqtisodiy jihatdan
rivojlangan mamlakatlar xayotiga mustakil kirib bordi.
Mamlakat xо‘jalik subyektlari ichki faoliyatida yaxlit organizm tarzida va firma ichidagi
rejalashtirishda ham markaziy о‘rin ni egalladi. Bu bozor iqtisodiyotiga qaratilgan strategik
boshqarishning yangi shakli bо‘lib, u eng kо‘p foyda olish maqsadida tovarlarni uzluksiz ravishda
ishlab chiqaruvchilar iste’molchiga xarajat kildiradigan, korxonani ishlab chiqarish va sotishni
tahlilqilishkо‘p kamrovli tushunchadir.
Mahsulotlar kо‘rin ishi va texnologiyasi qisman uzgartirilgan holdakо‘plab ishlab chiqarishlar
boshlandi. Raqobat kurashining asosiy shakli narx raqobatiga aylandi. Shuning uchun keyingi
yillarda xarajatlarni kamaytirish, samarador texnologiyalarni joriy etish yо‘lida doimiy kurash olib
borish muvaffakiyat garovi bо‘lib koldi.
Ijtimoiy axlokiy marketing konsepsiyasi- bu konsepsiya korxonaning vazifasi yakka shaxslarning
talabini о‘rganish, tahlilqilish va bu talablarni samarali qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat
butunligini saklash va mustaxkamlashdan iborat deb qaraydi. Ijtimoiy-axlokiy marketing
konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik
muammolar, tabiiy resurslarning yetishmasligi, umumjahon inflyatsiyasi, ijtimoiy xizmat
sohalarining garib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga tug‘ri kelishiga bildirilgan
shubxalar avj olib turgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi
faoliyati asosan foyda olishgagina qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning
strategik ahamiyatini anglab yetdilar va natijada bozor marketinggi konsepsiyasi paydo buldi.
Bugungi kunga kelib, ular biror muhim ishga kul urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida xam
uylay boshlaydilar. Ijtimoiy-axlokiy marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati
doirasida uch omilni о‘zaro bogliglikda qarashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi, xaridor
ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari.
Marketingni о‘zaro alokaviy konsepsiyasi. Marketingni о‘zaro alokaviy konsepsiyasining asosiy
g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni katnashchilari о‘rtasidagi munosabatlar
(kommunikatsiya)dan tashkil topadi. Marketingni о‘zaro alokasi samarali kommunikatsiya,
shaxsiy mulokotlar ahamiyatini oshiradi. Marketingni о‘zaro alokasi kommunikatsiyani kengrok
jihatda – kompaniya bilan uning sheriklari о‘rtasidagi daromad olib keluvchi hohlaganо‘zaro
alokasi sifatida kuradi.
Moliya (bank), savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol kullanish jarayoni utish davri
iqtisodiyotining xususiyatlari bо‘libhisoblanadi.
Marketing evolyusiyasi marketing konsepsiyasini, shaklini va elementlarini о‘zgarishi bilan
kuzatiladi. Kuyida marketing evolyusiyasini nazariy asoslari, uslublari, kullash sohalari bilan
tanishib chikamiz (3-jadval).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu : “Marketing” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari. Мarketingni rivojlanish evolyusiyasi va konsepsiyasi. Marketing tamoyillari, vazifalari, funksiyalari va turlari
|