|
1-Ma’ruza MavzuBog'liq Маруза (1)10-Ma’ruza
Mavzu: Dinamik marshrutizatsiya jarayoni
Yuqorida takidlanganidek, statik marshrutizatsiya usulini katta o‘lchamdagi
tarmoqlar uchun qo‘llash imkonsiz. Chunki bunday tarmoqlarda marshrutizatorlar soni
ko‘p bo‘ladi har bir marshrutizatorda marshrutizatsiya jadvalini xosil qilishda
murakkabliklar yuzaga keladi. Statik marshrutizatsiyada marshrut doim aniq va
muammo yuzaga kelganda uni aniqlash va bartaraf etish oson kechadi. Lekin cheklangan
sondagi marshrutizatorlardan tashkil topgan tarmoqlardagina qo‘llash qulay. Ammo
tarmoqga yangi tarmoq ulanganda yoki yangi marshrutizator qo‘shilganda o‘chirilganda
mavjud marshrutizatorlardagi marshrutizatsiya jadvallariga o‘zgartirish lozim bo‘ladi,
ya’ni tarmoqdagi marshrutizatorlar tarmoqdagi yangi o‘zgarishlarga avtomatik tarzda
moslasha olmaydi. Bu ayniqsa katta o‘lchamdagi tarmoqlarda muammo yuzaga keltiradi.
Murakkab tarmoqlarda marshrutizatorlar tarmoqdagi topologik o‘zgarishlarga tezkor
moslashishlari lozim va mavjud ko‘plab marshrutlar ichidan eng optimalini tanlashlari
lozim. Statik marshrutizatsiyani amalga oshiruvchi marshrutizatorlar buni amalga oshira
ololmaydi. Demak bunday ko‘plab quyi tarmoqlarning o‘zaro bog‘lanishidan tashkil
topgan murakkab qo‘shma tarmoqlarda statik marshrutizatsiya usulini qo‘llab bo‘lmaydi.
IP tarmoq ierarxik tuzulishga ega. Marshrutizatsiya nuqtai nazaridan tarmoq xuddi
avtonom quyi tarmoqlarning majmui sifatida qaraladi. Bunday murakkab tarmoqlarda
marshrutizatsiya jarayonini amalga oshirish uchun dinamik marshrutizatsiya usulidan
foydalaniladi. Dinamik marshrutizatsiya asosida ishlovchi marshrutizatorlar tarmoqdagi
marshrutlarga ta’sir qiluvchi o‘zgarishlaraga (masalan tarmoq topologiyasining
o‘zgarishi, tarmoqga yangi marshrutizator qo‘shilishi yoki biror marshrutizatorni ishdan
chiqishi) tezkor moslasha va o‘zlaridagi marshrutizatsiya jadvallarini o‘zgarishlarga mos
xolda yangilay oladi. SHuning uchun ham murakkab tuzilishli tarmoqlarda dinamik
maashrutizatsiya usuli qo‘llaniladi. Dinamik marshrutizatsiyada marshrutizatorlardagi
marshrutizatsiya jadvali dastur vositayordamida avtomatik tuziladi va tarmoqning
xolatiga bog‘liq ravishda avtomatik yangilanib boraveradi.
Dinamik marshrutizatsiya bir yoki bir necha dinamik marshrutizatsiya protokollari
yordamida amalga oshiriladi. Bu protokollar qaerda qo‘llanilishiga (quyi avtonom
tarmoqlarda yoki bu avtonom tarmoqlarni o‘zaro bog‘lashda) bog‘liq ravishda guruxlarga
ajratiladi. Quyi avtonom tarmoqlar ichida qo‘laniluvchi protokollar ichki shlyuzlar
protokollari (IGP - Interior Gateway Protocols) deyiladi. Quyi avtonom tarmoqlar aro
bog‘lanishda qo‘llaniluvchi protokollar esa tashqi shlyuzlar protokollari (EGP - exterior
gateway protocols) deyiladi. IGP protokollari guruxiga RIP, RIP v2, IGRP, EIGRP,
OSPF va IS-IS protokollari kiradi.
EGP protokollar guruxiga esa EGP3 va BGP4 protokollari kiradi.
2-rasm. Quyi avtonom tarmoqlarda qo‘llaniluvchi ichki shlyuz protokollari va
avtonom tarmoqlar aro qo’llaniluvchi tashqi shlyuz protokollarining tarmoqda
qo’llanilishi
Shuningdek bu barcha protokollarni ikki sinfga ajratish mumkin:
•
Vektor-masofaviy protokollar;
•
Aloqa xolati protokollar.
Vektor-masofaviy protokollarga RIP, IGRP, EIGRP protokollari mansub. Aloqa
xolati protokollariga OSPF va IS-IS protokollari kiradi.
|
| |