3.3 Kompleks va ilgarilanma standartlashtirish usullari
Kompleks standartlashtirish (KS) – bir maqsadga yo‗naltirilgan va o‗zarobog‗liq
talablar tizimini qo‗llash va KS ning ob‘ektiga va uning asosiy elementlariga ta‘sir
qiluvchi material va nomaterial faktorlarni hamda aniq masalalarni optimal hal
qilishni ta‘minlash maqsadida olib boriladigan standartlashtirishdir.
Kompleks standartlashtirish elementlariga quyidagilar kiradi:
moddiy kirish (xom-ashyo, materiallar, butlovchi qismlar, yarimfabrikatlar);
nomoddiy kirish (ishlab chiqish, loyihalash, sinovlar, ishlab chiqarishga
qo‗yish va h.k.);
texnologik
kuzatib
borish
(texnologik
jarayonlar,
yo‗riqnomalar,
reglamentlar, retsepturalar, texnologik va sinov asbob-uskunalari va h.k.)larni tashkil
qiladi
Kompleks standartlashtirishning asosiy vazifalari:
xom-ashyo, material, butlovchi buyumlar kabi o‗zaro bog‗liq elementlar,
ularni tayyorlash texnologiyasi, taxtlab joylashtirish idishi, tashish va foydalanishda
talab me‘yorini ma‘lum darajada belgilab qo‗yish;
provard natijada yuqori sifatli mahsulot yoki xizmatlarni ro‗yobga
chiqaradigan, o‗zaro bog‗langan vositalari bo‗yicha standartlarni ishlab chiqish, joriy
etish kabi ishlarni belgilab qo‗yish;
umumtexnika va soha komplekslari bo‗yicha nomoddiy (hujjatlashtirish
tizimi) obktlarga o‗zaro bog‗liq me‘yor va talablarni o‗rnatishdan iborat.
Kompleks standartlashtirish dasturiy hujjat bo‗lib, ishlab chiqariladigan yoki
qayta ishlanadigan provard mahsulot texnik darajasi va sifatiga ashyo, material,
butlovchi qismlar, jihozlar, metrologik ta‘minot bo‗yicha muvazanatlangan me‘yoriy
hujjatlar kiradi. Ishlarni bajarish muddatlari va tadbirlar ro‗yxati bo‗yicha ko‗zda
tutilgan barcha me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqarish va joriy etish jarayonlarini to‗la
qamrab olinganligini anglatadi.
Kompleks standartlashtirish ob‘ektlari va ularni tanlash mezonlari.Kompleks
standartlashtirish ob‘ektlari ba‘zi mahsulot yoki standart turlari bo‗yicha
chuqurlashtirilgan talablar bo‗yicha hamda bir turli ob‘ekt guruhlari va murakkab
ob‘ekt tizimlari ko‗rinishida bo‗lishi mumkin. Masalan:
73
a) Rangli televidenie muommosini hal etishda nafaqat qabul qilish tizimini,
balki maxsus uzatish vosita va tizimlarni (stansiya) xalqaro talablar darajasida amalga
oshirish dasturlari majmuasini yaratish zarur bo‗lishi mumkin.
b)
Yarim
o‗tkazgichli asboblar guruhi: diodlar, tunelli diodlar
barqarorlashtirgichlari, tranzistirlar va hakoza.
c) Ayrim mahsulot turi, qo‗llanadigan ashyo material, butlovchi qisimlar bilan
birgalikda;
d) Zarur bo‗lganda standartlarning ba‘zi talablari, sifat ko‗rsatgichi bita
bo‗lishiga qaramay o‗zaro bog‗liq omillarini chuqurroq taxlil etilishi.
Kompleks standartlashtirish ob‘ektlarini tanlash mezonlari sifatida quyidagi
asosiy ko‗rsatkichlarni olish mumkin:
kompleks standartlashtirish ob‘ekti bo‗la oladigan darajada iqtisodiy
maqsadga muvofiq ishlab chiqarish hajmi:
ish unumdorligini oshirishda samara beradigan mehnatni qayta taqsimlash,
ilmiy tashkil qilish, ba‘zi bir buyum va butlovchi elementlarni aloxida ajratilgan
xolda ishlab chiqarish;
sifatni va raqobatbardoshlikni oshishidan iqtisodiy samara beradigan
ob‘ektlar:
konstruktorlik, texnologik va ekspluatsiya ko‗rsatkichlarini o‗zaro
bog‗liqligidan iqtisodiy samara beradigan ob‘ektlar.
Kompleks standartlashtirishning yuqori texnik-iqtisodiy samaradorligi eng
muhim prinsiplarga rioya etilganda quyidagilar ta‘minlanadi:
Tizimlilik – o‗zaro bog‗langan talablarni ob‘ektning ham o‗ziga, ob‘ektni
yaratish va ishlatishda foydalaniladigan elementlarga ham o‗rnatish.
Komplekslik va maqbul cheklov – ob‘ekt sifatiga ko‗plab elementlardan eng
muhim ta‘sir ko‗rsatuvchi va hal qiluvchi faktorlarni standartlashtirish kerak.
Istiqbollilik – oldinlovchi standartlarni yaratish.
Amaldagi me‘yoriy hujjatlar bilan bog‗lash – me‘yoriy hujjatlar mavjud
joylardan maqsadga muvofiq hajmda foydalanish.
Realizatsiya (amalga oshirish) – standartlashtirish natijalarini joriy etish.
Kompleks tandartlashtirish bo‗yicha ishlarni tashkil qilish ko‗plab ishlab
chiqaruvchi tashkilotlarning harakatini muvofiqlashtirishga imkon beradigan
kompleks standartlashtirish dasturlarini (KSD) ishlab chiqish va amalga oshirish
bilan ta‘minlanadi.
74
KSD mahsulotning eng muhim turlarini: tarmoqlararo qo‗llash mahsulotlarini;
bir turdagi mahsulotning eng muhim turlarining guruhlarini qamrab oladi.
KSD tuzilishiga quyidagi bo‗limlar kiradi: oxirgi mahsulot, oxirgi mahsulotning
tarkibiy qismlari; xom-ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, butlovchi qismlar; xarid
buyumlari; ishlab chiqarishning texnik vositalari; ishlab chiqarishni tayyorlash
usullari va boshqalar.
|